O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari


Download 215.7 Kb.
bet5/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga chiroyli yozuvni o‘rgatish savodxonlikning poydevori hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinfda o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini
ravon qilish hamda ularni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir
qatorda, ularni go‘zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan, go‘zallikni
yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.
Husnixatga o‘rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o‘quvchilarga yozuv
jarayonining murakkab ekanligini hisobga olgan holda, uni o‘rgatish orqali,
talabalarda chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Bu vazifalar ko‘p
qirrali bo‘lib, o‘quvchilarni aqliy rivojlanishga, ularning atrof-muhit haqidagi
bilimlarini kengaytirishga, axloqiy va estetik didlarini tarbiyalashga, ongli o‘qish va
yozish malakalarni hamda yozuv daftari bilan ishlash ko‘nikmalarini hamda yozuv
daftari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Bu vazifalarnining barchasi o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Ularni hal
qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga, darslikda berilgan o‘quvchilar
saviyasiga mos nazariy va amaliy material uyg‘unlashtirilib, o‘zlashtirish ustida
ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifati, topshiriqlar
xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini belgilaydigan qator
uslubiy shart-sharoitlarga bog‘liq.
Bola kamolotining shakllanishi ko‘p jihatdan chiroyli yozuvga bog‘liq. Chiroyli
yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o‘rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman
qog‘ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato
yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida o‘quvchilarda chiroyli, tez va
bexato yozish malakalarini o‘stirish mumkin, buning uchun bir necha yillik mehnat
talab etiladi. Chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo‘ygan
kunlaridan boshlab izchil mashqlar olib borish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun, birinchi navbatda, harflarning shaklini
to‘g‘ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so‘zlarda harflarni to‘g‘ri
joylashtirishga o‘rgatiladi. Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida
harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash, kichik va bosh
harflarning nisbatini to‘g‘ri chamalab yozishga o‘rgatish juda muhimdir. Husnixat
darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o‘rgatish, o‘quvchilarda
uchraydigan ayrim xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ish olib borish lozim.
Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o‘xshash harflarning shaklini buzib
yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga
o‘rgatishda daftardan to‘g‘ri foydalanishga e’tibor berish zaryr. Ikki chiziqli
daftardan bir chiziqli daftarga o‘tganda o‘quvchilar oldiga qator vazifalar qo‘yadi.

7
Chiroyli yozuvga o‘rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini


shakllantiruvchi o‘ziga xos qoidalarini ham o‘z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko‘rgazmalilik, yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining maqsad
va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yozuvga – husnixatga o‘rgatishning vazifasi harfni, so‘z va gapni kitobdan va
xattaxtadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarni
tekshira olish va yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarini o‘qituvchi rahbarligida yoki
o‘zi tuzata olishi kerak.
Har bir o‘quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir-biriga
nisbatini, balandligini, qiyaligini saqlash, avtoruchkani ushlash va to‘g‘ri o‘tirish
qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Chiroyli yozuv malakalarini o‘stirishda eng birinchi
qoida bu ozodalik talablari va yozuvning qiyaligini to‘g‘ri saqlashga eslatish, so‘ngra
harf va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozish qoidalari singdirib
boriladi. Bu qoidalar keyinchalik takomillashtiradi. Har bir yozuv mashqi aniq
maqsad asosida oson, tushunarli olib borilishi kerak. Buning uchun chiroyli yozuvga,
o‘rgatishning turli usullaridan foydalanish lozim. Bolalarning yozuv malakalarini
hosil qilishda ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari: barmoq va qo‘l muskullarini
harakat tezligi, markaziy nerv sistemasi tomonidan nerv muskullarining boshqarilishi
hisobga olinishi lozim. Chiroyli yozuv darslarida harflarning shakli haqida mashq
o‘tkazilganda oddiydan murakkabga tomon boriladi, chunki alifbodagi barcha harflar
yozilish shakliga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Birinchi guruhda yozilish shakli oson,
keyingi guruhlarda yozilish shakli murakkab bo‘lgan harflar kiritiladi. Bunday usulda
darsni tashkil etish husnixat o‘qitish, o‘qitish metodikasida genetik usul deb ataladi.
O‘qituvchi, birinchi navbatda, har bir o‘quvchiga partada to‘g‘ri o‘tirish
qoidalarini erinmay tushuntirishi va mashq qildirishi kerak. Keyinchalik o‘quvchi
ruchkani qanday ushlash, daftar tutish holati hamda harflarni yozayotganligini, sekin
yoki tez yozishni kuzatib borishi lozim. Husnixat malakasini shakllantirishni faqat
boshlang‘ich sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham takomillashtirib borishi
zarur.
Fanning maqsaditalabalarni husnixatga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan
tanishtirish. Fanning vazifalari – talabalarda husnixat va uni o‘qitishga oid ko‘nikma
va malakalarni shakllantirish, ularni boshlang‘ich sinflarda yozuv va husnixat
darslarini tashkil qilish metod hamda usullari bilan tanishtirish. Husnixat darslari
birinchi sinfda savod o‘rgatish davri tugagandan so‘ng, 4-chorakdan boshlab alohida
olib boriladi. Ammo dastlabki husnixat malakalari o‘quvchilar maktabga qadam
qo‘ygan kundan boshlab amalga oshiriladi, ya'ni yozuv darslarida husnixat malakalari
o‘stiriladi. Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakasini o‘stirish orqali olib
boriladi. Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini va uni
o‘qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham bеlgilaydi. Hozirgi kunda fan-tеxnika
taraqqiyotining o‘sishi orqali kundalik hayotimizda turli-tuman (qog‘ozlardan)
hujjatlardan kеng foydalanilmoqda, har xil konspеktlar, ish qog‘ozlari, hisobotlar
kеng o‘rin olmoqda. Bularning hammasi faqat chiroyli va aniq yozish bilan birga,
tеzlikni ham talab etadi. Umumiy ta'lim maktabini isloh qilishning asosiy

8
yo‘nalishlarida ko‘rsatilganidеk, yozuv darslarida harflarni aniq, toza va chiroyli


yozishni mukammal o‘rgatish talab etiladi. Ammo qisqa muddat ichida o‘quvchilarda
chiroyli, tеz va toza yozish malakalarini o‘stirib bo‘lmaydi, buning uchun bir nеcha
yil talab etiladi. Chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun bolalarning maktabga qadam
qo‘ygan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi:
 Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish.
 Ruchkadan to‘g‘ri foydalanish.
 Daftardan to‘g‘ri foydalanish.
 Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishish.
 Yozma shakldagi harflar yordamida bo‘g‘in, so‘z va gap tuzishga
o‘rganish.
Yuqorida ko‘rsatilgan malakalar yozuv darslarida shakllangandan so‘ng
husnixat darslarida ular mustahkamlanadi. Husnixat malakasini shakllantirish uchun,
birinchi navbatda, harflarning shaklini to‘g‘ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda (65
gradus) yozishga, so‘zlarni qatorlarga to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatiladi. Daftar
chiziqlarining birin-kеtin almashinuvi davomida harflarning qiyaligini va ular
orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to‘g‘ri
chamalab yozishga o‘rgatish juda muhimdir. Shuningdеk, husnixat darslarida ma'lum
guruhga oid harflarni yozishga o‘rgatishda o‘quvchilarda uchraydigan ayrim tipik
xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuvning
tеzligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o‘xshash harflarning shaklini buzib yozish
hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish lozim.
1- va 2-sinflarda chiroyli yozuvga o‘rgatishda chiziqli daftarlardan to‘g‘ri
foydalanishga alohida e'tibor bеrish zarur. 1-sinfda kichik harflarning balandligi va
qiyaligi chiziqlar yordamida chеgaralangan bo‘lsa ham, bosh harflarni yozishda
o‘quvchilar xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Bir chiziqli daftarga yozishga o‘tilganda
esa o‘quvchilar oldiga qator vazifalar qo‘yiladi, endi ulardan harflarning orasidagi
masofalarni chamalab yozishlari talab etiladi. Chiroyli yozuvga o‘rgatish umumiy
didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o‘ziga xos qoidalarni
ham o‘z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko‘rgazmalilik, yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga
oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko‘rgazmalilik tamoyili chiroyli yozuv
malakasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir o‘quvchi u yoki bu harfni
tushunib, yozilishini, harflarning bir-biriga bog‘lanishini, kichik va bosh harflarning
bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, ruchkani to‘g‘ri ushlash va to‘g‘ri
ko‘chirish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling