Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
masofa-vektor algoritmi (Distance Vector Algorithms, DVA).
aloqa holati algoritmi (Link State Algorithms, LSA). Masofa-vektor turidagi algoritmlarda marshrutizator vaqti-vaqti bilan va keng ogox qilingan holda tarmoq boʻyicha oʻzidan to unga maʻlum boʻlgan tarmoqlarga masofa vektorini yuboradi. Masofa deganda odatda paket muvofiq tarmoqqa tushishdan oldin nechta oraliq marshrutizatorlar orqali oʻtishi tushiniladi. Nafaqat paket oʻtgan oraliq nuqtalar, u qoʻshni marshrutizatorlar orasida aloqa boʻyicha oʻtgan vaqtini xam xisobga oluvchi boshqa metrika xam ishlatiladi. Qoʻshni marshrutizatordan vektorni qabul qilib har bir marshrutizator oʻzi bevosita (agar tarmoqlar uning portiga ulangan boʻlsa) yoki qoʻshni marshrutizatorlarning oʻxshash elementlaridan bilib olgan unga maʻlum boshqa tarmoqlar toʻgʻrisida axborotni vektorga qoʻshadi va tarmoq boʻyicha vektorning yangi mazmunini joʻnatadi, oxir oqibat har bir marshrutizator inter tarmoqdagi tarmoqlar va qoʻshni marshrutizatorlar orqali ularga boʻlgan masofa toʻgʻrisida axborotni bilib oladi. Masofa-vektor algoritmlari uncha katta boʻlmagan tarmoqlardagina yaxshi ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish trafiki bilan aloqa liniyalarini sifatsiz qiladilar. Bundan tashqari bu algoritm konfiguratsiyaning oʻzgarishi har doim xam toʻgʻri bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi aloqalar topologiyasi aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali olingan, umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori protokoliga muvofiq marshrutizator ishi koʻprik ishini eslatadi, chunki bunday marshrutizator tarmoqning aniq topologik surʻatiga ega emas. Masofa – vektori algoritmi asosidagi eng koʻp tarqalgan protokol boʻlib, RIP protokoli hisoblanadi. Aloqa holatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan taʻminlaydi. Hamma marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini konfiguratsiyasi oʻzgarishiga mustaxkamliroq qiladi. Keng ogohlantirishli joʻnatmalar faqat aloqalar holatining oʻzgarishidagina ishlatiladi, bunday holat ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa liniyalar holatini qandayligini tushunish uchun uning portlariga ulangan marshrutizator oʻzining yaqin qoʻshnilari bilan kalta paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik xam keng ogoxlantiruvchi, lekin u qoʻshnilar orasida boʻlganligi sababli tarmoqni kamroq sifatsizlantiradi. TCP/IP stekida aloqalar holatining algoritmi asosidagi protokol boʻlib, OSPF protokoli hisoblanadi. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling