Ўзбекистон иқтисодиёти асослари. / Н.Тухлиев, К.Ҳақбердиев, Ш.Эрматов, Н.Холматов. –Т.,: «O`zbekiston
28
Mashinasozlik sanoatini hududiy tashkil yetish va uning samaradorligini
oshirish xalq xo’jaligining ushbu tarmoq mahsulotlariga bo’lgan talabini
qondirishning yeng muhim yo’llaridan biridir. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda
mashinasozlik sanoati oldidagi yeng muhim vazifalardan biri Samarqand,
Qashqadaryo, Buxoro-Navoiy, Quyi Amudaryo, Surxondaryo iqtisodiy tumanlari
yangi mashinasozlik tarmoqlarini shakllantirish va takomillashtirish hamda
chorvachilik, vinochilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik uchun mashinasozlik
mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat. Bu ishlarni amalga oshirish sanab o’tilgan
iqtisodiy rayonlarda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda maxalliy
aholidan malakali mehnat resurslarini shakllantirish muammolarini hal qilar yedi.
Do'stlaringiz bilan baham: