7. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr analitik kimyosi o’rganilishi kerakmi?
2. Radiokimyoviy analiz sohasida qanday ishlar amalga oshirilgan?
3. Nodir va yuqori tozalik darajasidagi moddalar analizi sohasidagi ishlar.
4. Asbobiy titrimetriyaning rivojlanish tarixi.
5. Kompleks birikmalarni tadbiq qilishi usullari.
6. Kreshkov A.P. ning proton-elektron-gidrid nazariyasi.
7. Elektron potensiallari, elektrokimyoviy zanjir tushunchalarining rivojlanishi.
8. Ionselektiv elektrodlarning yangi imkoniyatlarini kashf etilishi.
9. Sorbsion analiz, ajratish va konsentrlash bo’yicha bajarilgan ilmiy ishlar.
10. Organik-analitik reagentlarning yangi turi.
11. Xromatografiya yo’nalishida qilingan yangi analiz jarayonlari.
12. Professor Pilipenko A.T. ning analitik kimyo sohasidagi ishlari.
13. Elektrotermik atom-adsorbsion spektrometrik analizning rivojlanishi.
8. Adabiyotlar:
1. Internet ma’lumotlari.
2. “Zavodskaya laboratoriya”, “Analiticheskaya ximiya” jurnallari.
RESPUBLIKAMIZ KIMYOGARLARINING ANALITIK
KIMYO RIVOJIGA QO`SHGAN HISSALARI
1. Mavzu rejasi: Respublikamiz kimyogarlarining analitik kimyo rivojiga qo’shgan hissalari. Toshkent davlat universitetining tashkil etilishi. N.A. Novikov, Sh.T. Tolipov, S. Yunusov, O.S. Sodiqov, R.X. Djiyanbayeva, A.M. Gevorgyan, Toshkent davlat Farmatsevtika institutida analitik kimyoning rivojlanishi, Samarqand davlat universitetida analitik kimyoning boshlanishi. T.Q. Hamroqulovning analitiklar ilmiy maktabini yuzaga chiqarishi va ilmiy faoliyati, N.S. Zokirov, V.A. Alekseyevskiy, A.M. Nasimov, O. Fayzullayev, E. Abduraxmonovlarning ilmiy maktablari va ilmiy ishlari.
2. Tayanch iboralar: Organik reagentlar, o’simlik moddalari tarkibi, og’ir va zaharli metallar analizi usullari, gazlar analizi usullari, atrof-muhit obyektlari analizi va ekologiya muammolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |