4.Ijodkorlarning moddiy turmush darajalari va o‘zlari mansub bo‘lgan
tabaqaga bog‘liq tarzda qabul etilgan taxalluslar. O‘zbek adabiyotida bunday
taxalluslar salmoqli o‘rinni egallaydi. Xorazm adabiy muhiti namoyondalaridan
So‘fi hamda Faqiriyni bu yo‘nalishda taxallus tanlagan deyishimiz mumkin.
So‘fi – Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li o‘zbek adabiyoti tarixida munosib
o‘rin egallagan Xorazmlik shoirdir. So‘fi kambag‘al oilada tug‘ilgani, doim
muhtojlik va qashshoqlikda kun kechirgani, xo‘rlangani sababli o‘ziga shu
taxallusni tanlagan. “So‘fi” so‘zi fors-tojik tiliga mansub bo‘lib, “xudojo‘y,
taqvodir” ma’nolarini anglatadi.
Faqiriy- Abdurazzoq Abdujabbor o‘g‘li ilm-ma’rifatni, hayot go‘zalligini
kuylagan shoir. U xalq orasida qanchalik mashhur bo‘lmasin, juda kambag‘al edi.
Faqirona hayot kechirgani uchun o‘z she’rlarini “Faqiriy” taxallusi bilan e’lon
qiladi. “Faqir” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “muhtoj” degan ma’noni anglatadi.
Sultoniy – Said Nosir oshiqona va falsafiy g‘azallari bilan devon tuzgan
ijodkor. U Muhammad Rahimxon Soniy Feruzning nabirasi bo‘lganligi uchun
o‘ziga Sultoniy taxallusini tanlaydi. “Sulton” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “shoh,
hukmdor” ma’nolarini anglatadi.
G‘ulomiy – Davlatmurod mahram Eshmurod o‘g‘li Feruz saroyida xizmat
qilgan shoir. Uning otasi va o‘zi xon saroyida supsakashlik qilgan. Shuning uchun
keyinchalik yozgan ijodiy ishlarini “G‘ulomiy” taxallusi bilan yozgan. “G‘ulom”
1
Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. Ilmiy-tanqidiy matn. – Toshkent, 1961.– B.84.
47
so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “xizmatkor, qul” ma’nolarini bildiradi.
Bexat – Ahmad Ohunov Buxoralik badihago‘y shoirdir. Hayoti xor-u
zorlikda o‘tadi, hatto savod chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi uchun o‘ziga
shu taxallusni qabul qiladi. “bexat” forscha so‘z bo‘lib, “savodsiz, o‘qimagan,
yozuvi yo‘q” ma’nolarida qo‘llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |