Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqot mavzusi malakaviy bitiruv ishi
sifatida ilk bor ishlanyapti. Ishning yangiligi o’rganilayotgan masalalar doirasida
aks etadi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti: O’zbekiston mustaqilligi davrida
sanoat soxasida, xususan mashanasozlik va avtomobilsozlikda bo’lib o’tgan
muhim o’zgarishlar, rivojlanish istiqbollari tadqiqot predmeti sifatida belgilab
olindi.
Ilmiy-amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida to’plangan materiallar,
adabiyotlar va davriy matbuot materillaridagi ilmiy muomalaga kiritilgan yangi
ma’lumotlar sanoatni rivojlanishi, O’zbekistonning yangi tarixini o’rganishga va
targ’ib qilishga, milliy g’urur va mafkurani mustahkamlashga xizmat qilishi ko’zda
tutilgan.
Shuningdek, oliy o’quv yurtlari va o’rta maktablar uchun O’zbekiston
Respublikasinig yangi tarixi bo’yicha qo’llanmalar chiqarishda ahamiyatga ega
bo’lishi e’tiborga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |