O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi Oltinko‘l tuman 1 – son kasb-hunar maktabi


Download 147.82 Kb.
bet3/3
Sana26.11.2020
Hajmi147.82 Kb.
#153482
1   2   3
Bog'liq
To'plam matematika fanidan


Ilova №5

Aqliy hujum

To’plam nima? Qachon to’plam hosil bo’ladi?



Aqliy hujum qoidasi:

Hech qanday birga baholash va tanqidga yo’l qo’yilmaydi!

Berilayotgan g’oyalar, hayoliy va juda zo’r bo’lsa ham ularni baholashga shoshilma, hamma narsaga ruxsat etiladi.

Tanqid qilma, barcha aytilgan g’oyalar qimmati.

Gapirayotganni bo’lma! Tanbeh berishga shoshilma!



Ilova № 6


Yangi mavzuning slaydli taqdimoti 1-slayd

To’plam tushunchasi matematikaning boshlang’ich (ta’riflanmaydigan) tushunchalaridan biridir. U chekli yoki cheksiz ko’p obyektlar (narsalar buyumlar, shaxslar va h.k)ni birgalikda bir butun deb qarash natijasida vujudga keladi.

To’plamni tashkil etgan obyektlar uning elementlari deyiladi.

Masalan: Studentlar to’plami, sonlar to’plami, geometrik figuralar to’plami;



Yangi mavzuning slaydli taqdimoti 2-slayd

To’plamlarni yozish va belgilash uchun lotin alifbosining bosh harflari yoki qavslar ichiga olingan belgili yozuv ishlatiladi. To’plam elementi odatda lotin alifbosining kichik harflari bilan belgilanadi:

A={a;b;c;}; B={1,2,3,4,5,}; Bunda A to’plam a,b,c elementlardan va B to’plam 1,2,3,4,5 elementlardan tashkil topganligini bildiradi.

x element X to’plamga tegishli ekanligi xX ko’rinishda, tegishli emasligi esa xX ko’rinishda belgilanadi.



Masalan: barcha natural sonlar to’plami N va 4, 5, ,  sonlar uchun 4N, 5N, N, N munosabat o’rinli.

To’plam o’z elementlarining to’liq ro’yxatini ko’rsatish yoki shu to’plamga tegishli bo’lgan elementlargina qanoatlantiradigan shartlar sistemasini berish bilan to’liq aniqlanishi mumkin.To’plamga tegishli bo’lgan elementlargina qanoatlantiradigan shartlar sistemasi shu to’plamning xarakteristik xossasi deb ataladi. Barcha x elementlari biror b xossaga ega bo’lgan to’plam X={x/ b(x)} kabi yoziladi.



Masalan: ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning ildizlari to’plamini X={x/ ax2+bx+c=0} ko’rinishda yozish mumkin.

Demak, to’plamlar ikki usulda beriladi.



  1. To’plam barcha elementlari bilan

  2. To’plam xossalari bilan

Masalan:

  1. 5 dan kichik natural sonlar to’plami: {1,2,3,4}

  2. 3 ga karrali 18 dan kichik natural sonlar to’plami: {3;6;9;12;15}={n/3n};

  3. Juft sonlar to’plami: {n /2n};

  4. Toq sonlar to’plami: {n / 2n+1}

Birorta ham elementga ega bo’lmaydigan to’plam bo’sh to’plam deyiladi.Bo’sh to’plam belgi bilan belgilanadi.



Yangi mavzuning slaydli taqdimoti 3-slayd

Ta’rif: A to’plamni tashkil etuvchi elementlar soni chekli bo’lsa, to’plam cheklito’plam deyiladi.

Masalan: Guruhdagi o’quvchilar soni, sinfdagi ruchkalar soni, x2+2x-6=0 tenglama yechimlari.

Ta’rif: A to’plamni tashkil etuvchi elementlar soni cheksiz bo’lsa, to’plam cheksiz to’plam deyiladi

Masalan: Yulduzlar to’plami, molekulalar to’plami, natural sonlar to’plami, haqiqiy sonlar to’plami, juft sonlar to’plami.

Ta’rif: Ayni bir xil elementlardan tuzilgan to’plamlar teng to’plamlar deyiladi.Masalan: X={x/ xN, x3} va Y={x/ (x-1)(x-2)(x-3)=0} to’plamlarning har biri faqat 1,2,3 sonlaridan tuzilgan. Shuning uchun bu to’plamlar teng: X=Y

Agar A to’plamning har bir elementi B to’plamning ham elementi bo’lsa, u holda A to’plam B to’plamning qism-to’plami deyiladi.AB yoziladi.Bunda A hisoblanadi.Bu qism to’plamlar xosmas qism-to’plamlar deyiladi.A to’plamning qolgan barcha qism-to’plamlari xos qism to’plamlar deyiladi.



Masalan: N ZQIR

N-natural sonlar to’plami, Z-butun sonlar to’plami, Q-ratsional sonlar to’plami, R-haqiqiy sonlar to’plami, C-kompleks sonlar to’plami.

A=B bo’lsa,AB, BA va aksincha, BA, AB bo’lsa, A=B bo’lishini tushinish qiyin emas.




Ilova№7


Mustaqil ishlash uchun misolar

  1. 5 dan kichik natural sonlar to’plamini tuzing.

  2. 3 ga karrali 18 dan kichik natural sonlar to’plamini tuzing.

  3. .Juft sonlar to’plamini tuzing

  4. Toq sonlar to’plamini tuzing.

  5. 10-sinf darslik 1-10 misollar.




Ilova№ 8


Nazorat uchun savollar.

  1. To’plam nima?

  2. To’plamlar qanday belgilanadi?

  3. To’plam elementlari qanday harflarda beriladi?

4. Bo’sh to’plam va qism to’plamga ta’rif bering.

5. Xos va xosmas to’plamlar qanday to’plamlar?




Ilova№9


Dars mashg‘uloti bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa

(Ha, yo‘q texnikasi).

  1. To’plam ta’riflanadigan tushunchami?

  2. To’plam amallari ,matematika fanidagi turt amal bilan birxilmi?

  3. matematik usullardan bilogiyada foydalaniladimi?

  4. Matematika amaliyotda davlatni boshqarishda yordam beradimi?




Ilova№10


Uyga vazifa

  1. A={1,2,3,5,7}, B={1,2,6,7,8} A,B TOPLAMLAR ustida amallar bajaring.

  2. Toplamlarga doir masalalar tuzing.

  3. 10-sinf darsligi. 11-15 misollar.




Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi

2-Mavzu: …………………………………………………..

ZBEKISTON RESPUBLIKASI



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Andijon viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi

Oltinko‘l tuman 1 – son kasb-hunar maktabi

Matematika fanidan

MAVZULAR TO’PLAMI

Kafedra nomi ______________________________________________

O’qituvchi

2020-yil


MAVZULAR TO‘PLAMI

mavzular to‘plamining titul varag‘i;

-mundarija;

-kirish (fanning maqsadi va vazifalari yoritiladi);

-mavzu nomi;

-mavzu rejasi;

-mavzu bayoni (nazariy dars uchun matn yoziladi, amaliy mashg‘ulot uchun qisqacha axborot materiallari, zarur jihozlar va yo‘riqnomali texnologik xarita);

-har bir mavzu yuzasidan test, savollar,topshiriqlar va boshqalar;



-foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari.
Download 147.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling