O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Qadriyaviy yondashuv 
Aksiologiyada juda ko‗p an'anaviy va hozirgi zamon falsafiy muammolari Yangicha ko‗rib chiqiladi. 
Masalan, an'anaga ko‗ra, haqiqatga yetish ilmiy bilishning ideali, shaksiz ne'mat, yaxshilik deb hisoblangan. Biroq 
XX asr ushbu qarashga o‗z tuzatishlarini kiritdi. Industrializmning va texnitsistik yondashuvlarning salbiy 
oqibatlari, ommaviy qirg‗in qurollarining yaratilishi va qo‗llanishi, gen muhandisligining paydo bo‗lishi shuni 
ko‗rsatadiki, muammoga sof gnoseologik yondashuv yetarli emas. Bugungi kunda «faqat haqiqatning qadri 
haqidagina emas, balki uning bahosi haqidagi masala ham paydo bo‗ladi, bunda boshlang‗ich hisob nuqtasi sifatida 
inson va uning baxt-saodati namoyon bo‗ladi»
67
. Haqiqat tobora ko‗proq aksiologik kategoriyalar ko‗zgusi orqali 
qarala boshlanmoqda. 
Lozim va zarur narsalar haqida qadriyaviy ideallar sifatida so‗z yuritar ekan, aksiologiya borliqning 
muammoli masalalari borasida bizning tasavvurlarimiz doirasini kengaytirdi. Ilgari me'yoriy hodisa deb hisoblangan 
narsalar hozirgi zamon aksiologik yondashuvlari ko‗zgusida unday bo‗lib ko‗rinmaydi. Qadriyaviy mezon va 
qadriyaviy qarash amalda hayotimizning barcha sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda shu narsa ayon 
bo‗lyaptiki, biron bir ijtimoiy institut, biron bir muhim ijtimoiy muammo, jamiyatning biron bir sohaga aksiologik 
yondashuvlardan tashqarida ko‗rib chiqilishi mumkin emas. Bunda qadriyatlarni qayta baholash lokal masalalarga 
ham, global masalalarga ham birdek tegishlidir. Texnik taraqqiyot baxt-saodat keltiradimi? Insonni klonlashtirish 
mumkinmi? Evtanaziya - bu ezgulikmi yoki qotillikmi? Agar uning kashfiyotlaridan foydalanish odamlarning halok 
bo‗lishiga sabab bo‗lsa, olim o‗z kashfiyotining oqibatlari uchun javobgar bo‗ladimi? Ilmiy va siyosiy ongda asta-
sekin sof iqtisodiy, sof texnologik, qadriyaviy komponentlardan tashqarida qaraluvchi sof tadqiqotchilik 
loyihalaridan voz kechish tamoyili yuzaga kelayotganini ko‗rish mumkin. 
O‗z navbatida qadriyatlarning o‗ziga, munosabat va qadriyaviy ongga gnoseologik, sotsiologik, psixologik,
semiotik va boshqa yondashuvlar nuqtayi nazaridan qaralmoqda. 
  

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling