7.Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Miqdoriy analizning boshlanish tarixi.
Tortma analizga asos solinishi.
Gazlar analizida miqdoriy o’lchashlar.
M. Lomonosovning miqdoriy analiz tarixidagi o’rni.
Minerallar analizida miqdoriy aniqlashlar.
M. Klaprot kashfiyotlarini sanab o’ting.
Berseliusning analitik kimyo sohasidagi kashfiyotlari.
Analitik aniqlashlarning to’g’riligi, aniqligi tushunchalari va namuna miqdori haqida ma’lumotlar.
F.Ernst, A. Verner, S.J. Servelarning XIX asrdagi analizga oid ishlari.
10. M. Kyuri va P. Kyurilarning analitik kimyo faniga qo’shgan hissalari.
8. Adabiyotlar:
1. Сабадвари Ф., Робинсон A. История аналитической химии. Пер.с англ.-M.: Мир, 1984. -304 с.
2. Internet ma’lumotlari.
3. Ochildi Fayzullayev. Analitik kimyo. -Toshkent. -Yangi asr avlodi. 2006. -487 b.
TORTMA VA HAJMIY ANALIZ USULLARINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI
1. Mavzu rejasi: Tortma tahlilning yuzaga kelishi. Fil’trlash texnikasining mukammallashuvi. Cho’ktirish va birgalashib cho’kish usullarining tortma analizdagi ahamiyati. Mikrotahlil usullarining paydo bo’lishi. Hajmiy analiz usullarining rivojlanish tarixi. Indikatorlarni analizda qo’llash. D.I. Mendeleyevning davriy qonuni va analitik kimyo. Analitik kimyo va davriy qonun.
2. Tayanch iboralar: Tortma analiz, hajmiy analiz, filtrlash, birinchi filtr qog’ozlar, tortish va tarozilar, cho’ktirish, mikroskopik analiz, tomchi analizi, ultramikroanaliz, titrimetriya, indikatorlar, titrlash usullarining yaratilishi, Frezenius, Dyuren, M. Il’inskiy, L. Vinkler, K. Xonda, Sh. Dyuval, Marggraf, T. Lovis, T. Berens, I.P. Alimarin, I. Glauber, Lyuis, R. Kirvan, Gey-Lyussak, F. Mor, F. Kryuger, K. Fisher kabilarning ishlari, davriy qonun, davriy tizim, D.I. Mendeleyev, kation, anionlar tasnifi.
3. Maqsadi: Talabalarni miqdoriy analiz usullaridan bo’lgan tortma va hajmiy analiz usullarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, D.I. Mendeleyevning analitik kimyo tarixidagi o’rni va xizmatlari bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |