O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish
tadbir senariysi
Muhammad Yusuf tavalludining 64 yilligiga bag’ishlangan tadbir senariysi 60 1 Bir arsloni o’tdi o’zbekning, Ohi ko’ka yetdi o’zbekning. Quyosh yig’la, osmon aza tut, Muhammadi ketdi o’zbekning. 2 Baland ketdi, shoniga ketdi, Jannatning ayvoniga ketdi. Turk yukini yelkalashay deb, Yassaviyning yoniga ketdi. 3 Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va aziz ustozlar. Bugun noyob iste’dod egasi, sofdil, mard, kamtarin inson, xalqimizning ardoqli farzandi, Muhammad Yusuf hayot bo’lganlarida 64 bahorni qarshila -gan bo’lar edilar. 4 Bugun qatorimizda bo’lmasa-da, she’rlari, qo’shiqlari bilan xayolan qalbimizda, yuragimizda Muhammad Yusuf bor deb yosh ketgan marhum shoirimiz Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlangan tantanali tadbirimizga xush kelibsiz. SHE’R ,,Biz baxtli bolamiz’’ 5 Muhammad Yusuf betakror shoirlardan beri, pokiza inson edi.U odamlarni kuldirgan, o’ylatgan, yig’latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan inson edi. Shoir she’r muxlislarining yuragini o’rtab ketdi. 6 She’riyat ixlosmandlari bilan bo’lgan uchrashuvda O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ,, Hali ijod stoliga tuzukroq o’tirganim yo’q “ deya lutf qilgan edi. Biroq marhum shoir kitoblarni har safar qo’lga olganimizda, u she’riyatga chinakam hazina qoldirib ketganiga, yozganlarini alla qachon adabiyotga muhrlab ulgurganiga amin bo’lamiz. 7. Ayo do’st, bu dunyo azal demishlar, Xotira uyg’onsa go’zal demishlar. 61 Xotira uyg’onsa dardtlar ham daryo, Sabrlar to’zimlar berarkan sado. 8. Xotira uyg’onsa, hayrat uyg’onar, Suratlar jim turar siyrat uyg’onar. Tarix to’kar dema ko’hna dardlarin, Tarix sog’inarkan asl mardlarn. She’r: ,,Iztirob” 9. Shoir bir she’rda “olamni erkalab, erka so’z izlab o’tayapman” deydi. Darhaqiqat uning she’rlarini o’qisangiz, o’zning ham erkasi bo’lishiga ishonasiz. Muhammad Yusuf bahorni sevgan, ardoqlagan his-hayollarni she’rlari orqali bayon etgan shoir. ,, Qizg’aldoq” deb nomlangan she’rni yaratdi va bu she’rni taniqli xonanda marhum Muhriddin Holiqov maromiga yetkazib ijro etgan. 10. ,, Qizg’aldoq” she’rining yaratilish tarixi haqida Muhriddin Holiqov shunday deb xotirlaydi “bu she’rning yozilishi juda qiziq bo’lgan. O’shanda shoir bilan toqqa dam olishga chiqqandik. Hammamiz o’zimiz bilan bandmiz. Bir mahal Muhammad aka bir o’zlari chetda hayolga berilib o’tiribdilar. Yonlariga borib: ,, Ha aka, nimalarni o’ylayapsiz ? deb so’radim. 11. U: ,, Muhriddin, qara, anovi qizg’aldoq menga hech tinchlik bermayapti. O’pay desam peshonasi yo’q, uzay desam to’kilib ketadi. Bir she’r yozsam qo’shiq qilasanmi? dedilar. Keyinroq hammaga mashhur ,, Qizg’aldoq“ qo’shig’i yaratildi. Men bu bilan nima demoqchiman, rahmatli ana shunday o’ta ziyrak, topqir, kuzatuvchan inson edi. ,, Qizg’aldoq “ qo’shig’i. Endi esa navbatni . Muhammad Yusufning o’g’li Sherzodbekkga beramiz. “Dadam qaldirg’ochlarni juda yaxshi ko’rar edilar. Har baror kelganida qaldirg’ochlar chug’urlashib ayvonimizga in qurardi. Dadam ularga qarab “qara qanday beozor qushlar” derdilar. Taqdirni qaranki, ularni qabrga 62 qo’yayotganimizda bir-gala qaldirg’ochlar chug’urlashib uchib o’tdilar. Shunda dadamning bir she’rlari esimga tushdi”. SHE’R ,, Qaldirg’och “ G’ussam mening g’ussamdir, Ayvonimda yashaysan. Qarab tursam sen ham bir, Dardli qushga o’xshaysan. 12. Shoirlik men uchun also orzumas, Shu ham ish bo’ldimi yigit boshimga ? Hamma shoir zotin yig’sa arzimas, Onamni soginib to’kkan yoshimga. 13. O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri O’zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi -Muhammad Yusuf edi. 14. U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog’ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug’ildi. Mana shu qishloqda beg’ubor bolaligi, sho’h-shodon o’smirligi o’tdi va shu qishlog’i haqida she’rlar yozdi. SHE’RLAR ,,Andijon,Toshkent” 15 . Muhammad Yusuf she’riyatining turli yo’nalishlarida esda qolarli asarlar yaratayotgan qalamkash do’stlari, ustozlari orasida o’z o’rnini topgan shoir sifatida astoydil harakat qildi. 63 16. Bilaman, taxminan shunday o’ylaysiz, Shoirlar devona tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi o’tkinchi deysiz, Shoirlar odamdek sevolmaydilar. SHE’RLAR: ,,Ona tilim “ ,, Onamga xat ” ,, Onamga “ 17. Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go’zal sherlari samimiyligi, soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks-sado berdi. Shoirning ,, Vatanim “ ,, Iqror “ singari o’nlab she’rlari chinakam shoir yurtini qanday sevish lozimligini isbotlagan asarlar bo’lib qoladi. SHE’RLAR : ,, Vatanim “, ,, Iqror “ , ,, Xalq bo’l “, ,, Elim “ 18. Mayda mish-mishlardan bitta bezgan men, Zanglagan hanjardek o’tdi u jonda, Tanishib qo’yaylik, she’rini yozgan men , Muhammad Yusufman, O’zbekistondan. 19. Istiqlol yillarida ijodda erishgan yuksak yutqlari uchun Yusufga 1998-yilda ,,O’zbekiston xalq shoiri “ unvoni berildi . Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr O’zbek qo’shiqchiligi rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo’shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soldilar. ,, Tavallo ” she’ri, “O’zbekiston” qo’shig’i 20. Barkamol avlod mustaqil ozod yurtda kamol topadi. Bulutli osmon avlodlarimizning iqtidorlari kushandasidir. Muhammad Yusuf ijodida mustaqillik va ozodlik uchun kurashgan, qatag’on haqida ko’plab qalb iztiroblarini kuzatamiz. 64 SHE’R “Yurtim ado bo’lmas “ 21. Afsuski, Muhammad Yusufning umri qisqa bo’ldi. U 2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog’istonda yuzlab muxlislar qarshisida she’r o’qiyotgan paytda yurak hurujidan vafot etgan. Xuddi Boburdak, Shavkat Rahmondek 47 yil umr ko’rdi. Biroq, bu umr bir dilbar shoirning tug’ilishi, komol topishi, o’zini voyaga yetgan yurt va millatiga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi . 22. Xalq dardini so’ylagan ustoz Muhammad, Sevgi visolin kuylagan mumtoz Muhammad. Ijodi quyoshdek porlab nur sochgan, She’ri dilga abad peshvoz Muhammad. 23 Bu kuygan ko’ngil faryodi, yurak nolasi. Yuqoridagi izstirobli misralarni o’qib : xalqparvar shoir, olloh bergan ulkan iste’dodni asray olmadikmikan ? – degan pushaymonlar arralaydi. Inson yuz yillab umrguzaronlik qilishi mumkin, lekin uni o’z yaqinlari nevaralaridan boshqa hech kim eslamaydi. Muhammad Yusuf esa, qisqa umr kechirgan bo’lsa ham, o’z nomini abadiyotga muhrladi. Uning hayot gulxani tez yonib –o’chgan bo’lsa ham go’zal asarlardan iborat masha’la abadiy yonib turadi. 25. Mana shuning bilan nomi tarix zarvaraqlarida yozilgan Muhammad Yusuf haqidagi bugungi kechamiz yakuniga yetdi. Ammo u kishining yodi hamisha umriboqiydir… Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling