O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo`lyozma huquqida udk 811. 512. 133 Bekqulova shohista rustamovna sarlavha stilistikasi
Download 0.98 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarlavha Matndagi sarlavha qatnashgan jumla Matnda ishlatilgan sarlavha -til birligi
- So`z birikmasi – sarlavhalar
- Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tilshunosligi kafedrasining
- (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya haqida ilmiy rahbar
- Ilmiy rahbar SamDU o`zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Abduvali ABDUSAIDOV
- o`zbek tilshunosligi kafedrasining 5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magistranti
SH. XOLMIRZAYEV. Saylanma. 3 jildlik. Hikoyalar. 1-jild. – Toshkent, 2003. – 448 b.
MUNDARIJA Kirish. Ishning umumiy tavsifi............................................................................4 1. PUBLISISTIK USLUB (GAZETA TILI) va BADIIY USLUBNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI.............................9 1.1. Tilshunosliklarda funksional (xususan, publisistik va badiiy) uslublarning o`rganilishi...................................................9 1.2. Publisistik uslub (gazeta tili)ning lingvistik xususiyatlari. .....................................................................................21 1.3. Badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari........................................27 1.4. Sarlavha funksiyasi. .........................................................................32 2. GAZETA SARLAVHASI STILISTIKASI...................................................35 2.1. So`z - sarlavha stilistikasi.................................................................35 2.2. So`z birikmasi va gap – sarlavhalar stilistikasi................................45 2.3. Maqol va frazeologizm – sarlavhalar stilistikasi. ............................67 3. HIKOYA JANRI SARLAVHASI STILISTIKASI.....................................80 3.1. So`z - sarlavha stilistikasi................................................................83 3.2. So`z birikmasi va gap – sarlavhalar stilistikasi...............................88 3.3. Maqol va frazeologizm – sarlavhalar stilistikasi.............................94 XULOSA...............................................................................................96 ADABIYOTLAR..................................................................................99 ILOVALAR..........................................................................................104
Jamiyat uchun munosib fuqarolarni, eng muhimi, barkamol insonlarning tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni nihoyatda katta. U inson ongiga tez ta’sir eta oladigan va uni har tomonlama tarbiyalaydigan vositalardan biridir. Badiiy asarlar orasida mazmunli va ixcham janrlardan biri hikoyaning ahamiyati juda kattaligini e’tiborga olganda, ularni o`qimishli qilish, o`quvchi e’tiborini tortishda sarlavhaning muhim o`rin tutishini unutmaslik lozim. Hikoya sarlavhalarining stilistik xususiyatlari, ularning ta’sirchanlikni ifodalashdagi alohida imkoniyatlari maxsus tadqiq etilmagan. O`zbek tilshunosligida keyingi yillar gazetalari materiallari asosida gazeta sarlavhalarining uslubiy xususiyatlari, matn bilan uyg’un-ligi, adabiy me’yorga rioya qilish kabi muammolar maxsus o`rganilgan emas. Shuningdek, badiiy asar, xususan, hikoyalarning sarlavhalari maxsus tad-qiqot obyekti bo`lgan emas. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o`zbek tilshunosligi kafedrasining 2011-2015 yillarga mo`ljallangan “O`zbek tili birlik-larining funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va diaxron aspekt)» mavzuidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “Ommaviy axborot vositalarida o`zbek tili birliklarining funksional-semantik va pragmatik tahlili” bandiga asosan bajarildi. Magistrlik dissertasiyasida “Xalq so`zi”, “Zarafshon”, “Samarqand”, “Da-rakchi” gazetalari va o`zbek hikoyanavislari, xususan, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalari materiallaridan foydalanildi. Magistrlik dissertasiyasida sarlavhaning gazeta tilida ta’sirchanlik va reklamalilikni ta’min-lashda hamda badiiy asar(hikoya)da mavzuni yoritish va ifodalashdagi stilistik xususiyatlarini tadqiq etish maqsad qilib olingan edi. Bekqulova Shohista Rustamovna reja asosida o`zbek tilshunosligida mavjud gazeta tili va gazeta sarlavhalari, badiiy uslub va uning janrlariga doir ko`plab nazariy va o`quv manbalarini o`rgandi, gazetalardan faktik materiallar to`pladi. Ularni tegishli maslahatlarimiz asosida tasnifladi va quyidagi masalalarni imkoniyati darajasida yoritib berishga harakat qildi: 1. So`zlar, xususan, ot, sifat so`z turkumiga oid til birliklari ixcham, mazmunli gazeta va hikoya sarlavhasi bo`la olishini hamda matnga xos axborotni o`zida qisman jamlab ifodalashini tegishli misollar asosida ko`rsatib bera oldi. 2. So`z birikmasi, xususan, qaratqich-qaralmish konstruksiyalarning fikrni ixcham, ravon, mazmunli ifodalashdagi imkoniyatlarini yoritishga urindi. Ayniqsa, bunday birikmalarda qaratqich kelishigi qo`shimchasining tushirilishi, ya’ni belgisiz qo`llanishi ham gazeta tili talablariga mosligini faktlar asosida ko`rsatib berdi. 3. Tugallangan fikrni ifodalab ko`rsatish jihatidan hikoya va gazeta matni mazmunini ixcham ifodalashda gapning imkoni-yatlari juda kattaligini hisobga olib, darak, so`roq, buyruq va undov gaplarning sarlavha sifatidagi xususiyatlari bo`yicha aniq misollar asosida tegishli tahlillarini bayon qildi. Ayniqsa, sodda gaplar, to`liqsiz gaplarning sarlavha sifatidagi o`ziga xosliklarini ko`rsata oldi. 4. Frazeologizm va xalq maqollarining sarlavha sifatida imkoniyatlari kattaligini, gazetaning ommabopligini yanada oshirishda ularning rolini va hikoya sarlavhalaridagi o`rnini misollar asosida yoritib berishga harakat qildi. Bekqulova Shohista Rustamovna o`zinig qobiliyatli ekanligini isbot qilib berdi va talab darajasidagi magistrlik dissertasiyasini rasmiylashtirdi. Bu ishni yozishida izchil izlanishi, magistrantlar an’anaviy ilmiy konferensiyalarida ma’ruza bilan muvaffaqiyatli chiqish qilishi va turli ilmiy to`plamlarda quyidagi ilmiy maqolalarini nashr ettir-ganligi katta yordam berdi: 1. Bekqulova Sh. Gazeta fraziologizm - sarlovhalari stilistikasi. // “Ayub G’ulomov va o’zbek tilshunosligi masalalari” ilmiy maqolalar to’plami. – Toshkent, 2012, 150-153-betlar. 2. Abdusaidov A., Bekqulova Sh. Gazeta maqol-sarlavhalarining xususiyati va matn bilan uyg’unligi. // “Zamonaviy o’zbek tili muammolari” ilmiy maqolalar to’plami. - Samarqand, 2011, 77-83-betlar. 3. Abdusaidov A, Bekqulova Sh. Davlat tili adabiy me’yorlarining gazeta sarlavhasiga tatbiqi. // ”Davlat tili haqida”gi qonun: muammo va yechim. Ilmiy maqolalar to’plami. - Samarqand, 2011, - 56-59-betlar. 4.Bekqulova Sh. Frazeologizm-sarlvahalar gazeta tilida stilistik vosita sifatida.// ”Davlat tili haqida”gi qonun: muammo va yechim. Ilmiy maqolalar to’plami. - Samarqand, 2011, 44-48-betlar. 5. Bekqulova Sh. Hikoya sarlavhasi stilistikasi. // O`zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati masalalari. Professssor Rahmatulla Qo`ng’urov tug’ilgan kunning 80 yilliga bag’ishlangan ilmiy anjuman materiallari. –Samarqand, 2013(Nashrga topshirilgan). Umuman, Bekqulova Shohista Rustamovnaning bajargan ishi magistr-lik dissertasiyasi talablariga javob beradi va uni YaDAKga himoya uchun tavsiya etish mumkin, deb hisoblayman. Uni munosib himoya qilishiga ishonch bildiraman.
Hozirgi globallashuv jarayoni, axborot oqimi nihoyatda kuchaygan davrda uni tezkor, aniq, mazmunli, qisqa va ta’sirchan ifodalash eng muhim muammolardan biriga aylanib boraveradi. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari(OAV)ning jamiyatdagi roli ulkan. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub islohotlar sabab OAVda janrlar imkoniyatlaridan keng foydalanish, materiallarning mazmun-mundarijasini boyitish, axbo-rotlarning ta’sirchanligini oshirish sohalarida katta ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. Gazeta sarlavhalarining o`ziga xosligini ta’minlashga, ularning reklamaliligini oshirishga xizmat qiluvchi til vositalaridan foyda-lanishga e’tibor kuchaydi. Sarlavha ta’sirchanlikni oshirishda gazeta tili-da muhim stilistik vosita hisoblanadi. Istiqlol yillari gazeta sarlav-halarining stilistik xususiyatlarini o`rganish sohasida maxsus ilmiy tadqiqotning hozircha yaratilmaganligi bu sohada izlanishlar olib bori-shni taqozo etadi. Barkamol insonlar, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida badiiy adabiyotning o`rni nihoyatda katta. U inson ongiga tez ta’sir eta oladigan va uni har tomonlama tarbiyalaydigan vositalardan biridir. Badiiy asarlar orasida mazmunli va ixcham janrlardan biri hikoyaning ahamiyati juda kattaligini e’tiborga olganda, ularni o`qimishli qilish, o`quvchi e’ti-borini tortishda sarlavhaning muhim o`rin tutishini unutmaslik lozim. Hikoya sarlavhalarining stilistik xususiyatlari, ularning ta’sirchanlikni ifodalashdagi alohida imkoniyatlari maxsus tadqiq etilmagan. O`zbek tilshunosligi, jurnalistikasi va adabiyotshunosligida mavzu doirasida qimmatli tadqiqotlar yaratilganligi e’tiborga molikdir. Bekqulova Shohista Rustamovning magistrlik dissertasiyasida “Xalq so`zi”, “Zarafshon”, “Samarqand”, “Darakchi” gazetalari va o`zbek hikoyana-vislari, xususan, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalari materiallaridan foydalanib, sarlavha stilistikasining maxsus o`rganilishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Tadqiqotda sarlavhaning gazeta tilida ta’sirchanlik va reklamalilikni ta’minlashda hamda badiiy asar (hikoya)da mavzuni yoritish hamda ifodalashdagi stilistik xususiyatlarini tadqiq etish maqsad qilib olingan. Belgilab olingan maqsad va vazifalar asosida quyidagi “Himoyaga olib chiqilgan masalalar” dissertant tomonidan ilmiy asosda yaxshi tahlil etilganligini qayd etish mumkin: - Tilshunosliklarda, jumladan, o`zbek tilshunosligida funksional uslublar atroflicha o`rganilgan, publisistik uslub (gazeta tili) va badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari tahlil etilganiga qaramasdan, uslub-lararo aloqalar, ularning o`ziga xos va o`xshash tomonlarini qiyosiy tadqiq etish sohasida muammolar mavjud. - Sarlavha funksiyasiga ko`ra publisistik uslub va badiiy uslubda tegishli xoslangan vazifalarni bajaradi.
- Badiiy asar, xususan, hikoyalar sarlavhalarining til birliklari bilan ifodalanishidagi stilistik xususiyatlari ham alohida e’tiborni tortadi. - Gazeta va hikoya sarlavhalari mavzuni ifodalash, mazmunni yoritish, ixchamlik nuqtai nazaridan hamda uslubiy maqsadlarni amalga oshirish jihatidan o`xshash va farqli xususiyatlarga ega. - Sarlavhani to`g’ri tanlash o`zbek tilning keng imkoniyatlarini namoyon qilish, nutq madaniyatini oshirish, ta’sirchanlik va reklamalilikni ta’minashga xizmat qiladi. Qayd etilgan masalalar dissertasiyaning “Ishning umumiy tavsifi”, “Publisistik uslub (gazeta tili) va badiiy uslubning lingvistik xususiyatlari” nomli birinchi bob, “Gazeta sarlavhasi stilistikasi”(2-bob) va “Hikoya janri stilistikasi” (3-bob)da ilmiy asosli yoritib berilgan. Ish ilmiy xulosalariga ega. Magistrant Bekqulova Shohista Rustamovna mavzuga doir nazariy manbalarni atroflicha o`rganish, ularni saralab, umumlashtirish, tahlil qilish va munosabat bildirishga harakat qilgan. Nazariy manbalarni o`rga-nish asosida ko`plab faktlarni to`plagan, ularni ma’lum mezonlar asosida saralab, yuqori saviyada tahlil qila olgan. Dissertant ikki yil magistratura ta’lim jarayonida olgan bilim-larini ilmiy tadqiqot ishini bajarishga to`la qaratib, talablar dara-jasidagi mazkur ishni tayyorlay olgan. O`zMU va SamDU ilmiy maqolalar to`plamlarida nashr etilgan maqolalarida dissertasiya mavzusi doirasidagi tadqiqotlari natijalari o`z aksini topgan. Dissertasiya natijalaridan amaliyotda, xususan, o`quv jarayonida va yosh jurnalistlarni tayyorlashda keng foydalanish mumkin. Mazkur ishning yutuqlarini ko`plab sanash mumkin. Lekin ayrim e’tibortalab o`rinlar ham bor. Masalan: 1. Gazeta sarlavhalari qismi ilmiy asosli yoritilgan bo`lsa-da, ba’zi o`rinlarda misollar ko`plab keltirilib, sanalgan, xolos. 2. Hikoya sarlavhasi stilistikasi uchun tanlangan materiallar yaxshi, lekin o`zbek hikoyachiligida mavjud ko`plab boshqa mualliflar asarlariga ham murojaat etish lozim edi. 3. Istak tarzida qayd etish mumkinki, kelgusida mazkur tadqiqot funksional uslublararo aloqa va til birliklarining xoslanishi nuqtai nazaridan yanada kengroq tahlil etilishi kerak, deb hisoblaymiz. Mavzuni kelgusida doktorlik ishi sifatida kengroq tadqiq qilish dissertantning o`ziga havola. Umuman, 5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magis-tranti Bekqulova Shohista Rustamovnaning «Sarlavha stilistikasi (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan tadqiqoti magistrlik dissetasiyasiga qo`yiladigan talablarga javob beradi va uni YaDAK himoyasi natijalariga ko`ra yuqori baholash mumkin, deb hisblayman. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling