O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

 Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama 
bunday ketma-ket qo‘llanilishining ma‘nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob‘ekt tarixidagi bir 
lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar 
55
Гегел Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467. 


oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham 
imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim 
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu 
mutafakkirning sa‘y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor 
kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan. Gegel, 
shuningdek uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib bergan ba‘zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur hodisa 
taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor harakatining o‘zidan aniqlash mushkul. SHu bois, masalan, 
qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi. Ma‘lumki, Gegelning dialektika 
tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon 
«tezis – antitezis – sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi 
ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko‘p sonli stsenariylaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo Gegel 
qayd etgan rivojlanishning siklliligi, uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kyechishining ancha keng 
tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo‘lmasligi mumkin: o‘zgarish 
aylanma harakat qiladi. 
 Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o‟ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling