Pastki tog’da bir yillik va ko’p yillik kserofit o’tlardan: bug’doyiq,
esparpet, shuvoq, toshkakra, bozulbong, chalov kabilar ancha ko’p o’sadi.
Respublikamizning hamma tog’larida ham bir xildagi o’simliklar o’smaydi.
Bu tog’larning o’simliklari to’liq kserofit bo’lib, mezofit o’simliklarni
topish qiyin. Buning sababi bu tog’larda - yoz oylari qor butunlay bo’lmaydi.
Qishda yoqqan qorlar may oyining oxirlaridayoq butunlay erib ketadi. Bu tsg’larda
o’simlik
turlari juda kam, ko’pincha chala buta va butalar,
qisman juda siyrak
holda o’suvchi ba’zi daraxtlarni uchratish mumkin.
O’zbekistonning sharqidagi tog’lar bulardan tubdan farq qiladi. Bu yerda
qor va muzliklar uzoq vaqt yotadi. Nam ancha ko’p.
Shu sababli bu yerda
efemerlar va ko’p yillik o’simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha
ko’p o’sadi. Pastki tog’da eng ko’p tarqalgan bir yillik efemer, ko’p yillik o’tlar va
daraxtlardan ba’zilari bilan tanishib o’tamiz.
Samarqand viloyati Urgut tog‘larida Kovrak turkumi turlari o‘simliklar
qoplamida bir tekisda tarqalmagan. Fitotsenozlar tarkibida har xil o‘simlik turlari
mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismini ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simliklar
tashkil etadi.
Tadqiqotlarimiz natijasida Urgut tog‘larida uchta
assotsiatsiya eng keng
tarqalganligi aniqlandi. Bular: Bug’doyiq-kovrak- betagalar,
esparset-kovrak-
toronlar, geran-kovrak-otquloqlar.
Aniqlangan assotsiatsiyalar tarkibida quyidagi o‘simlik turlari uchrashi
aniqlandi (3.2 - jadval).
3.2 - jadval
Bug’doyiq-kovrak- assotsiatsiyasida uchraydigan o‘simliklar turi
Do'stlaringiz bilan baham: