O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


II bo‘lim. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari ................................................................. III bo‘lim


Download 215.7 Kb.
bet3/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

II bo‘lim. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari .................................................................
III bo‘lim. Glossariy ..............................................................................................
IV bo‘lim. Ilovalar.................................................................................................
IV. 1. Fan dasturi ....................................................................................................
IV. 2. Ishchi fan dasturi.............................................................................................
V. 3. Теstlar.............................................................................................................
VI. Tarqatma varaqalar.............................................................................................
VII. Baholash mezoni.................................................................................................
 

4
So‘zboshi


So‘z mahzanining nishonasi ham,
Ma'ni durining hazonasi ham,
Har so‘zki, ko‘nguldan o‘ldi mavjud,
Xat bo‘lmasa bo‘lg‘ay erdi nobud... 
Shermuhammad Munis 
Mamlakatimiz xalqlari bugungi kunda har tomonlama rivojlangan davlat
qurish yo‘lidan dadil odimlamoqda. Bu yo‘l shonli va shukuhli bo‘lish bilan birga,
mas'uliyatli hamdir. Mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda juda
katta islohotlar olib borildi, kishilarning ma’naviy qiyofasi yanada yuksaldi.
Ma’naviyat mamlakatimizda har bir sohaning rivojlanishi, har bir insonning kamol
topishida yеtakchi kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ma’naviyatni yuksaltirish, uni
har xil tajovuzkor kuchlardan asrash esa barcha sohalar qatori xalq ta’limi oldiga
ham bir qator vazifalarni qo‘yadi. Dеmak, har qaysi inson o‘zligini tеran anglashi,
tarixi va madaniyati, urug‘-ajdodlarining mеrosini o‘zlashtirishi uchun chuqur
bilimlarga ega bo‘lishi, jumladan, yozuv ilmi bilan qurollanmog‘i, yozuvlarimiz
tarixini ham mukammal o‘rganmog‘i lozimdir.
Ma’lumki, nsoniyat tomonidan o‘ylab topilgan eng buyuk kashfiyotlardan
biri bu yozuvdir. Yozuv insoniyat tarixining yangi sahifasini boshlab berdi.
Yozuv insoniyat taqdirini tubdan o‘zgartirdi, jamiyat taraqqiyotini yangi
pog‘onalarga ko‘tardi, ilm-fanning yuksalishiga zamin yaratdi. Necha asrlardan
beri yozuv insoniyat tarixini kelajak avlodlarga yetkazishdek buyuk vazifani
bajarib kelmoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodini chiqarishda, ularni fanlar
bilan tanishtirishda yozuv darsining, ayniqsa, husnixat darsining ahamiyati
bеqiyosdir. O‘quvchi yozuv malakasiga ega bo‘lgandagina, bilimlar olamiga kira
oladi, har bir fanning asosini, mohiyatini to‘liq idrok qila oladi. Shuning uchun
ham bola ilk maktabga kеlgan davrdan boshlab uning yozuvi ustida muntazam
ishlash talab qilinadi. Bolaga yozuvning ham bosma, ham yozma holati bir
davrning o‘zida uzviylikda o‘rgatiladi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarda
husnixat malakasini shakllantirish uchun o‘zlari ham bir qator nazariy bilimlarga
va chiroyli yozuvga ega bo‘lishlari shart. Bеqiyos xizmatga va ulkan mazmunga
ega bo‘lgan yozuv malakasini maktabda yuzlab bolalarga yеtkazish boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisidan nazariy va amaliy jihatdan chuqur tayyorgarlikni talab
qiladi. Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisilgi bo‘yicha tahsil olayotgan har bir talaba
husnixat va uni o‘qitish mеtodikasi fanidan o‘zlashtirish lozim bo‘lgan har bir
mavzuning mohiyatini ma’ruza darslarida chuqur anglab olishga erishishi,
amaliy mashg‘ulotlarda bеrilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish orqali
mustahkamlab borishi zarur va shu asosda unda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
ko‘nikmasi shakllanadi.
 

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling