O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
tarbiya qilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘qishga
javobgarlikni, intizomni, saranjomlik va sarishtalikni, axloqiy his- 275 tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ularda mehnatga layoqatlilikni, g‘urur va iro- dani hamda mehnatga nisbatan muntazam ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bunday jihat haqqoniy bo‘lishi uchun internetning ta’lim resurslari talabgorlarning so‘rovlari va talablariga to‘la javob bera oladigan dara- jada bo‘lishi shart. Shuning uchun ham ekspertlar tomonidan ta’lim veb – saytlarining sifatlarini baholash kompyuter tashxisining haqqoniyligida muhim o‘rin tutadi. Ta’limda veb-saytlarning sifati ta’lim jarayonining axborot fazosi- ning rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim jihatlardan sanaladi. U maz- kur fazoda ta’lim olishning sifatiga va mazkur tizimning madaniyatli tashkil etilganligi darajasiga bevosita ta’sir etadi. Tashxis va monitoringni ta’limda joriy etishda mavjud metodolo- giyani qo‘llash orqali axborotli o‘qitish muhitining tashxisiy vazifasini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Ayni paytda, o‘quvchilar erishgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilishning keng tarqalgan yo‘li – testlar yordamida tekshirish bo‘lib, u kompyuterning undan foydalanuvchi bilan o‘tkazadigan mulo- qotiga asoslangan. Mazkur tizim “o‘qituvchining texnik qayta qurol- lanishi, uning mexanizatsiyalashtirilgan mehnati” yoki “o‘qituvchi mashi- na” degan shiorlar ostida o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlash jarayonini mujassamlashtiruvchi sifatida dunyoga kelgan. Ba’zan, o‘quv jarayonida sun’iy intellekt tizimining qo‘llanilishi baholash jarayonining murakkabligi, xususan o‘quvchini baholash uchun o‘quvchiga katta miq- dordagi axborotni qayta ishlashi, baholovchi va baholanuvchi orasidagi o‘zaro ta’sir jarayonining murakkabligi bu masalani oson hal qilish imkoniyatini bermaydi. Xususan, o‘quvchi bilim va malakasini kompyu- terlashtirilgan holda nazorat qilish, talab qilinadigan bilimlar majmuasi- ning sifatini aniqlash muammosini hal qilish lozimligini, busiz erishilgan bilimlarni baholash mezonlarini va ularning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash qobiliyatlarini belgilash mumkin emasligi oydin bo‘ldi. O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar bilimi, malaka va ko‘nikmala- rini nazorat qilishning asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaf- faqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish va shu asosda o‘quvchilarning faol ijodiy faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifati bilan, ya’ni o‘quv dasturida belgi- langan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog‘liq. Ikkinchi tomondan, nazoratning asosiy maqsadini aniqlashtirish, o‘zaro 276 va o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha yondashuvlarni o‘rganish hamda o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu maqsad o‘quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon bo‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimlarini intellektual nazorat qilish o‘qituvchidan ziyraklikni, adolat bilan faoliyat yuritishni talab qiladi. Bilimlarni intellektual baholashning turli metodlari mavjud bo‘lib, ular ichida keng tarqalgan metodlar quyidagilar: og‘zaki yo‘l bilan tekshirish; yozma-grafik usulda tekshirish; amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali tekshirish. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling