O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
III bob.Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.Fizika fanini o’qitishda “davra suhbati”, “muammoli vaziyat” usullaridan foydalanish
- 3.2. “6 ” yoki “ ” usuli va uning fizikani o’qitishda qo’llanilishi
- 3.3.“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.” usulining fizikani o’qitishdagi ahamiyati
III bob.Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Respublika ta’lim sohasida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu sohada yangidan-yangi islohotlar olib borilmoqda.Umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari dasturlari, o’quv adabiyotlari butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani o’qitish uslubida ham qator tajribalar to’plandi. Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin.
Bugungi kun fizika o’qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o’qitish amaliyotida qo’llashdir. Fizika o’qituvchisi o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin.
O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak.
Darsni yangi pedagogik texnologiyalar : ─ axborot vositalaridan foydalanib; ─ ko’rgazmali qurollari yordamida; ─ interfaol metodlarni qo’llash orqali; va h.k.lardan foydalanib tashkil etsak, bu dars o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi. O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi.
An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish , shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma 44
va malakalarini baholash fizika fani o’qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.
Hozirgi
kunda dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo’llay bilish bugungi zamon fizika o’qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir. Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga bog’liqdir. [28] Har bir o’tiladigan darsda ta’limning aniq maqsadining belgilanishi o’qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Fizika fan sifatida o’tilgan vaqtdan boshlab fanning ma’lumotlar bazasi ko’payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar hajmini miqdoriy o’lchamga keltirish zarur.
45
3.1.Fizika fanini o’qitishda “davra suhbati”, “muammoli vaziyat” usullaridan foydalanish Davra suhbati texnologiyasi─ aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir. [29] Davra suhbati metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko’z aloqasi”ni o’rnatib turishga yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og’zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylanma bo’ylab har bir ta’lim oluvchi o’z fikr-mulohazalarini bayon etadilar. So’zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini beradi va javob varaqasining biriga o’z javobini yozib konvert ichiga solib qo’yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Akademik litseyda fizika fanidan I bosqich o’quvchilariga o’tiladigan “Dinamikanining vazifasi. Nyuton qonunlari. Inersial va noinersial sanoq sistemalari” mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib e’lon qiladi. Nyutonning 1-qonunini, inersiya bo’yicha harakat, Nyutonning 2-qonunini tushuntiradi va bu mavzularga tabiatdan misollar keltiradi. Nyutonning 3-qonuni ta’rifi, mohiyati ochib beriladi va ko’rgazmali qurollar vositasida bayon etiladi. [30] Mavzuni o’tish jarayonida o’quvchilar faolligini oshirish maqsadida “muammoli vaziyat” yuzaga keltiriladi.[31] 46
Masalan, jismlarning inertligi, inersiya bo’yichа harakatni tushuntirishda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi: 1.Nima uchun avtobus joyidan birdan qo’zg’algan vaqtda orqaga qarab og’ib ketamiz-u, yurib ketayotgan avtobus birdan toxtaganda esa aksincha oldinga qarab harakatga kelamiz. 2.Nima uchun polga qoqilib yiqilib tushgan kishi orqaga emas, oldinga qarab yiqiladi? 3.Nima uchun avtomobil, samolyot yoki raketalar birdaniga katta tezlikka erisha olmaydi? Nyutonning 3-qonunini tushuntirishda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi: 1) Nyutonning 3-qonuniga ko’ra moddiy nuqtalar ta’sir kuchlarinig kattaliklari doimo bir-biriga teng, yo’nalishlari qarama-qarshi va ularni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naladi.
=
Ot qo’shilgan arava misolini olib qaraylik. Ot aravini tortsa, arava ham otni tortishi kerak-ku, unda nima uchun baribir ot aravini tortib ketadi? 2) G’o’lani yorib o’tin qilinayotganda bolta g’o’laga siqilib qoldi. G’o’lani yorish uchun qattiq tayanchga g’o’lani urgan ma’qulmi yoki boltaning orqasini urgan ma’qulmi? Urish vaqtini bir xil deb hisoblang. [32-33] Bu savollar muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi, butun auditoriyani fikrlashga, o’ylashga majbur qiladi. Shu va shu kabi boshqa savollarga o’quvchilar javobi tinglanadi. O’quvchilarning javoblari tinglangach ular javoblaridagi noaniqliklar, notog’ri fikrlar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi, aniqlashtiriladi.
Yangi mavzu bayoni tugatilgach, mavzuni mustahkamlashda “davra suhbati” texnologiyasi qo’llaniladi.Texnologiya quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 1.O’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
47
2.Har bir o’quvchiga yangi mavzuga oid o’z savolini yozish uchun varaqalar tarqatiladi. 3.O’quvchilarga savol yozish uchun vaqt belgilanadi. 4.Har bir o’quvchi yozgan savolini o’zining chap tomonidagi o’quvchiga uzatadi va unga yon tomondagi o’quvchi bu savolga javob yozadi.(1-rasm) Masalan, 1-o’quvchi: Nyutonning 1-qonunini ta’riflang. 2-o’quvchi: Inersiya so’zining ma’nosi nima? 3-o’quvchi:Massa va tezlanish orasida qanday bog’lanish bor? va h.k. shunday savollar yon tomondagi o’quvchiga uzatiladi.
1-rasm. Natijada o’quvchilarning faolligi oshadi va bir-birlarining savollariga javob izlashga shoshiladilar, javob topadilar va javobni og’zaki aytadilar. Javobning to’g’riligini savol tuzgan o’quvchi o’qituvchi ishtirokida baholaydi.(2-rasm.)
2-rasm.
48
Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo’yicha o’zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda etadilar. Bundan tashqari metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo’yicha baholash imkoniyati yaratiladi.Bunda o’quvchilar o’zlari bergan savollariga guruhdoshlari tomonidan aytilgan javobga baho beradilar va aniq savolga aniq javob berishga o’rganadilar. 3.2. “6 ” yoki “ ” usuli va uning fizikani o’qitishda qo’llanilishi Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish zamonaviy talablardan biri bo’lib, pedagogik xodimlar va o’qituvchilardan uzluksiz ravishda o’z ustida ishlashini talab etadi. Boshqa fanlardagi kabi fizika fanini o’qitishda ham yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samaralar beradi. Fizika faniga ajratilgan soatlar 6-9 sinflarda 68 soatdan, kasb-hunar kolejlari (KHK) va akademik lisey (AL) (ijtimoiy gumanitar- umumta’lim yo’nalishlarida) har bir semestrda 40 soat o’quv o’quv yuklamasi ajratilgan bo’lib, butun kursni o’qitish uchun 160 soatni tashkil etadi. Bu soatlar davomida o’qituvchi kurs bo’yicha ham ma’ruza o’tishi, ham masalalar yechish, ham labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishga ulgurishi kerak. Oliy o’quv yurtiga kirishda topshiriladigan test sinov savollari fizikadan asosan masalalar yechish lozimligini inobatga olinsa, masalalar yechish qanchalik muhim ekanligi ayon bo’ladi. Odatda bir juft soat davomida an’anaviy tarzda dars o’tilganda o’quvchilar ko’pi bilan 8,10 ta masala yechib ulguradilar. Bunda o’ta faol o’quvchilar masalani tez yechadilar va boshqa sust o’zlashtiradigan guruhdoshlari masalani yechib bo’lgunlaricha “bo’sh” qolib ketadilar. Sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar esa, aksincha, masalaning mohiyatiga tushunmay o’qituvchining vaqtni “tejashi” hisobiga nazardan chetda qoladilar. Ana shunday darslarda interfaol usullarni – yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash sezilarli samaralar beradi. Shunday usullardan biri “6x6” yoki “6x5” usulidir. [16] Bu usul qo’llanilganda dars jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
49
1-bosqich. O’qituvchi dars boshlanishdan oldin 5 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. 2-bosqich.O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 5 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagi usulni qo’llash mumkin: 5 ta stolning har biriga muayyan ob’yekt (masalan: kamalak, kristall, avtomobil, shimol yog’dusi, tranzistor) surati tushirilgan lavhani qo’yib chiqadi(3-rasm). O’qituvchi qo’lida har biri oltitadan bo’lgan tranzistor, avtomobil, shimol yog’dusi, kristall va kamalak tasvirlari tushirilgan jami 30 ta varaqchalar bo’lib, o’quvchilar navbatma-navbat ushbu rangli varaqchalardan bittasini tanlaydilar va shu tasvir tushirilgan lavha qo’yilgan stoldan joy egallaydilar. Har bir jamoa o’ziga sardor saylab oladi.
3-rasm.
Bu usulni qo’llashda mashg’ulot ishtirokchilarning har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
“6x5” usulidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan o’ta faollikni, pedagogik mahorat egasi bo’lishni talab etadi. Bunda o’qituvchi guruhlarni 50
shunday shakllantira olish kerakki, har bir guruhda faol va sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar to’g’ri taqsimlansin. Guruhlar noto’g’ri shakllantirilganda o’quvchilar qo’yilgan muammoni yecha olmasdan vaqtni behuda sarflashlari mumkin. 3-bosqich. O’quvchilar o’z o’rinlariga joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi masalalar yechish mavzusini e’lon qiladi.
Mavzu: Turli muhitlarda elektr toki mavzusiga doir masalalar yechish. Turli muhitlar, ya’ni
• metallar (o’tkazgichlar)da elektr toki; • elektrolitlarda elektr toki; • gazlarda elektr toki; • yarim o’tkazgichlarda elektr toki; • bo’shliqda elekt toki;
O’qituvchi har bir mavzuga qisqacha to’xtalib, shu sohalarga tegishli o’tkazilgan tajribalarda ochilgan qonunlar va asosiy formulalarni eslatib o’tadi va tushuntiradi. Xususan: Metallarda elektr toki ulardagi erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini ko’rsatuvchi Styuart-Tolmen, Mandelshtam- Papaleksi tajribalarini, elektrolitlarda elektr toki musbat va manfiy ionlarning tashqi elektr maydon ta’siridagi tartibli harakati ekanligi va Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlariga, gazlarda elektr toki ionlar va elektronlarning tartibli harakatidan iboratligini, yarim o’tkazgichlarda elektr toki teshiklar (musbat) va elektronlarning tartibli harakatidan, bo’shliqda elektr toki qizdirish yoki tashqi ta’sir tufayli yuzaga kelgan elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini eslatib o’tadi. Asosiy formulalar va qonunlar doskaga yozilib, kerakli tushunchalar beriladi. Undan so’ng savollar bo’lsa ularga javob beriladi. [34-35] Bir juft soatning 20 daqiqasi ana shunga sarflanadi. Qolgan 60 daqiqa davomida oldindan tanlab kelingan masalalar yechishga kirishiladi. Har bir guruhga 3 tadan masala beriladi. O’quvchilar o’z guruhlarida bu masalalarni yechib, muhokama qiladilar. Bu masalalarni yechib bo’lganlaridan so’ng sardorlar qo’shni guruhga o’tib masalalarni yechish usullarini yangi guruhda
51
muhokama qiladilar va bu sardorlarning ko’chishi ular yana o’z o’rinlariga qaytib kelgunlaricha davom etadi.(4-rasm)
Natijada har bir guruhga berilgan 3 tadan 15 ta masala sinfdagi barcha o’quvchilar tomonidan yechib chiqiladi. Masalan, 1-guruhga quyidagi variant savollari tushdi deb faraz qilaylik. 1) Elektrolitik vannada tok kuchi chiziqli qonun bo’yicha o’zgaradi. Elektrolit orqali 5 minut ichida o’tgan elektr zaryadini aniqlang
2) Diodda anod bilan katod orasidagi potensiallar farqi 360 V. Ular orasidagi masofa 1sm bo’lsa, elektron qanday tezlanish oladi? (m/ ) . 3) Qarshiliklari teng bo’lgan ikkita termistor o’zgarmas kuchlanish manbaiga ketma-ket ulandi.Termistorlardan birini sovutish natijasida undagi kuchlanishning tushuvi 1.5 marta ortgan bo’lsa, uning qarshiligi necha marta ortgan? Qolgan guruhlarga ham shu mavzuga oid boshqa variant masalalari beriladi. Har bir guruh sardori belgilangan vaqt tugagach o’z guruhi bilan ishlagan masala variantini olib qo’shni guruhga o’tadi, 2- guruh sardori esa o’z variantini olib 3- guruhga va h.k.o’rin almashadilar.Ya’ni har bir guruh endi yangi variant masalalarini “yangi” sardor boshchiligida ishlaydilar.
52
Keyingi bosqichda guruh sardorlari yana soat strelkasi bo’yicha qo’shni guruhga o’tadilar va h.k.Shu tariqa har bir guruh sardori dastlab tushgan masala variantini 5 ta guruh bilan ham navbatma-navbat ishlab chiqadi.
Natijada har bir guruhga berilgan 3 tadan 15 ta masala sinfdagi barcha o’quvchilar tomonidan yechib chiqiladi, shu tariqa dars jarayoni yakunlanadi.
Sust qatnashgan o’quvchilarga quyidagi sifatga oid maslalar bilan murojaat etiladi.
1.Nima uchun simyog’ochda turgan qushlarni tok urmaydi? 2.Tok urgan kishini qanday qutqarish kerak ?
3.Yashin qaytargichning ishlash prinsipini gapiring. 4.Havo ham tok o’tkazadi-mi? Havoning dielektrikligi qachon buziladi? Dars yakunida o’qituvchi o’z fikr-mulohazalarini bildiradi. Ilg’or va faol o’quvchilar rag’batlantiriladi. Masalalar yechishdagi yutuq va kamchiliklar o’qituvchi tomonidan aytib o’tiladi. Bunday usul qo’llanilganda quyidagi natijalarga erishish mumkin: 1. Qisqa vaqt davomida ko’proq materialni o’zlashtirish; 2. Bir xil masalani turli guruhlarda yechganda masalaning turli xil usuldagi yechimini topish; 3. O’quvchilar guruh bo’lib ishlaganda o’zaro hamkorlik, bir-birining fikrini tinglash va xulosalar chiqarish, o’z fikrini o’rtoqlariga erkin ayta olishi va shu bilan birgalikda sog’lom raqobat yuzaga kelib har bir o’quvchi yuqori baho olish imkoniyatiga ega bo’ladi;
Fizika fani−eksperimental fan. Fizikani o’qish, o’rganish, o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarda o’z bilimiga ishonchsizlik paydo bo’lib, oqibatda fandan zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin.
53
Bugungi zamon fizika o’qituvchisi esa o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga qiziqish uyg’ota olishlari kerak-ki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yerishib chiqsin. O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, ko’rgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi.
Interfaol metodlardan biri “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi bo’lib, uni fizika darsida qo’llashda yaxshi natijaga erishish mumkin. “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi. [16] Bu metod orqali muayyan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash va o’qituvchining o’quvchilarning nimalarga qiziqishlari, mavzuni o’zlashtirish darajalarini bilib olishga imkon beradi. Ushbu metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan ommaviy yoki guruhli ishlash mumkin. Guruh shaklida tashkil etilganda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyati quyidagi ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin:
1.Har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida bu guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi.
2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajaradi.
Dars jarayoni bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi Bilaman
Bilishni xohlayman Bilib oldim
Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat. 1-bosqich. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 54
2-bosqich.O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.
3-bosqich.O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.
Akademik litseyda texnika yo’nalishidagi guruhlarning III bosqichida o’tiladigan “Quyosh energiyasidan foydalanish.Yarim o’tkazgichli batareyalar.” nomli mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. Yangi mavzuni bayon qilishdan avval guruhdagi o’quvchilardan guruhchalar tashkil etiladi va yuqoridagi sxema guruhchalarga tarqatiladi. Bu bosqichda o’quvchilarning “Quyosh energiyasidan foydalanish.Yarim o’tkazgichli batareyalar.”mavzusi bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. O’quvchilar jadvalning 1-ustunini to’ldiradilar. Ya’ni o’qituvchi hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsa-da, o’quvchilar yangi mavzuga doir qanday bilimga ega ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar. O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik. I.Bilaman. • Quyosh Yer yuzidagi asosiy issiqlik va yorug’lik manbai. • Hozirda dunyo bo’yicha energiya zahiralari kamayib bormoqda va bu yangi energiya manbalarini topishga ehtiyoj tug’diradi. • Quyosh energiyasidan foydalanish ommalashib bormoqda .
2-bosqich. Jadvalning 2-ustunida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha nimalarni o’rganmoqchilar, nimalarni bilmaydilar-u, shuni o’zlashtirmoqchi bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirdi deylik. II.Bilishni xohlayman. • Qanday qilib quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkin? • Quyosh batareyasining ishlash prinsipi qanday? • Bu batareyalar bulutli kunda ham ishlayveradi-mi? • Yarim o’tkazgichli batareyalarning foydali ish koeffitsiyenti qanday? 55
Shundan so’ng uchinchi bosqich boshlanadi. 3-bosqich. Bunda o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi.Yangi mavzu bo’yicha materiallar tarqatiladi.Dars qiziqarli va tushunarli o’tishi uchun o’qituvchi quyosh batareyasini ishlatib, namoyish tajriba o’tkazishi mumkin. Mavzuga oid ma’lumot: Ma’lumki energiya manbalarining yerdagi zahirasi chegaralangan. Agar yoqilg‘ining bir yil davomida sarf qilish darajasini 2000 yillarga mo‘ljallangan miqdorda (25 milliard tonna) olinsa va undan hozirgi darajada foydalanib borilsa, ularning zahirasi 140-150 yil davomida iste’mol qilishga yetishi mumkin. Bu tarixan juda qisqa muddatdir, albatta.
Shuning uchun ham yoqilg‘i energetika balansi strukturasini yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi. Yoqilg‘i sifatida neft mahsulotlari o‘rniga gaz va ko‘mirdan, joylarda atom energiyasi, jumladan, tez neytronlar bilan ishlaydigan reaktorlardan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish mazkur vazifani amalga oshirishning zarur talablaridir.
Shu maqsadda atom va gidroelektrostansiyalar, issiqlik hamda quyosh elektrostansiyalarini qurishga katta ahamiyat berilmoqda. Davrimizning gigant inshootlaridan bo‘lmish janubiy Ukrainadagi atom elektrostansiyasi, Tallimarjon kombinatsiyalashgan issiqlik elektrostansiyasi va boshqa energetik obyektlarning tez sur’atlar bilan qurilishi buning yaqqol isbotidir.
Ma’lumki, juda katta va tuganmas energiya resurslaridan biri quyosh energiyasidir. Quyosh nurining faqatgina bizning sayyoramizga tushayotgan ulushining quvvati 2 10
kilovattni tashkil qiladi.
Quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligida samarali foydalanishga BMT ham katta e’tibor bermoqda. YUNESKO tashabbusi bilan o‘tkazilgan konferensiyalarda shu sohada olib borilayotgan ko‘pgina materiallar umumlashtiriladi va kelajakdagi muammolar muhokama qilinadi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan qurilmalarning kompleks dasturiga asosan 20
dan ortiq
56
gelioqurilmaning loyihasi ishlab chiqildi. Jumladan, geliotexnik olimlar Qrimda energiya ishlab chiqarish darajasi 500 mvt·soat bo‘lgan gelioqurilmani ishga tushirdilar. O‘zbekiston fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan yuqori temperaturada ishlaydigan quyosh pechi amaliy sinovdan o‘tkazilib ishlab chiqarishga tavsiya etildi. Quyosh batareyalarining yerda qo’llanilishi nuqtai nazaridan kremniydan yasalgan elementlar alohida o’rin tutadi. Polikristal va amorf kremniy asosida yasalgan fotoelementlar esa katta masshtabdagi arzon fotoenergetik qurilmalarni yaratish imkoniyatini beradi. Quyosh elementlarining FIKi olimlar tomonidan 15 16% ko’tarildi. Arsenid galliy fosfid galliy sul’fid va tellurid kadmiy asosida yangi quyosh elementlari joriy qilingan. Nazariy hisoblashlar quyosh elementlari kelajagining porloqligini tasdiqladi. Lekin dastlabki tajridbalar fotoelementlarning o’zida energiyaning yo’qtilishini ko’rsatdi. Agarda bu muammo hal qilinmaganda edi, yarim o’tkazgichlar asosidagi quyosh energetikasi faqat qog’ozdagi narsa bo’lib qolar edi. Quyosh elementlari ichida ro’y beradigan fizik hodisalar tahlil qilinganida shu narsa ravshan bo’ldiki, yarim o’tkazgichga tushgan quyosh nuri spektrining faqat ozgina qismigina elektr energiya hosil qilishga sarf bo’lar ekan. Agar yorug’lik energiyasining ma’lum bir qismi elektron teshik juftlarini hosil qilishga sarf bo’lsa, qolgan qismi esa biz aytib o’tgandek issiqlik hosil qilishga sarf bo’lar ekan. Bu elementlarning xarakteristikalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa, konsentrasiyalashgan yorug’likda elektron juftlarni ajratuvchi elektr maydonni yo’qolishiga olib keladi. 150 200
0 C temperaturada kremniy asosidagi quyosh elementlari ishlash xususiyatini yuqotadi. Yuqorida aytilgan muammo hozirgi kunda yetarlicha hal qilinmoqda. Arsenid galliy asosida olingan quyosh elementining FIK 25% ga etdi, bu quyosh issiqlik elektrostansiyasining FIK ga qaraganda qariyb 2 marotaba kamdir. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, agarda yarim o’tkazgichdan yutilmay o’tib ketayotgan quyosh spektri qismini ko’p elementli (kaskadli) o’tkazgichlar yordamida elektron teshik hosil qilishga erishilsa va yutilmay o’tib ketayotgan
57
fotonlar energiyasiga aylantirib ma’lum bir maqsadga ishlatilsa, bunday quyosh qurilmalarining FIK 70 80 %ga borar ekan. [36] Yangi mavzu bayon qilingach, o’quvchilar jadvalning uchinchi ustuniga o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar. III. Bilib oldim • Quyosh energiyasidan foydalanishning optimal usulini topish dolzarb muammolardan bo’lib qolmoqda. • Quyosh batareyalari quyoshdan kelayotgan yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi va hozirgi kunda ommalashib bormoqda. • Quyoshdan kelayotgan yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi fotorezistorlar yarimo’tkazgich xossasiga ega bo’lgan material(germaniy, kremniy va h.k.) lar asosida tayyorlanadi. • Kremniy kristalini o’stirish texnologiyasi takomillshib bormoqda va O’zbekistonda ham bu sohada izlanishlar olib borolmoqda. • Toshkent viloyatining Parkent tumanida faoliyat ko’rsatayotgan, quvvati 1000 kW bo’lgan kata quyosh sandoni ham fotogalvanik elementlar majmuasidan iborat bo’lib, vatanimizning serquyosh yurt ekanligi shu usul bilan elektr energiya hosil qilishning katta istiqbolga ega ekanligini ko’rsatadi. 3-bosqich tugagach yagona loyiha yaratiladi.Yaratilgan loyiha asosida quyidagi natijalarni olish mumkin: 1.O’quvchilarning maktabda olgan bilimlar bazasi qay darajada ekanligini, ularning mustaqil izlanishlari, nimalarga qiziqishlarini bilish mumkin.
2.O’quvchilar guruh bo’lib ishlaganda o’zaro hamkorlik, bir-birini tinglash va shu bilan birga sog’lom raqobat yuzaga kelib, erkin fikr bildirishga o’rganadilar. Energiya muammosi va uning yechimlari to’g’risida ilmiy dunyoqarashga ega bo’ladilar.
3.Bayon etilgan yangi mavzudan o’quvchilar nimalarni o’rgandilar va nimani tushunmadilar ( Darsda qanday tushunchalar bayon etilmasdan qolib ketdi)? Bu savolga ham loyiha asosida javob topish mumkin. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling