O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “bank hisobi va audit” kafedrasi “pul va banklar” fani toshkent moliya instituti
Download 116.82 Kb.
|
PUL nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2023
- Naqd pulda tolashning afzalliklari
- Bank kartasi orqali tolovlarni amalga oshirish afzalliklari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI “PUL VA BANKLAR” FANI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Naqdsiz pul aylanmasi: mazmuni va tashkil qilish prinsiplari. JORIY NAZORAT ISHI Qabul qildi: Ernazarov.N Bajardi: Jovliyev Izzatjon Guruh: BHA-97-2 Toshkent – 2023 Мавзу: Накдсиз пул айланмаси: мазмуни ва ташкил килиш принциплари. РЕЖА:
Naqd pul shaklidagi to'lovlarni amalga oshirish juda oson – cho'ntagingizda yetarli mablag'lar hamda kerakli valyuta bo'lsa bas. Uning eng katta afzalligi – xoxlagan joyingizda to'lovni komission to'lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati. Uning salbiy tarafi shundan iboratki, naqd pulingiz o'g'irlanishi yoki yo'qolishi ehtimoli kattadir, bu bilan Siz hamyonizdagi barcha pulingizdan ajralib qolishingiz mumkin. Undan tashqari, naqd pul gigiyena talablariga ham javob bermaydi. Naqd pulda to'lashning afzalliklari: naqd pul hech qanday texnik qurilmalar, mobil yoki internet aloqasini talab qilmaydi; naqd pul umumiy qabul qilingan to'lov vositasi; naqd pullar karta va pul o'tkazmalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha komission xarajatlarini talab qilmaydi. Bank kartasi orqali to'lovlarni amalga oshirish afzalliklari: pul va qaytimlarni hisob kitob qilishga hojat yo'q; agar bank kartasi yo'qolsa, pul hisobvaraqda qoladi. Agar darhol kartani blokirovka qilsangiz, keyin uni qayta tiklab, mablag'laringizni ishlatishni davom ettirishingiz mumkin; barcha amaliyotlaringizni nazorat qilishingiz mumkin; kommunal to'lovlarni masofaviy shaklda to'lashingiz mumkin (mobil ilovalar yordamida); onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin; mablag'larni kartadan kartaga o'tkazishingiz mumkin; kreditlarni mobil ilova orqali masofadan so'ndirish; cash back (xarid uchun pulning bir qismini bonus sifatida qaytarilishi) olish; valyutani joyida konvertatsiya qilish imkoniyati; mobil ilova orqali kontaktsiz to'lovlar. Bank kartasi orqali to'lashning kamchiligi - qo'shimcha xarajatlarning mavjudligidir. M asalan, pul mablag'laringizni naqdlashtirish yoki bir kartadan boshqa kartaga mablag'larni o'tkazish uchun vositachilik haqi undirilishi mumkin. Shuningdek, karta yo'qolgan bo'lsa, uni qayta tiklash uchun haq to'laysiz. Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi: Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. - O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni. - O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni. 2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi. Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud: Vertikal vakillik hisob raqami Gorizontal vakillik hisob raqami Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi. Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi. Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasidaochilgan. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan: Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk) JA - joriy aktivlar JP - joriy passivlar Jlk = JA / JP Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan. Download 116.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling