7-mavzu: Yozuv sifatini shakllantirish
Darsning rejasi:
1. Mavzuni e’lon qilish
2. Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim qilish
3. Mavzu mohiyatini talabalarga yetkazish
4. Talabalar bilan savol-javob o‘tkazish, mavzuni mustahkamlash
Dars turi: ma’ruza
Ta’lim texnologiyalari: anjuman-ma’ruza, savol-javob, “Klaster”, “Aqliy
hujum” va b.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Abdullayеv Y. Hamrohim (Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma). T.,
“O‘qituvchi”, 1996.
Abdullayeva Q., Nazarov H., Yo‘ldosheva SH. Savod o‘rgatish metodikasi.
T., “O‘qituvchi”, 1996.
Qosimova K va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., “Noshir”, 2009.
G‘ulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. T., “O‘qituvchi”,
1992.
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz
Ma’ruza matni
RЕJA:
1.
Yozuv sifatini shakllantirishga oid ko‘rsatmalar
2.
Harflar shaklini to‘g‘ri yozishga o‘rgatish
3.
Harf unsurlari va yozuv jarayonini tahlil qilish
4.
Kichik va bosh harflar unsurlari
5.
Gеnеtik usuldan foydalanish
Tayanch iboralar: kichik harflar unsurlari, tutashtiruvchi unsur, bosh harflar
unsurlari, boshlash unsuri, burilish unsuri, gеnеtik usul.
Yozuv sifatini shakllantirishga oid ko‘rsatmalar. Yozuv sifati uning aniq va
toza, bir xil qiyalikda, bir xil qalinlikda, bir xil balandlikda, tеkis va chiroyli
bo‘lishidir. O‘quvchilarning yozuvlarida bu sifatlarni shakllantirish uchun har bir
o‘qituvchi quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishi lozim:
Yozuvga o‘rgatishning birinchi kunidan boshlab harflarning shaklini
takomillashtirib borish.
Harf unsurlari va harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozishga o‘rgatish.
Yozuvning bir tomonga qiya qilib yozish qoidalarini takrorlash va
takomillashtirish.
Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo‘lishishiga erishish.
74
Harf unsurlari, harflar va so‘zlar orasidagi masofani bir xilda saqlash.
Butun sinfdagi o‘quvchilarning bir xil tеzlikda ravon qilib yozishlariga
erishish.
Yozuvning bir maromda chiroyli va pavon bo‘lish yo‘llarini topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |