O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

ISBN 978-9943-13-318-1 © «IQTISOD-MOLIYA», 2011 



 
 
MUNDARIJA 
 
KIRISH ........................................................................................................ 7 
1- BOB. PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUShUNCHA, UNING 
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI ................................. 11 
1.1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati .................... 11 
1.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari... 18 
1.3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari ............................................ 22 
1.4. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan 
o‘rni ............................................................................................................ 24 
2 - BOB. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA 
O‘QITUVCHI MAHORATI MASALALARI ......................................... 32 
2.1. Eng qadimgi davrlardan eramizning XII asrlarigacha o‘qituvchilik 
faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy qarashlar. ..................................................... 32 
2.2. Yunon faylasuflari asarlarida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati 
haqidagi g‘oyalar ....................................................................................... 41 
2.3. Evropa olimlari o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish 
to‘g‘risida ................................................................................................... 43 
2.4. Hozirgi davrda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish
 ................................................................................................................... 47 
3 – BOB. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT 54 
3.1. Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi .................................... 54 
3.2. O‘qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari ......... 585 
3.3. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari ................ 627 
4 – BOB. O‘QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI ..... 660 
4.1. O‘qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog‘liq xususiyatlari .... 660 
4.2. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish – kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli 
sifatida........................................................................................................ 69 
4.3. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatida so‘z bilan og‘zaki ta’sir 
o‘tkazish ..................................................................................................... 73 
5 – BOB. PEDAGOGIK MULOQOT – O‘QITUVCHINING IJODIY 
FAOLIYATI SIFATIDA .......................................................................... 59 
5.1. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi ............................. 59 
5.2. O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi .......................... 83 
5.3. Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari ................................ 88 



6 – BOB. O‘QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA MULOQOT 
MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI................................................... 73 
6.1. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi 73 
6.2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati .................................... 104 
6.3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri .......... 108 
6.4. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va 
omillari ..................................................................................................... 112 
7 – BOB. O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI MULOQOT
 ................................................................................................................. ..89 
7.1. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari ..... 89 
7.2. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish. ......... 124 
7.3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish 
usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari ............................. 129 
7.4. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari133 
7.5. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari
 ................................................................................................................. 137 
8 – BOB. PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AXLOQ .................. 143 
8.1. Pedagogik nazokat haqida tushuncha............................................... 143 
8.2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari ........................... 146 
8.3. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt ........................ 148 
Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish dasturi
 ................................................................................................................. 153 
9 – BOB. PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. 
PEDAGOGIK TEXNIKANI ShAKLLANTIRISh USLUBLARI ......... 160 
9.1. Pedagogik texnika haqida ma’lumot ................................................ 160 
9.2. Pedagogik texnika xususiyatlari ....................................................... 162 
9.3. Pedagogik texnikani namoyon etishda o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi
 ................................................................................................................. 166 
9.4. Pedagogik texnikani egallash mahorati ............................................ 170 
10 - BOB. NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATI ....... 178 
10.1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lish tarixi ....................................... 178 
10.2. Sharq mutafakkirlari notiqlik san’ati haqida .................................. 181 
10.3. Nutqning asosiy xususiyatlari. Til va nutq .................................... 185 
10. 4. O‘qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati ..................... 189 
10.5. Nutq texnikasini egallash ............................................................... 194 
11 – BOB. O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI 
MAHORATI… ........................................................................................ 204 
11.1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik faoliyati………........204 



11.2. Dars – ta’lim jarayonining asosiy shakli ........................................ 207 
11.3. Ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va ijodiy 
kayfiyatni boshqarish .............................................................................. 211 
11.4. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi .................... 213 
11.5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi
 ................................................................................................................. 218 
12 – BOB. O‘QITUVCHINING TARBIYACHI SIFATIDAGI 
MAHORATI.. .......................................................................................... 222 
12.1. Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni. ........................ 222 
12.2. Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari ................................ 226 
13 – BOB. O‘QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI 
ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI ............................................... 234 
13.1. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari ........... 234 
13.2. Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish ..................................... 238 
13.3. Tarbiyaviy jarayon va tarbiya mazmunini modellashtirish ........... 241 
13.4. Tarbiya qonuniyatlari va tarbiya mazmuni tamoyillarini 
modellashtirish ........................................................................................ 246 
13.5. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik vositalardan 
foydalanish ............................................................................................... 251 
13.6. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika) .................................. 255 
14-BOB. O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KOMPYUTER 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH………………………261 
14.1. Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot 
texnologiyalarining ahamiyati………………………………………..261 
14.2. Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan 
foydalanish……………………………………………………………266 
14.3. O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar 
bilimini nazorat qilishi………………………………………………..271 
14.4. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish……………277
 
14.5. O‘qituvchining "axborot madaniyati" tushunchasini 
o‘zlashtirishi…………………………………………………………...215
15 - BOB. O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA KASBIY 
REFLEKSIYANING O‘RNI………………………………………….292 
15.1. Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat………………………..292 
15.2. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogik 
refleksiyaning ahamiyati………………………………………

……298 



15.3. Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini 
ta’minlash usullari…….……………………………………………….303
 
15.4. O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash..............................256 
16- BOB. O‘QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL 
ETISH
…………………………………………………………………
257 
16.1. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik 
mahoratning roli....................................................................................257 
16.2. Obyektiv shaxsiy xususiyatlarning o‘qituvchi mehnatiga
 ta’siri……………….……………………………………………....262 
16.3. O‘qituvchi mehnati asosida ma’naviy dunyosini va umuminsoniy 
qadriyatlarga nisbatan munosabatini takomillashtirish……..................271 
“Pedagogik mahorat” fanidan o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash 
uchun test savollari............................................................................... 238 
O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va kamchiliklarini bartaraf etishi uchun 
psixologik testlar.................................................................................. 293 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati...................................................... 299 



KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyo-
fasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida 
mas’uliyat yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi 
avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni 
ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz 
va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyo-
sini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga 
yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisiga 
nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi.
Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Mustaqillikdan keyin 
ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalar-
ning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. O‘qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi 
kun talablariga javob bera oladigan metodik va o‘quv qo‘llanmalari, 
darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo‘yicha izlanishlar, 
ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi 
global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologi-
yalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan peda-
gogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o‘z 
fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikr-
lash doirasi keng va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish 
shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakl-
lantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi 
lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga 
tatbiq etish mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar 
muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib bora-
yotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy 
mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash niho-
yatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu 
faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh 
avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, 
balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega 



ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllarida foydalanila-
digan o‘qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilish-
ga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani 
bo‘lib kelgan O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o‘zgacha 
ma’no kasb etishi muqarrar. O‘qituvchi – O‘zbekistonning porloq kelaja-
gini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davom-
chisi bo‘lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. 
Shunday ekan, o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyo-
fasi, uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro‘-
e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo‘lishi shart. 
O‘qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs 
bo‘lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak 
bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, 
yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining 
munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, o‘qituvchi uchun ta’lim-tarbiya 
samaradorligini ta’minlovchi zamin bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda, 
uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, o‘quvchilarga nisbatan 
hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish 
pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi 
bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda 
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. 
O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Shero-
ziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husayn 
voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘qituvchilik kasbi, uning 
mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan 
sifatlar xususida qimmatli ma’lumotlarni o‘z asarlarida qizg‘in bayon 
qilishgan. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, 
bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim-tarbiya 
samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ham ega bo‘lol-
maydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi bolani tu-
shuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishi, har 
qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimoli 
bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda 
hamisha ilg‘orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda 
o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g‘oyalarni hayot bilan bog‘lay 
olishi lozim.. 



Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohotlar mazmunini o‘zida aks ettirgan muhim yuridik hujjat bo‘lib, 
istiqbol uchun yo‘llanmadir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oya-
larini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik mahorati 
muhim rol o‘ynaydi. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus 
tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida shakllanar ekan, ushbu 
jarayonda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir.
“Pedagogik mahorat” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi-
larda kasbiy mahorat, ijodkorlik ko‘nikmalarini hosil qilish, muomala 
madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirish, o‘qituvchilik, 
tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan 
iboratdir. “Pedagogik mahorat” fani kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg‘or 
pedagogik tajribalarni mustaqil o‘zlashtirish sirlarini o‘rgatadi. Talabalar 
o‘qish va o‘qitish jarayonida diqqatni taqsimlash, bilim, ko‘nikma va 
malakalar, psixik holatlarini boshqara olish va pedagogik texnika mada-
niyatini mustaqil o‘zlashtirish malakalarini shakllantirishga e’tibor qara-
tadilar. 
Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari 
qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim - tarbiya 
ishlarining muvaffaqiyati oxir oqibatda o‘qituvchining bilimiga, uning 
kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu nuqtai – nazardan respublikamiz 
Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling