Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 252.74 Kb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil
X (t) - bir yilda ishlab chiqarilgan milliy daromad;
Y (t) - noishlab chiqarish sohasidagi asosiy fondlarning o‘sishiga ketgan xarajatlar hamda qo‘shiladigan milliy daromadning iste’mol qilinadigan qismi; J (t) - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘sishiga kapital qo‘yilmalar; S (t) - sof ishlab chiqarishga kapital qo‘yilmalar normasi (hissasi). Bunday iqtisodiy mazmunga binoan quyidagi ifodani yozish mumkin:
Hulosa Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning asosiy turlarini, shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda inflatsiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborot ob’ektlari hisoblanadi. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi. Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi: ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining miqdoriy tomonlarini o‘rganish; biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv baholash; iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini miqdoriy baholash; xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash; ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish; milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash; ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish. Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari – nomoliyaviy, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi. 1993 yilgi MHTni yangilash jarayoni rasman 2009 yilning mart oyida nihoyasiga yetdi, o‘shanda yangilangan versiya BMT Statistika qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi. Unga «2008 yilgi milliy hisoblar tizimi» nomini berish tavsiya etilgan. Agar ijtimoiy tizim insonning ma’naviy ehtiyojini qondirishga, millat sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan bo‘lsa, iqtisodiy tizim - hayotiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan insonlarning moddiy ehtiyojlariniqondirishga qaratilgan. Shuning uchun iqtisodiy tizim oldida quyidagi fundamental masalalar turadi: jamiyatning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun qancha tovar ishlab chiqarish va pullik xizmatlar ko‘rsatish kerak ? eng yuqori samaradorlikka erishish uchun bu tovarlar va xizmatlarni qaysi resurslardan va qanday texnologiyada ishlab chiqarish kerak? ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar kim uchun mo‘ljallangan? Download 252.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling