OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 305-guruh talabasi Turgʻunov Nurulloning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yozgan
KURS ISHI
Bajardi:Turgʻunov Nurullo _______________
Tekshirdi:Dildora To‘rayeva _______________
Toshkent – 2022
Reja:
Tinish belgilarining qo‘llanish usuliga ko‘ra tasnifi
Bir elementli tinish belgilari: vergul, nuqta, tire
Ko‘p elementli tinish belgilar
Umumiy xulosalar.
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida uning deyarli barcha sohalari yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohalarning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo‘lmaydi. XX asr jahon tilshunosligiga, xususan, o‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasi olib kirildi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu tadqiqotlar davom etmoqda.
Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham kurs ishida o‘zbek tilshunosligida punktuatsiya belgilari va ularning tilshunoslikda tutgan o‘rni, ahamiyati, hali o‘rganilmagan tomonlarini tahlilga tortishni maqsad qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |