O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi aliser navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#219394
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
sopol

Nurek qabristoni Vaxsh daryosining o’ng qirg’og’ida Amudaryo bilan tutash 

qismida joylashgan. Bu qabristonda beshta mozor ochilib, ularning 3 tasi (№ 1-3) 

adirlik  Tepasida,  qolgan  2  tasi  (№  4-5) Vaxsh  daryosining  ikkinchi  terrasasining 

pastrog’ida  joylashgan.  Bu  yerdagi  1,3  va  4-qabrlardagi  ashyoviy  dalillar 

qabristonni  bronza  davriga  tegishli  ekanligini  asoslaydi

96

.  Qabrlar  yomon 



saqlanganligi  sababli  ularning  tuzilishini  aniqlash  imkoni  bo’lmagan.  Qabrdagi 

odam  suyaklari  (bosh  chanoq  va  qo’l  suyaklari)  tosh  plita  bilan  yopib  qo’yilgan. 

Marhum  skeleti  g’ujanak  holatda  uchratiladi.  Ba’zi  qabrlarda  suyak  qoldiqlari 

                                                      

93

 Ўша жойда.  



94

 Виноградова Н.М. Исследования контактов земледельческого и степного населения на юге Средней Азии 

(Южный  Таджикистан)  в  эпоху  поздней  бронзы  //  «Археология,  палеоэкология  и  палеодемография 

Евразии». Сбоник статей, – Москва, изд. ГЕОС. 2000. – С. 89. 

95

 Виноградова Н. Юго-западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы. ... – С. 68. 



96

 Виноградова Н. М. Юго-западный Таджикистан в эпоху поздней бронзы. ... – С- 62. 




 

48 


topilmagan,  ammo  ularda  sopol  idishlar  uchraydi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki, 

Nurek qabristonida xuddi Kangurttut qabrlari singari Kenotaf qabrlar ham bo’lgan.  

Qabrlarda  1  tadan  to  5  tagacha  dafn  anjomlari  uchratilib,  bular  asosan  sopol 

vazalar,  tog’orachalar,  tuvak  shaklidagi  idishlar,  shuningdek  munchoqlar,  oltin 

uzuk  va  bronza  pichoqlardan  iborat.  Qabrlarda  dashtliklarga  xos  pichoq  ham 

topilgan


97

.  Nurek  qabristonidan  topilgan  ashyoviy  buyumlar  ushbu  qabristonni 

bronza  davriga  tegishli  ekanligini  ko’rsatadi.  Idishlar  orasidagi  ingichka  oyoqli 

vazalar,  bolta  ko’rinishidagi  devorga  ilib  qo’yishga  mo’ljallangan  buyumlar, 

idishlarning ustki qismidagi angobning uchrashi, idishlarning bo’g’zidagi Vertikal 

tarzida  o’tkazilgan  chiziqlar  Sopolli  madaniyatining  Mo’lali  bosqichi  uchun 

xarakterli  bo’lib,  aynan  bunday  idishlar  Tandiryo’l,  Jarqo’ton-4S,  Bo’ston  6 

qabristonining  Mo’lali  bosqichi  qabrlariga  xosdir.  Topilmalarning  boshqa  qismi 

Sopolli  madaniyatining  Bo’ston  bosqichi  qabrlari,  Kangurttut,  Jarqo’ton  –  4S, 

Bo’ston  6  qabrlari  uchun  xosdir.  Nurek  qabristonidagi  3-qabrdan  topilgan  noyob 

topilma – tilla uzukni hyech bir topilmaga qiyoslab bo’lmaydi. Bronza pichoqning 

qoldiqlari  esa  dasht  tipida  bo’lib,  Kangurttut  topilmalariga  juda  ham  yaqin. 

Shundan  kelib  chiqib,  ushbu  qabristonni  davriy  jihatdan  Sopolli  madaniyatining 

Mo’lali va Bo’ston bosqichlari orasi bilan Belgilash mumkin

98

.         



So’nggi  bronza  davrida  Janubiy-g’arbiy  Tojikiston  hududiga  Andronova 

madaniyati  qabilalari  kirib  kelishi  kuzatiladi.  Ularning  izlari  Qumsoy  -  Xisor 

vodiysida,  Kirov  nomli  savxozdagi  manzilgoh,  Kurgan-Tyuba  (Qo’rg’on  tepa)da, 

Xavolin rayonidagi Tuyun qabristonida, Sharqiy Pomir hududlarida uchratiladi

99

.  



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling