1.2. Mashinasozlik sanoatini rivojlantirish omillari
Mustaqil respublikamizning mustaqilligini saqlashda va mustaxkamlashda
mashinasozlik sanoatini rivojlantirishning ahamiyati beqiyosdir. Uning ahamiyati
shu bilan belgilanadi-ki, mashinasozlik xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida
mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish
jarayonini mehanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, samaradorligini ko’tarishga
xizmat qiladi.
Shuning uchun ham mamlakatlar va rayonlar iqtisodiyotining, umuman xalq
xo’jaligining taraqqiyot darajasi mashinasozlikning rivojlanish darajasiga qarab
belgilanadi.
Agar dunyo mashinasozlik sanoati ishlab chiqarishga nazar tashlaydigan
bo’lsak bunga amin bo’lamiz.
1999 yili butun dunyo sanoat ishlab chiqarishining 36-38%i mashinasozlik
sanoati tarmoqlari hissasiga to’g’ri kelgan.
AQShda 1999 yili ishlab chiqarilgan mashinasozlik mahsuloti butun qayta
ishlovchi sanoatning 36%ini tashkil yetgan, yeksportning yesa 48%i
mashinasozlik mahsulotlariga to’g’ri kelgan.
1
Abirqulov K.N. Iqtisodiy gеografiya (Darslik) –T.: TDIU, 2004 48-bet.
18
Yaponiyada yesa qayta ishlovchi sanoatning 37%i, yeksportning yesa 64%i
mashinasozlik mahsulotlariga to’g’ri kelgan.
Yuqoridagi
misollardan
mamlakatlar
iqtisodiyotini
qay
darajada
rivojlanganligini o’sha mamlakatlardagi mashinasozlik sanoatining rivojlanganligi
darajasiga qarab bilib olishimiz mumkin.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va
avtomobilsozlik (12,2 foiz) xozirgi yilda jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Umumiy
holda ishlab chiqarish sur’atlarining o’sishini 1990 yil darajasiga taqqoslaydigan
bo’lsak, hozirgacha bu ko’rsatkichlar bir necha marta o’sganini ko’rishimiz
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |