O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi


Download 0.53 Mb.
bet1/12
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1416402
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
418-guruh Shamsuddinov Sh


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTЕR
INJINIRINGI FAKULTЕTI
AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI KAFЕDRASI


KURS ISHI

«DASTURLASH TILLARI»
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Tasodifiy sonlar bilan ishlash

Talaba: Shamsuddinov Sh
Guruh: IOM-418
Ilmiy rahbar: Otaboyeva S.

Andijon 2022
Reja:

KIRISH
1.Tasodifiy sonlar generatori
2.Random funksiyasi
3.Tasodifiy sonlarni hosil qilish
4.XULOSA
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Tasodifiy sonlar generatori haqida eshitganmisiz? Eshitmagan bo’lsangiz aytaman, tasodifiy sonlar generatori dastur tomonidan biror oraliqdagi tasodifiy tanlangan (oldindan aniq bo’lmagan) sonni olish uchun ishlatiladi. Biz o’rganayotgan C# dasturlash tilida buning uchun Random sinfidan foydalaniladi.


Buning bizga nima keragi bor?
Misol uchun, siz ko’proq sonlar ustida biror amal bajaruvchi dastur yozdingiz. Dasturingiz to’g’ri ishlayotganini tekshirish uchun ishga tushirganingizda, shuncha sonni yozib chiqishingiz shart emas. Shunchaki bitta massiv olib, Random sinfidan foydalanib uni tasodifiy sonlar bilan osongina to’ldirish mumkin. Dastur har safar ishga tushirilganida har xil sonlar tanlab olinadi. Yoki ekranning turli joylarida paydo bo’luvchi shakllar koordinatasini Random orqali olib, takrorlanmas animatsiyalar hosil qilishingiz mumkin va hokazo, boshqa ko’p maqsadlarda ishlatishingiz mumkin.
Endi esa bu sinf metodlaridan qanday foydalanishni ko’rib chiqamiz.
Random sinfi System standart kutubxonasida joylashgan. Bu sinfdan foydalanish uchun avval undan obyekt olishimiz kerak :
Random rand = new Random();
So'ngra quyidagi metodlardan foydalanishimiz mumkin:
• Random.Next() metodi [0; 2 147 483 647) oraliqdan integer tipidagi tasodifiy sonni tanlab beradi.
• Random.Next(int a) – [0; a) oraliqdagi tasodifiy butun sonni olish uchun ishlatiladi.
• Random.Next(int a,int b) – [a;b) oraliqdagi tasodifiy butun sonni olib beradi. Int tipida qiymat qaytaradi.
• Random.NextBytes(byte [] b) – byte tipidagi b massivni tasodifiy sonlar bilan to’ldirib beradi.
• Random.NextDouble() – [0;1) oraliqdagi tasodifiy haqiqiy sonni tanlab olish uchun ishlatiladi.
Metodlarni kodda quyidagicha ishlatish mumkin:
using System;
class dotnetuz
{
public static void Main()
{
Random tasodifiy = new Random();
Console.WriteLine("Integer tipidagi 5 ta tasodifiy sonlar:");
for (int i = 0; i < 5; i++)
{
Console.Write(tasodifiy.Next() + " ");
}
Console.WriteLine();
Console.WriteLine();
Console.WriteLine("0 va 40 orasidagi 7 ta tasodifiy sonlar:");
for (int i = 0; i < 7; i++)
{
Console.Write(tasodifiy.Next(41) + " ");
}
Console.WriteLine();
Console.WriteLine();
Console.WriteLine("40 va 90 orasidagi 8 ta tasodifiy sonlar:");
for (int i = 0; i < 8; i++)
{
Console.Write(tasodifiy.Next(40, 91) + " ");
}
Console.WriteLine();
Console.WriteLine();
byte[] massiv = new byte[10];
tasodifiy.NextBytes(massiv);
Console.WriteLine("byte tipidagi 10 ta tasodifiy sonlar:");
foreach (byte item in massiv)
{
Console.Write(item + " ");
}
Console.WriteLine();
Console.WriteLine();
Console.WriteLine("0 va 1 orasidagi 5 ta tasodifiy haqiqiy sonlar:");
for (int i = 0; i < 5; i++)
{
Console.Write(tasodifiy.NextDouble() + " ");
}
Console.WriteLine();
Console.WriteLine();
Console.WriteLine("0 va 15 orasidagi 5 ta tasodifiy haqiqiy sonni olish ham mumkin:");
for (int i = 0; i < 5; i++)
{
Console.Write(tasodifiy.NextDouble() * 15 + " ");
}
Console.ReadKey();
}
}
Output:
Integer tipidagi 5 ta tasodifiy sonlar:
19935471 1272063124 1570733439 1326559547 24648986
0 va 40 orasidagi 7 ta tasodifiy sonlar:
25 23 17 6 34 28 25
40 va 90 orasidagi 8 ta tasodifiy sonlar:
66 41 43 61 89 86 83 82
byte tipidagi 10 ta tasodifiy sonlar:
255 115 183 165 216 28 140 222 198 193
0 va 1 orasidagi 5 ta tasodifiy haqiqiy sonlar:
0,151187449764082 0,112327319622192 0,3266392398284 0,509324506628013 0,437839470541961
0 va 15 orasidagi 5 ta tasodifiy haqiqiy sonni olish ham mumkin:
5,39333248994934 2,85994078398679 9,05856904995561 6,59124690647761 11,7725050923287
Dastur kodini ishlatib ko’rganingizda sizdagi natija yuqoridagidan farq qilishi tabiiy, dasturni qayta-qayta ishlatganingizda har safar avvalgisidan farqli natijalar olasiz. Bu konstruktorning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Mavzuyimiz hali tugamadi, chunki Random sinfining yana bitta konstruktori bor. Sinfdan quyidagicha obyekt olishimiz ham mumkin:
Random rand = new Random(int n);
Xo’sh, bu konstruktorni avvalgisidan qanday farqi bor?
Agar ikkinchi konstruktor orqali obyekt olgan bo’lsangiz, chegaralar va n ning bir xil qiymatlarida olinadigan natijalar ham aynan bir xil bo’ladi. Dasturni har safar qayta ishga tushirilganda bir xil ketma-ketlik hosil bo’ladi. Konstruktordagi n ning qiymati yoki chegaralar o’zgartirilsagina natija o’zgaradi. Masalan, quyidagi kodni o’z kompilyatoringizda ishlatib ko’ring:
using System;
class Test
{
public static void Main()
{
Random tasodifiy = new Random(2);
byte[] massiv = new byte[10];
tasodifiy.NextBytes(massiv);
foreach (byte item in massiv)
{
Console.Write(item + " ");
}
Console.ReadKey();
}
}
Menda natija quyidagicha bo’ldi:
113 147 198 149 36 185 227 111 124 56
Shubhasiz, sizda ham shunday natija hosil bo’ladi va dasturni qayta-qayta ishlatsangiz ham natija o’zgarmaydi. Bu holat Random sinfining barcha metodlarida kuzatiladi. Konstruktorda kiritilgan n soni ketma-ketlikning boshlang’ich nuqtasi bo’lib, uning turli qiymatlarida ketma-ketlik turlicha bo’ladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ikkinchi konstruktordan foydalanganingizda Tasodiflar tasodifan bo’lmaydi).

Tasodifiy sonlar generatori

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling