O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ro`ziyev e. A. Samarqand – 2011
Download 0.7 Mb.
|
10 3 Analitik kimyo tarixi (Ruziyev E) Usl qul
Xromatografiya. Xromatografiyaning tarixi F.F. Rungening rangli birikmalarning eritmasi filtr qog`ozga tomizilganda, qog`oz yuzasida yoyilib konsentratsion doiralar hosil qilishini sezib, ifodalangan kundan boshlandi. 1861 yilda X.F. Shenbayn ozonga sifatiy namunalar keltira turib, bir tomchi suvni filtr qog`oziga joylashtirganda uning erigan moddalarga nisbatan tez yoyilishini va turli moddalar qog`ozni turli darajada bo`yashi mumkinligini aniqladi. Shenbaynning ishlarini uning shogirdi F. Gopelisryoder davom ettirib, bu sohada olgan natijalarini 1861 yilda e’lon qildi. 1901 yilda esa ishlarning yakuni sifatida monografiyasini chop ettirdi. Kapillyar analiz qog`oz xromatografiyasi bilan ko’pgina umumiyliklarga ega. Lekin kapillyar analizning sezgirligi qog`oz xromatografyasiga nisbatan ancha past.
1900 yilda D.T. Dey neftni kolonkali xromatografiya usulida fraksiyalarga ajratishda olgan natijalarini Parijda o’tkazilgan 1-xalqaro neftchilar kongressida e’lon qildi. Neft analizi sohasida Dey bilan bir vaqtda S.K. Kvitka, E. Alberxt va K. Englerlar ham ish olib bordilar. 1903 yilda Mixail Svet o’zining adsorbsion hodisalarga bag`ishlangan mashhur maqolasini yozdi. Svet 1872 yilda Italiyaning Asti shahrida dunyoga keldi. U yosh paytida oilasi Shvetsariyaga ko’chib ketadi. Svet shu yerda o’qib, 1894 yilda botanika sohasida fan doktori ilmiy darajasini oladi. Dissertatsion ishi uchun u G. Devi mukofotiga sazovor bo`ladi. 1896 yilda Svet Rossiyaga qaytadi va 1901 yilda yana Varshavaga ko`chib ketadi. Bu yerda u universitetning o’simliklar fiziologiyasi va anatomiyasi kafedrasida assistent bo’lib ishlaydi. 1908 yilda Varshava politexnika institutida botanika bo’yicha professorlikni oladi. Birinchi jahon urushi davrida institut Nijniy Novgorodga ko’chiriladi. Svet bu yerda kam vaqt yashab, keyin Voronejga ko’chadi va 1919 yilda sil kasalligi tufayli olamdan o’tadi. Svetning 1903 yilda e’lon qilgan maqolasini xromatografiyaga kirish deb baholash mumkin. 1906 yilda xlorofilni adsorbent (kalsiy karbonat suspenziyasi) to’ldirilgan kolonkada rangli qavatlar hosil qilib, taqsimlanishiga asoslangan analiz haqidagi maqolasini e’lon qildi. Yaratilgan usuldan foydalanib, Svet yashil barg ekstraktida ikkita xlorofil, to’rtta ksantofil va karotin borligini aniqladi. 1910 yilda qilingan ishlari asosida u monografiyasini e’lon qildi. Taqsimlanish xromatografiyasini A. Martin va R. Singlar 1941 yilda asoslab berdilar. Taqsimlanish xromatografiyasi prinsiplarini gaz aralashmalarini ajratishga qo’llab, A. Martin va A. Jeymslar analitik kimyoda yanga usul–gaz xromatografiyasini yaratdilar. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling