Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 422 Kb.
|
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabaning guruh jurnalidagi nomeri Kurs ishi mavzusi nomer
- III. AXBOROT USLUBIY TA’MINOTINI YARATISH VA ULARNI OʻRGANISH
II. KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH
Kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muhim omili – bu talabaning oʻz qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va mas’uliyatli boʻlishi lozim. Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mavzular soni talabalar sonidan koʻp boʻlishi kerak, ularning yoʻnalishi oʻquv dasturi doirasida va talabaning qobiliyati hamda imkoniyatlari darajasida boʻlishi kerak. Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan boʻlishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Kurs ishi rahbari talabaga tanlangan mavzu boʻyicha kurs ishi topshirig’ini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan soʻng topshiriqni talabaga beradi. Kurs ishi mavzusi talabalarning guruh jurnalidagi nomeriga muvofiq tanlanadi. KURS ISHI MAVZUSI NOMERI:
Kurs ishi topshirigʻida talabaning ismi sharifi, yoʻnalishi, kursi, guruhi, fan nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, me‘yoriy hujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim. Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini oʻzgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi. III. AXBOROT USLUBIY TA’MINOTINI YARATISH VA ULARNI OʻRGANISH Talaba kurs ishi mavzusini biriktirish toʻgʻrisida ariza bergandan soʻng va kafedra uni tasdiqlagandan soʻng rahbar bilan maslahatlashib adabiyotlar toʻplashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni oʻrganish davomida koʻrsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma‘lumotlari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqalarni xam oʻrganishi lozim. Undan soʻng ularning ichidan kurs ishi mavzusiga bevosita aloqador boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki boshlangʻich tanishuv natijasida talaba kurs ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi. Adabiyotlar va internet ma‘lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi iqtisodiy qonunchilikka taalluqli boʻlgan qonun va me‘yoriy hujjatlarni oʻrganishdan boshlash maqsadga muvofiq boʻladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondoshilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy qonuniyatlarni bilish va ularni qoʻllash katta axamiyatga ega. Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qoʻllanmalarda va kurs ishi topshirig’ida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan xam foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal bajarilishiga yordam beradi. Download 422 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling