O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Jadidchilikdan keyingi davrlar o‟zbek estetikasi


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Jadidchilikdan keyingi davrlar o‟zbek estetikasi 
Sho‘rolar davri 1917 yil oktyabrda (7 noyabrda) bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi 
natijasida sobiq chor Rossiyasi hududida «proletar diktaturasi» nomi ostida totalitar tuzum o‘rnatildi. Aldov va 
firibgarlik bilan hokimiyatni qo‘lga olgan V.I.Lenin rahbarligidagi beshafqat kimsalar, o‘zlarini xalq tarafdori qilib 
ko‘rsatib, kimki qarshi tursa, hatto o‘zlariga qo‘shilmagan betaraflarni ham qatag‘on qilishga kirishdilar. Lenin va 
uning korchalonlari maqsadini «Novaya jizn» gazetasining hammuassisi, buyuk rus yozuvchisi, ulug‘ insonparvar 
Maksim Gorkiy «Bemavrid mulohazalar» falsafiy-publististik maqolalar turkumida fosh etib tashladi. Gazetaning 
1917 yil 7 (20) noyabr, 74-sonidayoq «Demokratiya borasida» degan maqolasida u shunday deb yozgan edi: 
«Lenin, Trostkiy va ularga ergashgan kimsalar allaqachon hukmdorlikning chirkin og‘usi bilan 
zaharlanganlar, so‘z erkinligi, shaxs erkinligi va barcha huquqlar tantanasi uchun kurashgan demokratiyaga nisbatan 
ulardagi sharmandalarcha munosabat shundan shohidlik beradi...Bu yo‘lda Lenin va uning tarafdorlari Peterburg 

Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., o‘qituvchi, 1995, 20-b. 

o‘sha manba, 21-b. 

o‘sha manba, 141-b. 


ostonalaridagi odamkushlik, Moskvani xarobaga aylantirish, so‘z erkinligini yo‘qotish, bema‘ni hibslar singari Pleve 
va Stolipinlar qilgan qabihliklarga o‘xshash barcha jinoyatlarni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydilar»


«Ishchilar diqqatiga» degan maqolasida esa ( «Novaya jizn», 1917 yil 10 (23) noyabr, 77-son) Gorkiy 
bolsheviklar boshlagan qatag‘onlarning asl sabablarini ochib beradi:
«...Lenin va Trostkiy taqiqlar bilan kelishmaganlarning hammasini ochlik va qirg‘in bilan qo‘rqitib, bu 
«dohiylar» mamlakatdagi eng sara kuchlar ne-ne qiyinchiliklarni boshdan kechirib, uzoq vaqt qarshi kurashgan 
hukmdorlik zulmini oqlamoqdalar. o‘zlarini sostializmning napoleonlari deb bilgan leninchilar, har hunarga tushib, 
Rossiyani xarob qilishni oxiriga etkazmoqdalar – rus xalqi hali buning uchun daryo-daryo qon bilan xun to‘laydi. 
Leninning o‘zi, shaksiz, istisnoli darajadagi qudratli kishi... ayni paytda u «dohiylik»ning barcha 
xususiyatlariga, shuningdek, bu rol uchun zarur bo‘lgan axloqsizlikka va omma hayotiga haqiqiy boyvachchalarcha 
beshafqat munosabat qila bilish qobiliyatiga ega»


Biz Sho‘rolar o‘rnatgan totalitar tuzum mohiyatini, eng buyuk yovuz insonlar – Lenin va Stalin o‘rnatgan 
YOvuzlik saltanatining ijtimoiy mohiyatini tahlil qilib o‘tirmaslik uchun Gorkiydan kattaroq ko‘chirma keltirib 
qo‘ya qoldik. Ma‘lumki, Gorkiy keyinchalik Stalin tomonidan zaharlab o‘ldirildi, buyuk shoir Mayakovskiy esa 
o‘zini otib tashladi. Bu hodisalar totalitar tuzum uchun nihoyatda qo‘l keldi: Gorkiy va Mayakovskiy sovet 
adabiyotining (kengroq ma‘noda san‘atining, asoschilari deb e‘lon qilindi va SHo‘rolar Ittifoqi hududida sostialistik 
realizm deb atalgan soxta metod – asar yaratish uslubi yagona, hamma san‘at turlari uchun majburiy uslub sifatida 
qonunlashtirildi. Sostialistik realizm metodi ijod erkinligi, fikr va so‘z erkinligini mohiyatan inkor etadigan hamda 
san‘atni rus ulug‘davlatchilik shovinizmiga asoslangan sinfiylik va partiyaviylik degan, insoniylikka, 
insonparvarlikka qarshi mafkuraviy quyushqondan iborat edi. Bunga ko‘nmagan ijodkorlar otib tashlandi, qamaldi, 
surgun qilindi, Ittifoq hududidan chiqarib yuborildi. Jahonni hayratga solgan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi rus 
san‘ati tom ma‘noda inqirozga uchradi. Milliy respublikalar san‘atida esa har bir asarda Lenin va Stalin madh etilar, 
albatta boshqa millatlarga «aql o‘rgatib turadigan», «ulug‘ og‘a» – rus kishisi ishtirok etishi shart edi. Barcha 
respublikalarda milliy uyg‘onishga xizmat qilgan oqimlar qatag‘on qilinganidek, o‘zbekistonda ham jadidchilik 
«tag-tugi bilan qo‘porib tashlandi». 
Shunday qilib, XX asrning 30-yillariga kelib, falsafiy tafakkur, shu jumladan estetik tafakkur ravnaqdan 
to‘xtadi, aksincha tanazzulga qarab yo‘l tutdi. Estetika falsafiylikdan ko‘ra, targ‘ibotchilik bilan shug‘ullandi, 
mafkuraviy, soxta fanga aylandi. Yangi nazariy fikrlar o‘rtaga deyarli tashlanmadi. Umumjahoniy estetik 
nazariyalarning hammasiga «reakstion burjua estetikasi» degan yorliq yopishtirilib, ulardan foydalanish ta‘qiqlandi, 
faqat «tanqidiy yondashib», ularni inkor etish lozim edi. Estetik tafakkur tarixi ham xuddi shunday «tanqidiy 
o‘rganildi». Natijada umumbashariy estetik qadriyatlar, mumtoz estetik tafakkur namunalari buzib talqin qilindi. 
Umumjahon estetikasida tamoyilga aylangan olimona xolislik – «kosmopolitizm», milliy estetik qadriyatlarga 
e‘tibor – «millatchilik» tamg‘alari ostida «yot qarashlar» deb e‘lon etildi, bunday asarlar mualliflari qatag‘onga 
uchradi. «Markscha-lenincha estetika» degan soxta fan o‘ylab topildi, Leninning «Partiya tashkiloti va partiya 
adabiyoti» degan o‘ta ketgan reakstion, so‘z erkinligi va fikr erkinligini taqiqlaydigan, ommaviy axborot 
vositalaridagi erkinlikni yo‘qqa chiqaradigan publististik maqolasi («dohiy merosida» estetikaga oid hech vaqo 
yo‘qligi tufayli) san‘at uchun estetik asos deb e‘lon qilindi. 
Barcha milliy respublikalar uchun karvonboshi hisoblangan rus sovet estetikasida A.Losev, M.Ovsyannikov, 
M.Kagan, V.SHestakov singari olimlar qator asarlar va darsliklar yaratdilar. Afsuski, bu asarlarning ko‘pchiligi, 
mualliflarining iste‘dodlariga qaramasdan, to‘laligicha kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilgani tufayli yuqorida 
aytib o‘tganimiz «sostialistik realizm» deb atalgan soxta metodni asoslashga qaratildi. Ularda go‘zallik va xunuklik, 
ulug‘vorlik va tubanlik, fojeaviylik va kulgililik tushunchalari, estetik anglash unsurlari bir yoqlama, sinfiylik va 
partiyaviylik tamoyillari asosida tahlil qilindi, mo‘‘jizaviylik va xayoliylik tushunchalari esa asosiy estetik 
adabiyotlardan umuman o‘rin olmadi. 
Lekin, keyinchalik, ikki bosqichli demokratiya tufayli estetika va san‘atda muayyan jonlanishlar ro‘y berdi. 
XX asrning 50-yillari so‘nggi va 60-yillar boshida «Xrushchyov demokratiyasi» natijasida san‘atda ko‘tarilish ro‘y 
berdi. Umumittifoq miqyosida S.Prokofev, Kandinskiy, M.Chyorlyonyus, Ch.Aytmatov, E.Evtushenko, 
o‘.Sulaymonov, A.Voznesenskiy, V.Tendryakov, B.Qorieva, A.Xachaturyan, M.Saryan, M.Plisestkaya, 
M.Magomaev, A.Paxmutova, R.Hamzatov singari o‘nlab buyuk san‘atkorlar etishib chiqdi. «Falsafiy meros» va 
«Estetika tarixi yodgorliklar va hujjatlarda» deb atalgan nashriy turkumlarda Aflotun, Arastu, Kant, Hyum, Byork, 
Dyubo, Helvestiy, Shelling, Gegel, Houm, Zolger, Maststini singari buyuk faylasuflar hamda estetiklarning asarlari 
nashr etildi. 
Agar «Xrushchyov demokratiyasi» davrida Stalinning Ittifoqni o‘rab olgan temir devoridan darchalar 
ochilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichdagi «Gorbachyov demokratiyasi» yillarida stenzura yumshatildi, so‘z erkinligi, 
ijod erkinligi, qisman bo‘lsa-da yo‘lga qo‘yildi, «sovet kishisining ichidagi qulni siqib chiqarish» boshlandi, ochiq 
jamiyat sari dastlabki qadamlar tashlandi. Avval taqiqlangan rus yozuvchilarining asarlari B.Pasternakning «Doktor 
Jivago», Fozil Iskandarning «CHegemlik Sandro», «Arbat bolalari», A.Axmatovaning «Rekviem» asarlari e‘lon 
qilindi, teatr, kino, rassomlik va boshqa san‘at turlaridagi ma‘lum yo‘nalishlarga qo‘yilgan taqiqlar olib tashlandi. 
Falsafa sohasida G.SHpet, Z.Mamardashvili, M.Baxtin asarlari chop etildi. Falsafa tarixidagi «oq dog‘lar» yo‘qotila 

Gorkiy M. Bemavrid mulohazalar. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti» jurnali, 2000y., 6-son, 128-b. 

O‘sha manba, 130-b. 


boshlandi – A.SHopenhauer, F.Nitstshe, Vl.Solovev, Z.Froyd, K.YUng, N.Berdyaev, N.Losskiy, E.Fromm va 
boshqa faylasuflar asarlari nashr qilindi. 
Bu davrda estetika sohasida A.Guliganing «Estetik tamoyillar», YU.Borevning «Estetika» (ikkinchi nashri) 
asarlari e‘tibor qozondi. Garchand, ularda markscha yo‘nalish saqlanib qolgan esa-da, jahon estetikasidagi 
tajribalarga Yangicha, ma‘lum ma‘noda xolisona yondashuv va intilish yaqqol ko‘zga tashlanib turardi. Ijod 
jarayonida onglanmaganlikning roli, badiiy asarda shaklning ahamiyati, turli, sostialistik realizm quyushqoniga 
sig‘maydigan san‘at yo‘nalishlari to‘g‘risida dastlabki fikrlar bildirila boshlandi. 
Bu davrda o‘zbek estetikasida sohaviychilik, to‘g‘rirog‘i, adabiyotshunoslik va san‘atshunoslik hukmron 
bo‘lib, estetikaning umumnazariy masalalari ko‘tarilmas, hali ham falsafiy fanlar «dialektik materializm», «tarixiy 
materializm», «markscha-lenincha qarashlar» kabi quyushqonlardan chiqa olmas, Moskvaning «dasturlari»ga qarab 
ish ko‘rilardi: prof. M.Nurmatov madaniy merosga «lenincha milliy siyosat» nuqtayi nazaridan yondashishni targ‘ib 
qilar va o‘zbek estetikasining muhim jihatini milliy kiyinish estetikasida ko‘rar, prof. T.Mahmudov esa Leninning 
«Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» maqolasini 1991 yilda ham («Sharq yulduzi», 4-son) estetik ko‘rsatma 
sifatida talqin qilar edi. 
o‘zbek estetikasida mustaqillik yillaridagina ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dastlabki paytlarda «sohaviylik» 
kasali hali ham o‘z kuchini yo‘qotmasa-da, lekin tadqiqot ob‘ektiga haqiqiy estetik yondashuvlar vujudga kela 
boshladi. Bu davrdagi eng faol estetiklar sifatida yuqorida nomi tilga olingan olim T.Mahmudov va atoqli 
yozuvchimiz Asqad Muxtor nomlarini qayd etish mumkin. Tilab Mahmudovning rangtasvir estetikasiga doir o‘nlab 
maqolalari, o‘zbek va rus tillarida kitoblari chop etildi. Eng muhimi, shunda ediki, T.Mahmudov zamonaviy 
rangtasvir haqida fikr yuritar ekan, tor san‘atshunoslik doirasidan chiqishga va muayyan rassom ijodi yoki asarga 
falsafiy-estetik jihatdan yondasharga: tadqiqot ob‘ektini go‘zallik, ulug‘vorlik v.b. estetik tushunchalar ziyosida 
yoritib berardi, shuningdek estetik madaniyat masalalariga ham katta e‘tibor qaratar edi. Ayniqsa, Rahim Ahmedov, 
CHingiz Ahmarov va uning shogirdlari – Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov asarlarining tahlili yuksak estetik 
saviyasi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda T.Mahmudov «San‘at», keyinchalik «Nafosat» jurnallarining 
bosh muharriri sifatida o‘zbek milliy estetikasi taraqqiyotiga katta xizmat qildi, hozir ham uning maqolalarida tor 
sohaviylikni emas, estetik kenglikni ko‘rish mumkin. 
Atoqli adib Asqad Muxtor sho‘rolar davridayoq go‘zallik haqida, uning qudrati haqida fikrlar bildirgan. 
Uning «Go‘zallik» degan kichkinagina maqolasida bu estetik xususiyat va tushunchani o‘ziga xos sharxlaydi. Asqad 
Muxtor sho‘rolar tuzumida go‘zallikka, estetikaga e‘tiborning etarli emasligini ro‘y-rost aytadi: 
«Go‘zallikni ta‘rif qila bilmaslik ayb emas. Lekin uni tushuna bilmaslik, go‘zallikka befarqlik, loqaydlik, 
didsizlik bizning davrimizda ayb. Hayotga estetik munosabatimizning oliy shakli – san‘at asari. Bizda hali san‘at 
asarining qalblarga zilzila soladigan kuchini mensimaydigan odamlar yo‘q emas. Go‘zallik hissini tarbiyalash ishlari 
uncha yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan... Estetika masalalari yaxshi ishlanmagan, ommabop risolalar yo‘q... Kim go‘zal 
desa – men: go‘zallikni tushunadigan odam go‘zal, deb javob berardim»


Boshqa bir maqolasida atoqli yozuvchimiz ma‘naviy va estetik komillikni yonma-yon qo‘yadi, estetik tarbiya 
insonning tasavvurga boy, o‘ziga ishonadigan kuchli shaxs bo‘lib etishuviga ko‘maklashadi degan fikrni ilgari 
suradi: 
«Ma‘naviy va estetik takomil har qanday kasbdagi odamga ham zarur, – deb yozadi Asqad Muxtor. – U 
ijodiy tasavvur kuchini oshiradi, fantaziyani kengaytiradi, eng og‘ir sharoitlarda qat‘iyatli, o‘ziga ishonchli, quvnoq 
va izchil bo‘lishga o‘rgatadi»

.
Asqad Muxtorning so‘nggi kitobi – «Uyqu qochganda» asari asosan falsafiy-estetik mushohadalardan, 
qaydlardan tashkil topgan. Unda muallif K.YUng estetik qarashlariga hamohang fikr yuritadi: faqat asarni emas, 
uning ijodkorini ham o‘rganish zarurligini ta‘kidlaydi, asar ijodkordan o‘sib chiqishni, ijodkor «beixtiyor fidoiy» 
inson ekanini aytadi. SHuningdek, uning ijodiy tasavvur to‘g‘risidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor. 
Tasavvurni u insonga berilgan ilohiy ne‘mat – «oliy savqi tabiiy» deb ataydi

. Asqad Muxtorning Umar Xayyom 
ruboiylarining mohiyati haqidagi fikrlari ham teran falsafiy-estetik ma‘noga ega, Xayyomni tushunishda ma‘lum 
ma‘noda kalit vazifasini o‘tashi mumkin.
Asqad Muxtorning fikriga ko‘ra, Xayyom o‘z ruboiylarida inson umrining absurdligini, go‘zallikdan 
vaqtincha lazzatlanish uni qoniqtirmasligini, lekin boshqa chora yo‘qligini, faqat bita imkon borligini aytmoqchi: u 
ham bo‘lsa – umid, Mutlaq Go‘zallikdan umidvorlik. SHu bois Xayyomning kayfi shodlik qiyqirig‘ini emas, 
fojeaviy faryodni eslatadi. 
Bu davrda, shuningdek, M.Abdullaevaning estetik madaniyat borasidagi, A.Qurbonmamadovning estetika 
tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotlarini, E.Umarovning teatr estetikasiga doir maqolalarini, B.Husanov kabi yosh 
estetik-faylasuflarning faoliyatini ham ta‘kidlab o‘tish mumkin. 
SHunday qilib, mustaqillik davrida haqiqiy milliy estetikani yaratishga kirishildi, shubhasizki, stenzuraning 
konstitustion va amaliy jihatdan yo‘q qilinishi, so‘z erkinligi, ijod erkinligi o‘zbek san‘ati va estetikasini 
umumjahoniy ma‘naviy maydonga chiqishi uchun imkoniyat yaratdi. Bugungi kunda ijodkorlarimiz va estetik 

Muхtоr A. Yosh do‘stlarimga. T., Yosh gvardiya, 1971, 70-b. 

o‘sha manba, 72-b. 

Qarang: Muxtor A. Uyqu qochganda. T.. Ma‘naviyat, 2005, 37-39 b. 


olimlarimiz oldida ana shu imkoniyatdan samarali foydalanish vazifasi turibdi, zero estetik ravnaqqa keng yo‘l 
ochildi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling