O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
gazeta tilida leksik-frazeologik sinonimlarning qollanilishi zarafshon gazetasi materiallari misolida
(absolyut sinonim) o‘tkinchi holat...", - deydi. Uningcha, absolyut sinonim
tarkibidagi bir so‘z yo arxaiklashadi, yo sherigiga nisbatan semantikasini bir jihati bilan farqlaydi. Masalan, o‘zbek tilida tilshunos va lingvist so‘zlari absolyut
20
sinonim deb ko‘rsatib kelinadi. Lekin hozir tilshunos so‘zi umumso‘zlashuv tilida qo‘llansa, lingvist so‘zi deyarli kitobiy leksikaga xoslanib bo‘ldi. Absolyut sinonimlar deyarli tillarda sanoqli miqdorda uchraydi. Absolyut sinonimlar manbai asosan o‘zbek tilida barcha tillardagi kabi terminlarda uchraydi. Masalan, kitobatchilik leksikasida tipografiya / bosmaxona, qoramolchilik leksikasida cho‘pon / podachi, oshlovchi / tuzlovchi kabi absolyut sinonimlar juftligi mavjud. Lekin ular har bir terminologik tarmoqda juda kam. Ayrim terminologik tarmoqlarda uchramasligi ham mumkin. Masalan, fizika fani sohasidagi terminologiyada absolyut sinonimlar deyarli yo‘q. Absolyut sinonimlarning tarkib topishi ancha bo‘g‘ilganligi uchun ham ular deyarli ikki so‘zdan iborat bo‘ladi. Terminlarga mansub absolyut sinonimlarning tarkib topishida dialektal terminlarning adabiy tilga kirib kelishi ahamiyat kasb etadi. Bunda dialektal termin, ya’ni professionalizm adabiy tildagi termin bilan ayni bir ma’noga ega holatga keladi, absolyut sinonim tarkib topadi. O‘zbek adabiy tilining uy-ro‘zg‘or leksikasida narvon termini bor edi. Uning yoniga shoti professionalizmi o‘zlashtirildi. Natijada narvon va shoti terminlari hisobiga absolyut sinonim tarkib topdi. O‘giz dialektida ham shu ma’noga ega zangi professionalizmi bor. Lekin u adabiy tildagi narvon termini bilan absolyut sinonim bo‘la olmaydi. Chunki u adabiy tilning mulki emas. O‘zbek tiliga muallim so‘zining o‘zlashtirilishi uning shu tilda bor o‘qituvchi so‘zi bilan absolyut sinonim tarkib topishi uchun sabab bo‘lgan.
A.Abdusaidov gazeta matnlarida uchraydigan ruscha–baynalmilal so‘zlar va ularning dubletlarini to‘plab, “Leksik dubletlar va ularning izohi(gazeta materiallari asosida)”nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratgan edi. 19 Qo‘llanmada gazeta tilida leksik dubletlarni qo‘llashdagi 1989 yildan keyingi 4-5 yil ichidagi jarayon tahlil etilgan. Unda respublika – jumhuriyat, tarix – moziy, ministr – vazir, jurnal – majalla, universitet – dorilfunun, diagnoz – tashxis kabilarning ma’no
19 Абдусаидов А. Лексик дублетлар ва уларнинг изоҳи (газета материаллари асосида). – Самарқанд: 1993. - 112 бет.
21
xususiyatlarini o‘rganish maqsadida gazetalardan misollar to‘plab, ularni izohlaydi. Hozirgi davr gazetalari misolida leksik dubletlar, ayrim adabiyotlarda qayd
etilganidek, absolyut sinonimlarni atroflicha o‘rganish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
M.Mirtojiyevning yozishicha, lingvistik adabiyotlarda semantik sinonimlarni absolyut sinonimlardan farqlash uchun "aynan bir xil ma’noli" so‘zlar deb emas, "o‘zaro yaqin ma’noli" so‘zlar deb ataydilar. Chunki semantik sinonimlarda so‘zlar ayrim leksik ma’nosi bilan to‘laligicha bir xil bo‘lmaydi. Shu leksik ma’nolar emotsional-ekspressiv, uslubiy semalari, ularning qaysi uslubga xosligi kabilar bilan o‘zaro, shubhasiz, farqlanadi. A.Hojiev juda to‘g‘ri ta’kidlaganidek, yaqinlik yaqinlashtiradi, lekin birlashtirmaydi. Buning uchun u Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling