O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon iqtisodiyot va qurilish instituti


“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi


Download 0.83 Mb.
bet3/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1056730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moliya kurs ishi.pptx

2. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi


“Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:

    • Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fond1ga qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak?

    • Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?.

    • o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (masalan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?

    • O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi (maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nima(lar)ni maslahat berasiz?

    • Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?

Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang.
“Zamonaviy moliya” (fani)2ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi
betdagi 1.1-rasmga qarang):
Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:

  • o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;

  • biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;

  • qiziqarli va daromadli karera qilish;

  • mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;

  • dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi. Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.

Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi (savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi3. Yoki Siz bunga ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu – bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan
– aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?! Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling