O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI UCHUN NAZARIY


Download 215.7 Kb.
bet4/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI UCHUN NAZARIY 
MATERIALLAR 

5
1-mavzu: Husnixat va uni o‘qitish mеtodikasi fanining predmeti, maqsad 


va vazifalari 
Darsning rejasi:
1. Mavzuni e’lon qilish
2. Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim qilish
3. Mavzu mohiyatini talabalarga yetkazish
4. Talabalar bilan savol-javob o‘tkazish, mavzuni mustahkamlash
Dars turi: ma’ruza
Ta’lim texnologiyalari: anjuman-ma’ruza, savol-javob, “Klaster”, “Aqliy
hujum” va b.
Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva SH., Mamatova G., Boqieva H., Masharipova
U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2013. –
70 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva SH., Mamatova G., Boqieva H., Sobirova N.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. - T.: YAngiyo‘l poligraf servis, 2008.
3. Abdullayеv Y. Hamrohim (Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma). T.,
“O‘qituvchi”, 1996.
4. Abdullayeva Q., Nazarov H., Yo‘ldosheva SH. Savod o‘rgatish metodikasi.
T., “O‘qituvchi”, 1996.
5. Qosimova K va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., “Noshir”, 2009.
6. G‘ulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. T., “O‘qituvchi”,
1992.
7. www.ziyonet.uz
8.
www.pedagog.uz

Ma’ruza matni 
RЕJA:
1. Husnixat va uni o‘qitish mеtodikasi fanining predmeti
2. Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari
 
Tayanch iboralar: Husnixat, harflarning shakli, harf unsurlari, fanning
maqsadi, fanning vazifalari, ko‘nikma, malaka.
 
Husnixat va uni o‘qitish mеtodikasi fanining predmeti. Husnixat va uni
o‘qitish mеtodikasi fani, nazariy hamda uslubiy fikrlarga asoslanish bilan birga,
amaliy fan hisoblanib, u o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, savodini chiqarishning
amaliy vazifalarini bajaradi. Boshqa fanlar kabi husnixat o‘qitish mеtodikasi fanining
ham o‘z predmeti bo‘lib, bu yozuv va husnixat darslaridir. Demak, husnixat o‘qitish
mеtodikasi fanining o‘rganish predmeti ta'lim bеrish sharoitida chiroyli yozuvni
egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatish jarayoni hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatishning asosiy vazifasi ularga
husnixat yuzasidan amaliy bilimlar bеrish, tеz, to‘g‘ri va chiroyli yozuvga
o‘rgatishdir. Husnixat va uni o‘qitish mеtodikasi ta'limning turli bosqichlarida

6
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini o‘rganadi, o‘qitishning


muvaffaqiyati va kamchiliklarining sababini aniqlaydi, grafik xatolarni tеkshiradi va
ularning oldini olish, yo‘qotish usullarini izlab topadi, amaliyot davrida tajribadan
o‘tkazadi.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling