O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi aliser navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sopol
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-BOB. BRONZA DAVRI JAMOALARINING DAFN MAROSIMLARI VA ULARNI EVOLYUSIYASI 3.1. O’troq Dehqonchilik madaniyati jamoalarida dafn marosimlari va
40
III-BOB. BRONZA DAVRI JAMOALARINING DAFN MAROSIMLARI VA ULARNI EVOLYUSIYASI 3.1. O’troq Dehqonchilik madaniyati jamoalarida dafn marosimlari va ularning evolyusiyasi O’lkamizda islom dinidan oldin amalda bo’lgan otashparastlik va zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchi ajdodlarimizning o’ziga xos dafn marosimlari kishi e’tiborini jalb etadi. Dafn marosimlari misolida o’sha davr odamlarining umumiy yashash sharoiti, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va diniy mafkurasi qanday bo’lganligini ko’rish mumkin. Jamiyatdagi turli guruhlarning qarashlari va qayg’u- alamlari ularning qabrlarida namoyon bo’lgan diniy marosimlari orqali ifodalanadi. Bronza davridan e’tiboran zardushtiylik dini chorvadorlar orasida ildiz otib, quyosh eng muqaddas, oliy ibtido sifatida qadrlangan. Bu davr aholisi tog’ tepalarida, ko’l bo’ylarida, quyosh yaxshi ko’rinadigan joylarda quyoshga sig’inib, yaylovga boy yerni so’rashgan 76 . Bronza davrida vujudga kelgan o’troq dehqonchilik vohalari aholisining diniy qarashlari dastlabki davrda dasht aholisi diniy qarashlari bilan ko’p jihatdan o’xshash bo’lsada, o’troq aholining keyingi tarixiy taraqqiyotida cho’l aholisidan keskin farq qila boshlaydi, din jamiyatni boshqarishning ustuvor omiliga aylanadi. Tabiiyki o’troq dehqon hayotida yer, suv, havo, olov (quyosh) muhim o’ringa ega. Tabiat unsurlariga e’tiqod qilish dehqonlar jamoasida tobora uyg’unlashib, aniq tizimga kirib boradi 77 .
Qabrlardan topilgan bronza kurakchadan Sopollitepada, Ilk Tulxor qabristonida va Zomonbobo qabristoni topilmalari bilan qiyoslanadi. Murg’ob vohasi, janubiy Tojikistondagi Nurek, Tandiryo’l, Toxirboy-3 va Zarkamar qabristonida o’tkazilgan izlanishlar natijasida topilgan ashyolar, sopol buyumlar Mo’lali bosqichi sopol buyumlaridan farq qilmaydi 78 . Nurek va Tandiryo’lning davriy sanasi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi bilan belgilangan 79 . Toxirboy-3 yodgorligi sopollari ustiga solingan zigzak belgilar Mo’lali sopol
76 Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. (Қадимги Бақтрия ва Марғиѐнанинг бронза даври моддий маданият ѐдгорликлари мисолида) // т.ф.н. диссер. Т.: 2007, – Б. 63. 77 Эсанов М. Авесто жамиятининг археологик материалларда акс этиши. .... – Б. 60. 78 Аскаров А, Абдуллаев Б. Джаркутан. ... – С. 42-43. 79 Литвинский Б.А., Антонова Е.В., Виноградова Н.М., Раскопки могильники Тандирйул // АО, 1975г. – М., 1976. – 567-568; Пьянкова А.Т. Могильник эпохи бронзы Тигровая Балка // СА, 1974, – № 3, – С. 542-543. 41
idishlarida ham uchraydi. Bundan tashqari, yana Janubiy Turkmanistondan, Eronning Kaytarex qabristoni (mil.avv. II ming yillik oxirlari) sopollariga o’xshashligi aniqlangan. Mo’lali bosqichidan topilgan ikkita silindrli idish Eron Seistoni – Shaxri-Soxta manzilgohi 413-qabr sopollari bilan qiyoslanadi 80 .
Afg’oniston yodgorliklari bilan bir davrga tegishli bo’lib, bular Bo’ston-3, Mo’lali, NuRek, Tandiryo’l va Zarkamardir. Ularning sanasi mil.avv. XI – X asrlar bilan belgilangan.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling