O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.71 Mb.
bet51/82
Sana02.12.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1779866
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
Matn lingvistikasi-fayllar.org

1. Muallif-hikoyachi nutqi. Bunda asar voqealarini so‘zlab beruvchi odam yozuvchining o‘zi bo‘ladi. Peyzaj tasviri va qahramonlar qiyofasi, fe’l-atvori, ularning ruhiy holati, ma’naviy takomili hamda ularning ongida ro‘y bergan o‘zgarishlar muallif-hikoyachi nutqida xolis bayon shaklida keltiriladi. Badiiy asar tilining qiziqarli, ta’sirchan bo‘lishi til birliklarining to‘g‘ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi muallif-hikoyachi nutqiga bog‘liq. Muallif-hikoyachi nutqida voqelikni tashqaridan kuzatish, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini oshkora yoki yashirin bildirish tarzi sezilib turadi. Agar muallif qahramonga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lsa, tasvirda unga nisbatan muallif-hikoyachi xayrixohligini sezib turamiz.
Saratonning ikkinchi kuni… Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B… mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘on tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarni qoqar edi. Yigitning uzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprik va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘an soqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘an bu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sib chiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘on bir mahluq edi. (A.Qodiriy)


2. Qahramon-hikoyachi nutqi. Ayrim asarlarda yozuvchi asar voqeasini atayin qahramonga hikoya qildiradi. Masalan, voqealar G‘afur G‘ulomning «Yodgor» qissasida Jo‘ra tilidan, Asqad Muxtorning «Davr mening taqdirimda» romanida Ahmadjon tilidan, O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romanida Rustam tilidan hikoya qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Buni yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog‘liq ehtiyojdan kelib chiqqan desak adashmagan bo‘lamiz. «Chunki har bir inson dunyoni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, fikrlaydi, tahlil qiladi, baholaydi. Yozuvchi uchun esa o‘z qahramoni haqida uning qanday ekanligini aytishdan ko‘ra, qandayligini ko‘rsata olish, ko‘rsatganda ham personajning xatti-harakati, o‘z xayollari, dunyoqarashi, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatida namoyon qila olish, ya’ni uni to‘laligicha aks ettira olish katta yutuqdir. Shu bilan birga kitobxon uchun ham o‘zinikiga aylanib qolgan personajning ruhiy holatlarini, ichki kechinmalarini «eshitgandan» ko‘ra «ko‘rish» maroqliroq, tushunarliroq bo‘ladi».

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling