O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
fonetik sath birliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- X. S.I. Bernshteynning fonologik nazariyasi.
- XII. London fonologiya maktabi asoschisi D. Djonsniig akustik fonema nazariyasi.
- "qo‗shimcha distributsiya"
- 2.3. Fonemalarda invariant va variant munosabati
- -ka,-qa,-g‗a,- a,-ga
- -ka,-qa,-ga
- 2.3.3. O‗zbek tili undoshlar sistemasida invariant-variantlilik
Birinchi modelda ikki (yoki bir necha) element bir xil qurshovda o‗zaro zidlanish munosabatida bo‗lib, ma‘nolarni farqlash imkonini beradi. Buni o‗zbek tili materiali misolida quyidagicha izoxlash mumkin: oxir va og‗ir so‗zlari o‗rtasidagi "x" va "g‗" tovushlari ikki unli orasida ( bir xil qurshovda) "jarangsiz va jarangli undoshlar zidlanishini xosil qilib, shu so‗zlarning ma‘nolarini farqlamoqda, demak, ularni ("x" va "g" undoshlarini) yuqoridagi "birinchi model" elementlari deb hisoblash mumkin.
ulardan biri o‗rnida ikkinchisini qo‗llab bo‗lmaydi. Mac., ko‗l (kөl) so‗zidagi sayoz til orqa "k" undoshidan so‗ng qo‗llangan old qator "ө" unlisini qo‗l (qol) so‗zidagi "q" undoshidan so‗ng qo‗llab bo‗lmaydi, shunga ko‗ra qo‗shimcha distributsiya munosabatida bo‗lgan " ө " va "o" tovushlari bir fonemaning variantlari (allofonlari) sanaladi, fonemaning o‗zi esa deskriptiv tilщunoslikda allofonlar sinfi (klass allofonov) deb qaraladi. Uchinchi modelda ikki tovush bir xil qurshovda bir-birini almashtira oladi, ammo bu holat so‗z ma‘nosiga ta‘sir qilmaydi: qarmoq va qalmoq (r-l almashinuvi), ko‗ylak va ko‗ynak (l-n almashinuvi) kabi. Deskriptiv tilshunoslikda bunday munosabat erkin almashinuv (erkin variatsiya < "svobodnoe varirovanie")deb, Kopengagen glossematikasida esa substitutsiya deb nomlanadi. Erkin almashinuv munosabatida bo‗lgan tovushlarni Praga tilshunoslik to‗garagi vakili N.S.Trubetskoy fonemaning fakultativ varianti deb ham ataydi. 1
1
Берѐзин Ф.М., Головин Б.Н. Общее языкознание. М.: Просвещение, 1979. С.330 - 331.
61
Distributsiya modellarini aniqlashda qo‗llangan tavsifiy usullar tilshunoslikda distributsiya metodi deb nomlanadi. 1
Kopengagen struktural tilshunosligi maktabi 1931 yilda struktural tilshunoslikning daniyalik vakillari V. Bryondal, X. Uldal va L. Yelmslev tomonidan tashkil etilgan. Bu maktabning fonetika fonologiya haqidagi qarashlari L.Yelmslevning "Til nazariyasiga oid mulohazalar" (1943) "Tilshunoslikda struktural tahlil metodi" (1950-1951), "Til va nutq" (1942), V. Bryondalning "Struktural tilshunoslik" (1939), X Uldalning "Glossematika asoslari" (1957) kabi ishlarida va bir qator maqolalarida bayon etilgan. Xusasan, fonema belgining shunday komponentiki, u o‗z holicha mazmunga ega emas, ammo mazmun jihati bor bo‗lgan birliklarning, masalan, so‗zlarning tarkib topishida ishtirok etadi. 2
Kopengagen tilshunosligi nazariyasining tovush va fonemaga oid qismini quyidagicha izoxlash mumkin: 1. Muayyan tilda tartiblashtirilgan (sistemalashtirilgan) tovushlar zanjiri shu tilning ifoda substansiyasi bo‗ladi. Fonema ana shu substansiya birligidir. 2. Fonema belgining (mas., so‗zning yoki morfemaning) ifoda jihatiga mansub figuradir. U belgining fonetik tarkibidagi eng kichik komponent sanaladi, bu komponent L. Yelmslev tomonidan taksema deb ham ataladi. 3. Fonemaning mazmun plani yo‗q. U mazmun plani bor bo‗lgan birlik (ikki tomonlama belgi) tarkibidagina lisoniy qiymatga ega. Mas., ich va uch, til va dil so‗zlarining shakl va ma‘no munosabatlari shu so‗zlar tarkibidagi i-u, t-d tovushlari almashinuviga bog‗liq bo‗lgani kabi. Demak, fonemalar belgilar sistemasiga belgining qismi sifatidagina kiradi. 4. Glossematika nazariyasiga ko‗ra sistema matn tahlili asosida aniqlanadi. Bunday tahlil matnning ichki tuzilishida butun-bo‗lak munosabati borligini ko‗rsatadi: period – gap – so‗z – bo‗g‗in – fonema. Demak, fonema bunday munosabatlar tizimidagi eng so‗nggi figura sanaladi. 1
1 Хэррис 3.C. Метод в структуральной лингвистике // В.А.Звегинцев. История языкознания XIX и XX веков в очерках и извлечениях. Часть II. М., 1960. С. 153-171. Яна каранг: Абдуазизов А.А. Фонологияда дистрибутив методнинг қўлланилиши. // Баскаков Н.А., Содиков А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. Тошкент.: Ўкитувчи,1979. 55-61-бетлар. 2 Ельмслев Л. Метод структурного анализа в лингвистике // Звегинцев В.А. История языкознания XIX и XX веков в очерках и извлечениях. Часть II. С.56. 1
Жамолҳонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўз.Р.Фанлар академияси ―Фан‖ нашриѐти 2009 й. 51-бет.
62
X. S.I. Bernshteynning fonologik nazariyasi. Bu nazariya prof. S.I. Bernshteynning S.-Peterburg va Moskva fonologlarining fonemaga oid qarashlarini sintezlashtirish g‗oyasiga asoslanadi. Uningcha, fonema muayyan til (yoki dialekt) tarakqiyotining hozirgi paytiga xos artikulyatsion-akustik va perseptiv xususiyatlar majmuidan iborat fonologik birlikdir, bunday birliklar turli pozitsiyalarda yoki har xil fonetik- morfologik holatlarda bir-biriga o‗xshamaydi, ammo bir xil vazifani bajaradi – so‗z va morfemalarni farqlash uchun xizmat qiladi. Shundan so‗ng S.I. Bernshteyn fonemalarni bir necha darajali turlarga bo‗ladi:
alternantlarning) yig‗indisidan tarkib topadi (F-1). Mas., prud va prudы so‗zlarida ikkita fonema - (t) va (d), prud va prut so‗zlarida esa bitta fonema (t) bor. Bu tezisdagi "1-darajali fonema" o‗z moxiyatiga ko‗ra L.V.Shcherba nazariyasidagi "fonema"ga va Moskva fonologiya nazariyasidagi "variant"ga to‗g‗ri keladi.
divergentlar yoki alternantlar) yig‗indisidan tarkib topadi (F-2). Ular I.A.Boduen de Kurtene ta‘rifidagi "fonema"ga va Praga funksional tilshunosligi ta‘rifidagi "arxifonema"ga to‗g‗ri keladi. 86
yig‗indisidan tarkib topadi. Bu fonemalar talaffuzga nisbatan oliy darajada mavhumlashgan tovushlardir: begu – bejat (g-j), mogu – mojesh (g-j), xodit – xoju (d-j) kabi. 3-darajali fonemalar Praga funksional tilshunosligi nazariyasidagi "morfonema"ga to‗g‗ri keladi. Shunday kilib, S.I. Bernshteyn nazariyasidagi 1- darajali fonema variatsiyalar qatoridan (yoki 1-darajali alternantlar, divergentlar qatoridan), 2-darajali fonema substitutsion qatordan (yoki 2-darajali alternantlar, divergentlar qatoridan), 3-darajali fonema esa transformatsion qatordan (3-darajali alternantlar qatoridan) tarkib topadi. XI. Dixotomik fonologiya nazariyasi. Bu nazariya jahon tillarining barchasiga tatbiq etilishi mumkin bo‗lgan universal dixotomik tasnif prinsiplarini ishlab chiqish g‗oyasiga asoslanadi. Bunday tasnif usuli dastlab P.O. Yakobson,
63
G.M. Fant va M. Xalle tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, unda tovushlarning akustik va artikulyatsion jihatlariga asoslangan 12 nafar differensial (farqlanuvchi) belgisi borligi aniqlanadi, shu belgilar asosida zidlanishning quyidagi turlari yuzaga kelishi mumkinligi qayd etiladi: 1
borligi yoki yo‗qligi; artikulyatsion jihati: havo oqimining ovoz yo‗lidan o‗tishida un paychalarining tebranishi); 2) undosh – undosh emas (akustik jihati: energiyaning past yoki baland darajada bo‗lishi; artikulyatsiya jihati: og‗iz bo‗shlig‗ida to‗siqning borligi yoki yo‗qligi); 3) kompakt - diffuz; 4) kuchli -kuchli emas; 5) jarangli - jarangli emas; 6) burun - og‗iz (yoki: nazallashgan - nazallashmagan); 7) bo‗lingan - bo‗linmagan; 8) keskin - keskin emas; 9) glottal - glottal emas; 10) past tonallik - yuqori tonallik; 11) bemol tonallik - oddiy tonallik (mac., rus tili undoshlarining lablangan unlilar oldida qo‗llanishi) 12) diez - oddiy tonallik (mas., rus tilining t‘ va t, k‘ va k undoshlari) kabi. Fonemalarning farqlanish belgilari barcha tillar uchun umumiy bo‗lgan bu dixotomik tasnifni A.M. Shcherbak turkiy tillarga, prof. A. Abduazizov esa o‗zbek tiliga ham tatbiq etishgan.
pozitsiyada biri o‗rnida ikkinchisi qo‗llanmaydigan tovushlarni anglatadi. Buni o‗zbek tilining kir va qir so‗zlari tarkibidagi unli fonemaga tatbiq etib ko‗raylik:
1
64
birinchi so‗zda "i" fonemasining old qator ko‗rinishi, ikkinchi so‗zda esa shu fonemaning orqa qator ko‗rinishi qo‗llangan. Darhaqiqat, kir so‗zidagi old qator "i" o‗rnida orqa qator "i"ni, yoki, aksincha, qir so‗zidagi orqa qator "i" o‗rnida old qator "i"ni qo‗llab bo‗lmaydi, bunga akkomodatsiya qonuni yo‗l bermaydi. Shunga qaramay bu ikki tovush alohida fonemalar emas, balki bitta "i" fonemasining yuqoridagi ikki so‗z tarkibida reallashgan ikki xil ko‗rinishi (ottenkalari), xolos. Shuning uchun ular D. Djons nazariyasida "qo‗shimcha distributsiya holatida bo‗lgan tovushlar oilasi" ( i 1 , i
2 , i
3 – i fonemasi) tarzida talqin etiladi. 1
2.3. Fonemalarda invariant va variant munosabati Fonologik sathda invariant-variantlilik munosabati ko‗pchilik tomonidan tilga olingan bo‗lsa-da, invariantni qanday belgilash muammosi turlicha talqin qilinadi. Fonologik sathda umumiylik-xususiylik dialektikasi fonologik birliklarning tasnif va tahlilida ham aks etadi. Fonologik tasnif va tahlilda fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi. Fonemalar paradigmatik jihatdan o‗rganilganda, har bir fonemaning muayyan tilning fonologik sistemasidagi boshqa fonema bilan assotsiativ munosabati, ularning bir-biri bilan ongdagi qiyosi tushu-niladi. Fonemalarni paradigmatik planda o‗rganish orqali qiyoslana- yotgan fonemalarning farqlovchi (differensial) va farqlanmaydigan (nodifferensial) belgilari aniqlanadi. 2 Shunday qilib, paradigmatik munosabat orqali fonemalarning qanday belgilardan tashkil topgan umumlashma ekanligi belgilanadi. Sintagmatik jihatdan esa ularning nutq jarayonidagi turli xil artikulyatsion-akustik o‗zgarishlari o‗rganiladi. 3
2.3.1 O‗zbek tili unlilar sistemasida invariant va variantlilik
1
2
Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва морфонологияси. Тошкент: Ўқитувчи, 1992. –Б.11.
3 Абдуазизов А.А. Ўша асар, ўша бет.
65
Unlilarning nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat‘iy nazar, sistemada o‗zaro zidlanish asosida farqlovchi belgilar majmuasi sifatida tavsiflanishi ularning paradigmatik tavsifi sanaladi. Har qanday paradigmatik tavsif sintagmatika materiallariga asoslanadi. Sintagmatikadagi unlilarning barcha belgilaridan farqlovchi belgilarning ajratib olinishi fonemalarni farqlovchi eng kichik birlik sifatida belgilashga imkon beradi. 3
1) keng, lablanmagan unli; 2) keng, lablangan unli; 3) o‗rta keng, lablanmagan unli; 4) o‗rta keng, lablangan unli; 5) tor, lablanmagan unli; 6) tor, lablangan unli. O‗zbek adabiy tilida farqlanish belgisiga ko‗ra unlilar quyidagicha tavsiflanadi: Og‗izning ochilishiga ko‗ra va lab ishtirokiga ko‗ra. Lablanmagan Lablangan Keng
a o O‗rta keng e o‗
Tor i u Yuqoridagi unlilar sintagmatik planda bevosita nutq jarayonida turli xil qo‗shimcha belgilarga ega bo‗lib, invariantning xilma-xil variantlarini hosil qiladi. Sistema-tekst oppozitsiyasiga muvofiq muayyan qurshovda kelgan real talaffuz qilinuvchi har qanday artikulyatsion-akustik birlik variant sanaladi. Variantlar betakrorlik xususiyatiga ega bo‗lsa ham, ammo ularni ham ma‘lum belgilariga ko‗ra muayyan guruhlarga birlashtirish mumkin. Masalan, makon belgisiga ko‗ra – fakultativ variant, qo‗llanilish darajasiga ko‗ra – uslubiy variant, qurshovga ko‗ra – majburiy variant va boshqalar. Hozirgi o‗zbek adabiy tili unli fonemalarining differensial belgilari va ularning sintagmatik qurshovda qo‗shimcha belgilar bilan variantlanishini quyidagi chizmada ifodalash mumkin. 1
3 Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й. 66-бет 1
Набиева Д. Ўзбек тилининг турли сатҳларида умумийлик-хусусийлик диалектикасининг намоѐн бўлиши. Т.: 2005й. 82-бет
66
Bu chizmada ichki doiradagi belgilar unli fonemalarning asosiy, markaziy, relevant belgilari bo‗lsa, tashqi doiradagi belgilar ikkinchi darajali, qo‗shimcha, chegara, irrelevant belgilardir. Invariantlar A va V, S va D chiziqlaridagi belgilar munosabatidan tashkil topgan butunliklar bo‗lsa, variantlar bu belgilardan tashqari tashqi doiradagi belgilarni ham o‗zida namoyon qiladi. Bulardan A-V chizig‗i fonemalarning lab belgisiga ko‗ra zidlanishini o‗zida namoyon qiladi. Bu jihatdan hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi unlilar o‗zaro privativ zidlanadi. Ularning bir guruhi lablanish belgisiga ega, markerlangan, shuning uchun bu belgiga ko‗ra kuchli a‘zolar sanaladi. Shu bois a‘zolar + ishorasi bilan ifodalandi. Ikkinchi guruh esa zidlanishning kuchsiz a‘zolari sanalib, bunday belgiga ega emas. Markirlanmagan. Shu bois ular – ishorasi bilan ifodalandi. S-D chizig‗i og‗izning ochilishi darajasi belgisiga ko‗ra unlilar zidlanishini ko‗rsatadi. Bunga ko‗ra, hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi unlilar o‗zaro gradual zidlangan. Ularning hammasi bu belgiga ega, lekin turli darajada. 2.3.2. Unlilarning sintagmatik munosabati Paradigmatik jihatdan til sistemasida muayyan oppozitsiyada bo‗lgan unlilar nutq jarayonida yondosh tovushlar bilan sintagmatik munosabatda bo‗lib, turli nusxalarda, bir qancha variantlarda talaffuz qilinadi. Borliqdagi alohida narsalar betakrorlik, cheksizlik xususiyatiga ega. Shu bilan birga, bu cheksizlik cheklanganlik bilan ham zidlanadi.
67
Chunki har qanday alohidalik qanchalik o‗ziga xoslik, betakrorlik xususiyatiga ega bo‗lsa ham, baribir, ma‘lum belgisi bilan ma‘lum turchaning vakili sanaladi. Masalan, oldimizdagi bir tup gilos shu oilaga mansub barcha giloslarning vakili bo‗lishi bilan birga umumiy giloslik belgisini o‗zida namoyon qiladi. Shuningdek, ikki tup gilos hech qachon bir-biriga aynan o‗xshamaydi. Ana shu o‗xshamaslik belgisi uning betakrorligini, cheksizligini ko‗rsatadi. Lekin har qanday betakror, alohida narsalarni ma‘lum o‗xshash jihatlari asosida muayyan xususiyliklarga birlashtiramiz. Masalan, o‗sha bir tup gilos «umuman gilos»ning ma‘lum sortiga, aytaylik, qo‗qon gilosiga mansub. Demak, u giloslar oilasidan «qo‗qon gilos»ning umumiy belgisini o‗zida namoyon qiladi. Shuningdek, qo‗qon gilos ham turli belgilariga ko‗ra (rangi, pishish davri va b.) yana turlarga bo‗linadi. O‗sha bir tup gilos qo‗qon gilosining aprel oyining oxirida pishadigan, xalq tilida «birinchi» deb yuritiladigan turiga, yoki may o‗rtalarida pishadigan, xalq tilida «ikkinchi» deb yuritiladigan turiga, yoki iyun oyida pishadigan, xalq tilida «uchinchi» deb yuritiladigan turiga mansub bo‗lishi mumkin. Shu bilan birga, bu turga mansub bo‗lgan tuplar soyada yoki quyosh tushadigan yerda o‗sishiga ko‗ra, mevasining mazasi, tuproq tuzilishiga ko‗ra, yaproqlarining rangi bilan bir-biridan farq qiladi. Biroq bu qo‗shimcha belgilardan qat‘iy nazar, baribir, biz ularni qo‗qon gilosning birinchisi, ikkinchisi yoki uchinchisi deyaveramiz. Xuddi shunga o‗xshash muayyan unli fonema ma‘lum fonetik qurshovda turli o‗zgarishlarga uchraydi. O‗zgarishlar xilma-xil, cheksiz bo‗lishi mumkin. Lekin ana shu cheksizliklarni ham ma‘lum belgilariga ko‗ra muayyan umumiyliklarning ma‘lum variantiga birlashtirish mumkin. Ana shunday birlashtirish asosida variantlar tiplari vujudga keladi. 1 («Variantlar tipologiyasi» bo‗limiga qarang.) Masalan, jo‗nalish kelishigi qo‗shimchalarining -ka,-qa,-g‗a,- a,-ga, kabi alohidaliklari, bir tomondan, jo‗nalishlik umumiy belgisiga ko‗ra
1
68
jo‗nalish kelishigi invariantiga birlashadi, ikkinchi tomondan, -ka,-qa,-ga variantlari «qurshov» belgisiga ko‗ra pozitsion variantga, -a varianti «hudud» belgisiga ko‗ra fakultativ variantga, -g‗a varianti «talaffuz qiluvchi shaxs» belgisiga ko‗ra individual variantlarga birlashadi. Demak, invariantlarning bevosita kuzatishda berilgan variantlarini ham ma‘lum guruhlarga birlashtirishga asos bo‗ladigan belgilar bo‗ladi. Ana shu belgi cheksizlikni cheklangan turlarga birlashtirishga imkon beradi. quyida o‗zbek adabiy tilidagi oltita unli fonemaning sintagmatik planda qanday variantlarga ega bo‗lishi to‗g‗risida fikr yuritamiz. Har qanday fonema to‗rt vazifani bajaradi: 1) so‗z va morfemalarni moddiy jihatdan shakllantiradi; 2) fonologik jihatdan so‗z va morfemalarni farqlaydi; 3) so‗z va morfemalarni chegaralaydi (masalan, «ng» fonemasining so‗z boshida kelmasligi); 4) eshitib his qila olish va tanib olish (perseptiv) vazifasini bajaradi. Ma‘lum fonemaning variantlari boshqa fonemaning variantlariga o‗xshab qolish darajasida o‗zgarishi mumkin. Lekin bizning so‗z yoki morfemani eshitib his qila olishimiz, ya‘ni perseptiv funksiya ularning qaysi fonema vakili ekanligini payqab olishimizga imkon beradi. A.Abduazizov unlilarning sintagmatik o‗zgaruvchanligi haqida fikr yuritar ekan, o‗zbek adabiy tilidagi unli fonemalar ikki asosiy turdagi allofonlarga, ya‘ni variantlarga ega bo‗lishini ko‗rsatadi: 1) yondosh tovushlar ta‘siridagi kombinator variantlar; 2) urg‗u ta‘siriga uchrovchi pozitsion variantlar. Muallif o‗zbek tilidagi unlilarning bu ikki varianti haqida ma‘lum darajada ma‘lumot berishga harakat qiladi. 1
Lekin bu ikki turdagi variantdan tashqari, dialektal va individual variantlar ham mavjudki, ular haqida fikr yuritmaslik fonema variantlari xususida to‗liq ma‘lumot berishga monelik qiladi.
1
69
Unli fonemalarning fakultativ (dialektal) variantlari haqida
V.V.Reshetov,F.A.Abdullaevlar tomonidan birmuncha ma‘lumot berilgan. 1
2.3.3. O‗zbek tili undoshlar sistemasida invariant-variantlilik Fonemaning muhim funksional belgisi distinktivlikdir. 2 Farqlash tushunchasi zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning ta‘kidlashicha, ikki narsa bir-biriga zidlanganidagina o‗zaro farqli belgisi namoyon bo‗ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma‘no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon bo‗ladi. Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar muhim o‗rin egallaydi. Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma‘no farqlash va ma‘no farqlamaslik belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‗ra fonologik zidlanishlar ma‘no farqlovchi va ma‘no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‗linadi. Birinchi zidlanish fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va so‗zlarning moddiy shakllantirish bilan birga, ularning ma‘nolarini farqlash vazifasini bajaradi. 3
Tovushlar o‗zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‗zaro zid munosabatda bo‗ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma‘lum zidlanishning a‘zosi bo‗ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim bo‗lmagan belgilarga ham ega bo‗ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini ajratish katta ahamiyat kasb etadi. Undosh fonemalarning muhim belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‗lmagan belgilar bo‗lishi mumkin. 4 Kamida ikki fonema o‗rtasida zidlanishga asos bo‗lgan belgilardan birining birida bor, ikkinchisida yo‗qligi bilan ajralib turadigan belgi
1
Тошкент: Фан,1967. -С.59.
2 Трубецкой Н.С. Юқоридаги асар. –Б.38
3
Трубецкой Н.С. Ўша асар. –Б.39
4 Дмитриенко С.Н. Фонемы русского языка. -М.: Наука, 1985. -С.20
70
korrelyativ belgi hisoblanadi. Belgilar majmuasi faqat birgina fonemaning o‗ziga xos bo‗lsa, bunday belgilar korrelyativ bo‗lmagan belgi hisoblanadi. Masalan «t» fonemasida jarangsizlik belgisi asosiy va korrelyativ belgidir. Chunki xuddi shu fonemaning asosiy belgilariga ega bo‗lgan, ammo undan boshqa korrelyativ belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) ajralib turuvchi «d» fonemasi bor. 1
Masalan, L.L.Bulanin rus tilidagi barcha undoshlar besh farqlovchi belgi asosida o‗zaro oppozitsiyaga kirishi mumkinligini, bu besh belgi, o‗z navbatida, uch guruhni: asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‗rsatadi. 2
Paydo bo‗lish o‗rni va usuliga ko‗ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli, jarangsiz, qattiqlik-yumshoqlikka ko‗ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka ko‗ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi. 3
O‗zbek tilida undoshlarning fonologik oppozitsiyasini quyidagicha guruhlash mumkin: asosiy aktiv organga ko‗ra (paydo bo‗lish o‗rni va usuli belgisi); ovozning ishtirokiga ko‗ra. 4
Nutq
jarayonida undoshlar yondosh
tovushlar bilan
sintagmatik munosabatda bo‗lib, turli xil variantlarga ega bo‗ladi. Muayyan undosh fonema ma‘lum fonetik qurshovda turli o‗zgarishlarga uchraydi. Bu o‗zgarishlar ma‘lum belgilariga ko‗ra kombinator, pozitsion, fakultativ va individual variantlar tiplariga birlashtiriladi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling