O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018
Download 456.18 Kb.
|
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotchilik
Evristik daraja – tushunish va qo‘llash darajasida alohida metodologik, mantiqiy, texnologik qobiliyatlar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, lekin mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, mohiyati, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza yuqori evristik potensialga ega, konseptual yangilik, nostandart yondashuv bilan tasniflanadi; tajribaviy ishning maqsadi asoslangan, lekin uning dasturi texnologik amaliyotga to‘liq mos emas; tadqiqot natijalari va xulosalari yangilik va amaliy tavvsifga ega; tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi; variativ intellektual-uslubiy doiraga ega; tadqiqotning yaqqol evristik potensialga egalishi.
Tadqiqotchilik darajasi – tushunish va qo‘llash darajasida tizimli metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi; tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy va eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi. Integrativ –tushunish va qo‘llash darajasida tizimli metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi; tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy yoki eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi. Download 456.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling