Tushuntirish tipi. O‘quvchi, avvalo, materialni tushunsin, keyin yodlab olsin. O‘quv
jarayonining takomillashgan bu tipi bilimlarni egallashda dogmatizmning yo‘qotilishiga
sababchi bo‘ldi. O‘tgan asrning 30-50-yillarida bizning maktablarga o‘quv jarayoni
tushuntiruvchi o‘qitish tipi mustahkam kirib bordi. Lekin bu tipning ham o‘ziga xos
kamchiliklari bor edi. Hozirgi sharoitda har bir odamning mehnati ijodiy xarakter kasb etib
borayotgani sababli o‘qitishning tushuntiruvchi tipida egallangan bilimlar kamlik qilar edi.
Shuning uchun ham keyinchalik umumta’lim maktablarida o‘qitishning tadqiqot-muammoli tipi
keng joriy etib borilmoqda.
Muammoli o‘qitish o‘quvchilarda bilish jarayonini mustaqil va ijodiy, izlanadigan tarzda
yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.
Umuman olib qaralganda, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi yosh avlodni ilmiy bilimlar,
hayotiy zarur ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish ekan, avvalo, biz ana shu
tushunchalarning o‘zini anglab yetishimiz zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |