O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar. a) malabalarning bo‘lajak o‘qituvchilarga xos kasbiy sifatlarini egallashi; b) matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni, zamonaviy ta’lim texnologiyalarni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining amaliy faoliyati bilan bog‘lash va mustahkamlash. v) matematika o‘qitishda amaliy faoliyat bilan bevosita aloqa bog‘lash, o‘qituvchi kasbiga muhabbat va hurmatni, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish. g) matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish metodikalarini egallash. 59 d) pedagogik amaliyot davrida maktabdagi ta’lim-tarbiya axvoli, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari bilan tanishish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida sinf o‘qituvchilarga yordam berishi; e) o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish, ularning yosh xususiyatlarini o‘rganish; j) pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy, tadqiqiy yondashuvlarni ishlab chiqish, o‘zining va boshhalarning faoliyati natijalarini tahlil qilish, mavjud bilimlarni boyitib borish zaruriyatini shakllantirish. z) Matematika darslarini metodik tahlilini amalga oshirish shartlarini o‘rganishda fan mazmuniga bog‘liq integratsiyalashgan ta’limni o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini hisobga olishi. Pedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikki bosqichda o‘tkazilishi kerak. Birinchi bosqichda. O‘qituvchi amalda o‘zi tuzgan rejani bajara olgan olmaganligiga baho beradi. Buning uchun u dars maqsadini shakllantiradi va shu maqsadga erishi uchun (qullanilgan pedagogik texnologiya va AKTni, interfaol metodlarni)amalga oshirgan faoliyatidagi mantqni asoslaydi, rejalashtirilgan harakatlar mantig‘ini aniq o‘tkazilgan dars mantig‘i bilan solishtiradi. Buning uchun quyidagi masalalarga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir: -darsdagi qaysi lahza o‘qituvchi uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi; - u darsni rejalashtirganda nimani hisobga olmagan; -o‘quvchilarni qaysi savollariga javob bera olmadi; -rejalashtirilgan xarakatlardan voz kechishga to‘g‘ri keldimi va nima uchun; -o‘zining nutqidagi xatolarni kamchiliklarni noto‘g‘ri shakllantirilgan savollarni sezdimi; -o‘qituvchi darsda qo‘yilgan maqsadga erishdi deb hisoblaydimi, bunday reyting bahoning mezoni nima bo‘lib hisoblanadi (o‘quvchilarning faol ishlashi, ularning darsga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishi va boshhalar) Ikkinchi bosqichda. Bu masalar xamkasabalar tomonidan muhokama (metodistlar, talabalar, o‘qituvchilar..) qilinadi. Bu muhokamaning rejasini quiydagicha tasavvur qilish mumkin: 1.Dars mantig‘i uning maqsadiga mos keladimi (bu masalani muxokama qilishda nafaqat o‘tkazilgan dars, balki uning rejasi asosida yotgan mantiqqa hamt to‘xtalib o‘tish kerak). 2. O‘qituvchi darsda qanday ta’lim vazifalaridan (mashq, qisman ishlanish, ijodiy) foydalandiq Ulardan qaysilari ijobiy baxolanishi mumkinq Negaq 3. O‘qituvchi tanlagan pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar ta’lim vazifalari va dars maqsadiga mos keladimi? 4. O‘qituvchi tavsiya qilgan to‘shiriqlar qanday vazifalarni bajardi (ta’limiy, tarbiyaviy, rivrojlantiruvchi)q Qaysilari ijobiy baholanishi mumkin. 5.O‘qituvchi matematik terminologiyadan to‘g‘ri foydalandimi, o‘quvchilarga savol va to‘shiriqlar tavsiya qildimiq 6.O‘qituvchi foydalangan qaysi metodik usullar ijobiy baxolanishi mumkinq Alohida to‘shiriqlar bajarishda, yangi mvazuni o‘rganishda, mustahkamlashda, tekshirishdaq 7.O‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda o‘qiuvchi qo‘llagan qaysi shakllar (yakka, yal’i va guruh) ijobiy baholanishi mumkinq 8.O‘qituvchi o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnata oldimi, ularning harakatlarini muvaffaqiyatli to‘g‘irlay oldimi, shu nuqtai nazardan dasning qaysi momentlari ijobiy baholanishi mumkinq Pedagogik amaliot davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, fan mazmunini tahlil qilish, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish mavjud shar-sharoitlarga qarab belgilanadi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling