6
I - BOB. OILA PEDAGOGIKASI FANINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Oila pedagogikasi fan sifatida.
Reja:
1. Oila pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2.
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
3. Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari.
4. Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tayanch so’zlar: oila, oila pedagogikasi, fan, predmet, maqsad va vazifa,
xalq pedagogikasi, metodlar, ilmiy-tadqiqot, tarixiy ildizlar, oilaviy tarbiya.
Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatning o‘rni uning
tarbiyadagi
uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy
jarayondir.
Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga
doir muhim davlat
siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishiga hizmat qiladi, ta’lim–
tarbiyaga doir bilimlarni
mushtarak holda jamlab, farzand tarbiyasiga doir tartib-
qoidalarni sinovdan o‘tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi ota –
onaning
faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti:
Oilada ota-ona aniq maqsad qo‘yib, o‘z ustida ishlash,
izlanish,
tanlangan vosita va usullarni qo‘llash natijasini ko‘ra bilishi, tarbiyachilik
san’atiga ega bo‘lishi lozim.
Ta’lim–tarbiyaning
zamonaviy
talab
darajasiga
va
tarbiya
qonuniyatlariga
amal qiladi;
Oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
Oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va
vositalar;
7
Insoniyatning ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining
uyg‘unligi;
Oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va
madaniyatga amal qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: