Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet196/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Xesh funksiya


Xesh funksiyalar – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni to’laligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma’lumotlarini bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi. [16]
Xesh funksiya- ixtiyoriy uzunlikdagi M-ma’lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma’lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar ko‘rinishidagi qandaydir konbinatsiyasi deb ataluvchi funksiya.
Ta’rif. Xesh-funksiya deb, har qanday h: X Y
oson hisoblanuvchi va M –ma’lumot uchun h(M) = H fiksirlangan uzunlikga ega bo‘lgan funksiyaga aytiladi.
Berilgan M-ma’lumotning h(M) –xesh qiymatini topish uchun avvalo ma’lumot biror «m» -uzunlikdagi bloklarga ajratilib chiqiladi. Agar M-ma’lumot uzunligi «m» -ga karrali bo‘lmasa, u holda oxirgi to‘lmay qolgan blok «m»- uzunlikga olindan kelishib olingan maxsus usulda biror simvol yoki belgi (masalan “0” yoki “1”) bilan to‘ldirilib chiqiladi. Natijada hosil qilingan M-ma’lumot bloklariga:
M= { M1, M2 , Mn)
quyidagicha siqishni (svertkani) hisoblash protsedurasi qo‘llaniladi: H0 = ,
Hi = f ( Mi , Hi-1) , i =1,2,. n
h(M)= Hn ;
bu yerda -qandaydir fiksirlangan boshlang‘ich vektor. Misol sifatida quyidagi keng tarqalgan:
f ( Mi , Hi-1) = E k( Mi Hi-1) i =1,2, n
xesh-funksiyani keltirib o‘tish mumkin.
Bu yerda E-simmetrik shifrlash algoritmi (masalan DES, GOST 28147-87, AES –FIPS 197 va hakoza), k- esa shifrlash algoritmi maxfiy kaliti, H0 = 0, - XOR (mod 2 bo‘yicha mos bitlarni qo‘shish) amali.



Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling