O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogik mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAFEDRASI SH.Usanov «PEDAGOGIK MAHORAT»
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI «MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI VA PEDAGOGIKA» KAFEDRASI SH.Usanov «PEDAGOGIK MAHORAT» fanidan ma’ruza mashg’ulotlari ishlanmasi
SAMARQAND – 2015 KIRISH
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarda jahonga yuz tutishi, o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olganligi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tobora chuqurroq kirib borayotganligi oliy va o’rta maxsus ta’lim oldiga yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan har jihatdan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Mazkur vazifani hal etishda, shubhasiz, “Pedagogik mahorat” fanining ham o’z o’rni mavjud. Mazkur ma’ruzalar kursi “Pedagogik mahorat” kursi reja va dasturiga muvofiq ravishda tartiblashtirilgan bo’lib, unda “Pedagogik mahorat” fanining umumiy asoslari, nazariy va amaliy asoslari o’rin olgan. Mazkur fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda mavzular tizimli ravishda, bir-biriga bog’liq holda bayon etilgan, har bir ma’ruzada uning mazmuni aks etgan tayanch iboralar alohida ajratib ko’rsatilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, matnlarda jahon pedagoglarining pedagogik mahoratga doir qarashlari bilan bir qatorda buyuk sharq mutafakkirlarining ham bu sohadagi qarashlariga alohida o’rin ajratilgan. Mazkur ma’ruzalar kursi kunduzgi bo’lim III bosqich talabalariga mo’ljallangan bo’lib, 5141100 – “O’zbek tili va adabiyoti”, 5141600 – “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi”, 5141700 – “Maktabgacha ta’lim”, 5519000 – “Informatika va axborot texnologiyasi”, 5141000 – “Musiqiy ta’lim”, 5141900 – “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” ixtisosliklarining 3.6 bandlariga muvofiq ravishda tayyorlangan. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida ta’kidlaganidek, “Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlashzarurdir”. Buning uchun milliy barkamol kadrlarni tayyorlash zamon talabidir. Mazkur ma’ruza matnlari mana shu talabga aks sado sifatida maydonga keldi, desak xato qilmagan bo’lamiz.
Ma’ruza matnining so’ngida zaruriy adabiyotlarning keltirilishi talabalarning mustaqil ilmiy-izlanishlar olib borishlariga yo’l ochib beradi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling