Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Makroiqtisodiy tahlilda ekonometrik modellardan foydalanish
Download 252.74 Kb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil
3. Makroiqtisodiy tahlilda ekonometrik modellardan foydalanish.
Ekonometrika iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo‘llash asosida shakllangan fandir. Iqtisodiyotning talablariga mos ravishda matematik usullar rivojlangan bo‘lsa, matematika kirib borgan soha o‘z masala va muammolariga aniq va to‘g‘ri javob olgan hamda rivojlangan. Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi: ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining miqdoriy tomonlarini o‘rganish; biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv baholash; iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini miqdoriy baholash; xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash; ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish; milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash; ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish. Iqtisodiy jarayonlarini o‘rganish alohida xo‘jalik elementlari, faktlar, hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo‘jalik jarayonini, xo‘jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida ifodalaydi. Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi: tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelning bir qismi bo‘lib qoladi; tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin: Y = f (OPF, PPP) = f(L) OPF = f (KK). Bu erda Y - asosiy ko‘rsatkich, RRR - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital qo‘yilmalar. v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanish borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanish borligini ham tahlil qilish mumkin. Masalan, bir jarayonni tahlil etish va uning asosiy ko‘rsatkichlarini prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma’lumotlar asosida, ya’ni yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish xaqi fondi (ZAR), kapital qo‘yilmalar (KV), har yili ishga kiritiladigan asosiy fondlar (OWF) kabi ko‘rsatgichlarni tenglamalar tizimi orqali
YUqorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog‘lanib, ketma-ket hisoblanadi, ya’ni (7) tenglama echilib, uning natijalari omil sifatida (6) tenglamada kapital quyilmalarni hisoblash uchun ishlatiladi. O‘z vaqtida (6) tenglamaning natijalari (5) tenglamani yechish uchun ishlatiladi. Mezon: haqiqiy miqdorlarning tekislangan miqdorlardan farqining kvadratlari yig‘indisi eng kam bo‘lishi zarur.
Misol: chizikli funksiya bo‘yicha tekislanganda
Download 252.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling