O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

5-chizma. 


4. O – Juz‘iy inkor hukmlarning sub‘ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. 
Masalan, «Ba‘zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari: S – yoshlar, R – hunarmand emaslar; ba‘zi – 
mavjudlik kvantori. Hukmning sub‘ekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, 
xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-
chizma). 
6-chizma. 
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub‘ekti hamma vaqt to‘liq 
hajmda, juz‘iy hukmlarning sub‘ekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq 
hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R< S bo‘lgandagina to‘liq hajmda bo‘ladi, boshqa hollarda esa 
to‘liqsiz hajmda olinadi. 
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat‘iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda 
muhim ahamiyatga ega. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi shakl orqali yaqqol ifodalashda «+»¸«-» belgilaridan 
foydalinadi. Bunda «+» to‘liq hajmni, «–» to‘liqsiz hajmni bildiradi. 




- (+) 





- (+) 



Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik 
hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi 
yoki xos emasligi aniq, qat‘iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga 
kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta‘riflasa bo‘ladi. 
Masalan, «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o‘simlik hayvon emas». Birinchi hukmda 
daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o‘simliklar va hayvonlar sinfining 
o‘z holicha umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. 
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini 
ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki–uchdan kichik son». 
Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni 
bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. 
Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra, tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo‘linadi. Tasdiqlovchi munosabat 
hukmlarida predmetlar o‘zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat 
hukmlarida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi. Xususan, ikki o‘rinli munosabat hukmlari 
miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz‘iy-juz‘iy, yakka-umumiy, yakka-juz‘iy, umumiy-juz‘iy, juz‘iy-
umumiy turlarga bo‘linadi. 
Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakultetimizdagi hamma 
o‘qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruhimizdagi ba‘zi talabalar ba‘zi hind kino yulduzlarini yaxshi 
biladilar» (juz‘iy-juz‘iy); «Tarix o‘qituvchisi guruhimizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); 
«Do‘stim ba‘zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz‘iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» 
(umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba‘zi talabalar franstuz tilini o‘rganadilar» (juz‘iy-yakka); «Guruhimizdagi ba‘zi 
talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz‘iy-umumiy). 
Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo‘linadilar. 
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), 
ayniyat hukmlari («A–B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin. 
Ba‘zi darsliklarda ular oddiy qat‘iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib 
chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat 
hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin. 
SHuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. 
«Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» 
kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling