O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/22
Sana09.04.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

 
1
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi 
 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tursinov M.J. 
 
 
 
 
 
Er tuzish iqtisodi fanidan 
 
maruzalar matni 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus -2010 yil 

 
2
Er tuzish iqtisodi fan sifatida. 
                                                
R e j a: 
          
 1. Er tuzishning iqtisodiy moh’iyati 
2. 
Er tuzish iqtisodi fanining predmeti, usullari va  
vazifalari. 
                    1. Er tuzishning iqtisodiy moh’iyati            İnsoniyatning mavjudligi 
negizida ozuqa, uy-joy va boshqa moddiy eh’tiёjlarga bwlgan talabni qondirishga 
qaratilgan ongli faoliyat ёtadi. Uning asosiy shartlari orasida meh’nat predmeti, 
qishloq xwjaligida esa bir vaqtning wzida meh’nat vositasi va asosiy ishlab 
chiqarish vositasi h’isoblanadigan er birinchi darajali ah’amiyatga ega, chunki u 
h’ar xil ish  qurollari bilan ishlov berish va wz unumdorligi ёrdamida wsimliklarga 
tasir etadi, mah’sulot etishtirilishiga imkon yaratdi.  
      İshlab chiqarish jaraёnini boshlash uchun ishchi kuchini er va boshqa ishlab 
chiqarish vositalari bilan bog’lash va jamiyatni aniq tashkil etish zarur. Shuning 
uchun h’am jamiyatning h’ar bir rivojlanish pog’onasida erni bwlish, qwshish va 
uni meh’nat jaraёnida boshqa ishlab chiqarishi vositalariga bog’lash va 
moslashtirish davom etib kelgan.  
     Dastlab,  bu  jaraёn tasodifiy xarakterga ega bwlgan va ibtidoiy jamoada 
mevalar, qwziqorinlar yig’ish, ov qilish, keyinchalik chorvachilik va 
deh’qonchilikda foydalanish uchun erlarni chegaralashda namaёn bwlgan; 
keyinroq esa u erni taqsimlash va h’ududni tashkil etish bwyicha ongli faoliyatga 
ay-langan. Bu faoliyat keyinchalik Er tuzish nomini olgan.  
     «Er  tuzish»  nomi  birinchi  bor  rus tilida (Zemleustroystvo) 1906 y. qayd 
qilingan, undan ilgari erni taqsimlash bilan bog’-liq bwlgan ishlar chegaralash 
(mejevanie) deb atalar edi. Chega-ralash (mejevanie) deganda - qonuniy ravishda 
er mulklarini chegaralash va erga bwlgan h’uquqni rasmiylashtirish tushunilgan. 
    Shunday qilib, chegaralash ёrdamida davlat erning h’isobini olib borishni ywlga 
qwydi, er egalari va erdan foydalanuvchilarni soliqqa tortish va erdan 
foydalanishni nazorat etish uchun ularni rwyxatga oldi, ularning h’uquqlarini 

 
3
h’imoya qildi va mulkchilik h’uquqining bir odamdan ikkinchi odamga wtishi 
bilan bog’liq ishlarni engillashtirdi.  
     Ushbu  maqsaddan  kelib  chiqib,  chegaralash  wz ichiga h’ujjat-larni 
rasmiylashtirish va rwyxatga olish, er egaliklari va erdan foydalanuvchilar erlari 
planini tuzish, erlarni wlchash va bah’olash, er maydonlarini h’isoblash va shunga 
wxshash h’uquqiy va texnik er wlchash ishlarini qamrab olgan.  
     Er  egalarining  manfaatlari  mavjud chegaralarni mustah’-kamlash ywli bilan 
emas, balki erlarni qayta taqsimlash orqali qondirilgan vaziyatlarda, yani ularning 
h’ar biri oldingi eriga teng, lekin xwjalik yuritishga qulay shakldagi va 
chegaralardagi erlarni olishi bilan bog’liq ishlar majmui er tuzish deb atala 
boshladi.  
      Bu vaqtda er tuzishning iqtisodiy tomoni birinchi wringa qwyla boshladi. 
Keyinchalik eca «Er tuzish» va «Chegaralash» orasidagi farq ywqoldi. Er 
egaliklari va erdan foydalanuvchilarning yangilarini tashkil etish mavjudlarini 
qayta tashkil etish va ularning h’ududlarini tuzish ishlari er tu-zish loyih’alari 
asosida amalga oshirilganligi uchun chegaralash h’ar xil tabiiy va iqtisodiy 
sharoitlarda h’ar xil maqsad va vazifalarni kwzlab er mulkchiligini tuzish 
maqsadida wtkaziladigan murakkab er tuzish ishlarining bir bwlagi edi xolos. 
     Bundan  tashqari,  er  tuzish  jaraёni nafaqat erlarni, balki meh’nat resurslarini, 
h’ududni injenerlik jih’ozlash obektlarini va er bilan bog’liq bwlgan boshqa ishlab 
chiqarish vositalarini (irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, ywllar, suv bilan 
taminlovchi manbaalar va boshq.) qamrab ola boshladi, natijada er tuzish ishlari 
tarkibi tez orada sezilarli darajada kengaydi. 1927 yili 20 noyabrda qabul qilingan 
«Er kodeksida» unga quyidagi vazifalar yuklandi: 
     davlat  tashkilotlari,  korxonalari  va muassasalariga, shah’arlar va shah’ar 
tipidagi posёlkalarga, deh’qonlarning meh’nat birlashmalariga h’amda maxsus 
shartlar asosida (ijara va boshq.) boshqa tashkilotlarga, jamoalarga va fuqarolarga 
foydalanish uchun er ajratish; 
     maxsus er fondlarini tashkil etish va bir fond erlarini boshqasiga wtkazish; 
     davlat va jamiyat eh’tiёjlari uchun erlarni qaytarib olish; 

 
4
     shah’arlar chegaralarini belgilash; 
     erdan foydalanuvchi jamoalar erlarini bwlish, ayrim xwjaliklarga (oilalarga) va 
ularning guruh’lariga er ajratib berish, erdan foydalanuvchi jamoalarning barcha 
ёki ayrim er turlarini xutor va oilaviy uchastkalarga bwlish;  
yakka meh’natkash deh’qon xwjaliklari (oilalari) erlarini bwlish; 
     ayrim erdan foydalanuvchilar erlarining bir necha joyda joylashgan bwlaklardan 
iboratligini va chegaralaridagi kamchiliklarini, er maydoni shaklidagi va boshqa 
erdan foydalanishdagi noqulayliklarini tugatish; 
     ywllarni joylashtirish, wrnini wzgartirish ёki tugatish (buzish), chorva mollarini 
sug’orish uchun joy ajratish va er turlarini tubdan yaxshilash (m-lioratsiyalash) 
ishlarining amalga oshirilishi sababli erdan foydalanuvchilarning wrnini 
wzgartirish; 
     qishloq ah’oli yashash joylarini qayta rejalash; 
     volostlar (tumanlar) chegaralarini belgilash va wzgartirish. 
     Keyinchalik  kollektivlashtirish  (jamoalashtirish) va yirik qishloq xwjalik 
korxonalari barpo etilishi natijasida er tuzish ishlari qatoriga xwjalikda ichki er 
tuzish kirib keldi. Uning mazmuni qishloq xwjalik korxonalarida almashlab 
ekishni joriy etish, ishlab chiqarishni, meh’natni va boshqaruvni oqilona tashkil 
etish, er turlarini, almashlab ekish maydon-larini joylashtirish va ularning 
h’ududlarini tashkil etish ishlarini wz ichiga olgan xwjalik h’ududini ilmiy asosda 
tashkil etishdan iborat edi. 
     Shunday qilib, er tuzish wzida h’uquqiy, texnik, xwjalik, tashkiliy va iqtisodiy 
mazmunga ega ishlarni mujassamlash-tirgan murakkab ishlar majmuasiga aylandi. 
     Er tuzish fanining rivojlanishi jaraёnida er tuzishning ayrim tomonlarini yuqori 
qwyish natijasida uni h’ar xil tushu-nishlar kelib chiqdi. 
     Dastlabki  vaqtlarda  er  tuzishni,  uning moh’iyatini, vazifalarini va mazmunini 
mamuriy-h’uquqiy, ijtimoiy-texnik va xwjalik-tashkiliy ishlaridan iborat deb 
tushunish ustunlik qilardi.  

 
5
     Prof.  P.N.Pershin,  İ.D.Shuleykin, A.D.Shuleykin, S.A.Uda-chinlar er tuzishni 
bir tomonlama tushunishning notwg’riligini kwrsatishib, er tuzish tushunchasiga 
uning texnik, h’uquqiy va iqtisodiy tomonlarini kiritish zarurligini kwrsatishgan. 
      Shuning  uchun  h’am,  akademik S.A.Udachin «Er tuzishni loyih’alash» 
kitobining 4-nashrida er tuzishning iqtisodiy mo-h’iyatini kwrsatib, shunday ёzgan 
edi «...er tuzish mamlakatimizda er munosabatlarini tartibga solish,  kengaytirilgan 
sotsialis-tik ishlab chiqarish uchun h’ar bitta sotsialistik qishlok xwjalik 
korxonasida va butun xalq xwjaligida  erdan ishlab chiqarish vositasi sifatida 
foydalanishni oqilona tashkil etish  bwyicha davlat tadbirlari tizimidir» 
 
(Zemleustroitelnoe proektirova-nie /Pod red.S.A.Udachina.-İzd. 4-e- M.: 
Celxozgiz, 1962. S.16 ). 
     Bu  tushincha  er  tuzuvchilar  tomonidan qabul qilingan bwli-shiga qaramasdan 
h’uquqshunoslar tomonidan tanqidga uchradi. Er tuzishning nisbatan twlaroq va 
zamonaviy, uning iqtisodiy moh’iyatini kwrsatib turuvchi tarifini professorlar V.P. 
Troitskiy va S.A.Avezbaevlar berishgan (Er tuzishning ilmiy asoslari.-T.: 
TİQXMİİ, 1996. 24 b.). Ular er tuzishni quyida-gicha tariflaydilar: «Er tuzish - bu 
ijtimoiy-iqtisodiy jaraёn bwlib, erdan foydalanish, uni muh’ozafa qilishni tashkil 
etish, er egaliklari va erdan foydalanuvchilarni, maxsus er fondla-rini tashkil qilish 
va tartibga solish, qishloq xwjaligi korxo-nalari va deh’qon  xwjaliklari 
xududlarini tashkil qilish, tabiiy landshaftlarni yaxshilash va maqbul ekologik 
muh’it yaratishdir».    
      Er  tuzishda  xuquqiy,  texnik,  ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-xwjalik masalari 
echiladi. Bu masalalar ichida iqtisodiy masalalar asosiy h’isoblanib, ular er 
tuzishning moh’iyatini ochib beradi. Bunday xulosaga quyidagilar  sabab bwladi. 
     Birinchidan,  er  tuzish  keng  manoda ijtimoiy ishlab chiqarishning tar-kibiy 
qismi bwlib, er bilan ajralmas bog’liq ishlab chiqarish vositalarini joylashtirish va 
h’ududni tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy jarёni sifatida namoёn bwladi. Demak 
u ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish 
darajasi bilan doimiy bog’liq va obektiv tasir etuvchi iqtisodiy qonunlarga (qiymat 

 
6
qonuni, proportsional rivojlanish qonuni, vaqtni tejash qonuni va boshq.) tasirida 
bwladi.  
     İkkinchidan, malumki, jamiyatning rivojlanish qonunlari odamlarga twg’ridan-
twg’ri emas, balki, ularning manfaatlari orqali tasir etadi. Shuning uchun xam er 
tuzish davlat maqomiga ega va davlat ijrochilik h’amda qonunchilik  xokimiyatlari 
nazorati ostida fuqorolar manfaatlari ywlida amalga oshiriladi. Siёsiy, ishlab 
chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlar tizimida iqtisodiy manfaatlar 
ustivorlikka ega. Shuning uchun h’am h’ar doim er tuzishning vazifalari bir 
tomondan jamiyat, ayrim jamoalar va fuqorolar iqtisodiy manfaatlarining birligini 
taminlash, ikkinchi tomondan esa, jamiyat manfaatlarining ustivorligini saqlash 
talablariga javob beradigan qilib erni taqsimlashdan iboratdir. Er h’ar doim 
manfaatlar qarama-qarshiligi obekti bwlgani uchun er tuzish uni taqsimlash va 
foydalanishni tashkil etish mexanizmi sifatida h’amma vaqt siёsiy kurashlar 
markazida bwlib keldi.  
     Uchinchidan, er tuzishda er, erdan foydalanuvchilar va er ega-lari orasida, ular 
orqali esa xalq xwjaligi tarmoqlari (sanoat, transport, qishloq xwjaligi va boshq.) 
orasida taqsimlanadi. Keyin er egaliklari va erdan foydalanuvchilar erlarida ichki 
er tuzish wtkaziladi, ishlab chiqarish obektlari, ah’oli yashash joylari, ywllar, 
kanallar, er turlari (h’aydalma erlar, daraxtzorlar, yaylovlar va boshq.), almashlab 
ekish massivlari va boshqalar joylashtiriladi. Bunda er h’ar xil vazifalarni bajarishi 
mumkin. 
     Xom  ashё va mah’sulotlarni qayta ishlovchi sanoat korxo-nalarida er birinchi 
navbatda meh’nat jaraёni sodir bwladigan joy (bazis) h’isoblanadi. Bunda uning  
tuproq qatlami,  er osti boyliklari, wrmon va suvlari kabi xususiyatlari  mah’sulot 
ishlab chiqarishga  deyarlik tasir etmaydi.  
     Qazilma boyliklarni qazib oluvchi kon sanoati korxonalarida erning ah’amiyati 
ancha yuqori bwlib, u meh’nat jaraёni sodir bwladigan joy va kwmir, ruda, gaz, 
neft va boshqa foydali qazilma boyliklar zaxirasiga ega bwlgan  meh’nat predmeti 
vazifalarini bajaradi.   

 
7
     Qishloq  xwjaligida  maxsulot etishtirish jaraёni twg’ridan-twg’ri tuproq 
unumdorligiga, erning sifatiga va foydalanish sharoitiga bog’liq. Unumdorlikni 
oshirish maqsadida inson erga h’ar xil usullar bilan tasir etadi: irrigatsiya va 
mellioratsiya ishlarini amalga oshiradi, wg’itlar soladi, tuproqqa ishlov beradi.    
     Er tuzishda bir tomondan er turlari va almashlab ekishni, qishloq xwjalik 
ekinlarini ularga mos erlarga twg’i joylashtirish h’isobiga tuproqning tabiiy va 
iqtisodiy unumdorligidan yaxshi foydalanish uchun sharoit yaratilsa, boshqa 
tamondan tabiatni muh’ofaza etish, erni eroziyadan h’imoyalash, tuproq 
unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish natijasida erning 
ishlab chiqarish xususiyatlari oshadi. Shuning natijasida deh’qonchilik 
maxsulotlari, shu jumladan, chorva ozuqasini etishtirish kwpayadi, qishloq 
xwjaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida erning iqtisodiy ah’amiyati 
oshadi. Bu esa wz navbatida er tuzishning katta iqtisodiy ah’amiyatga ega 
ekanligini kwrsatadi.  
       Twrtinchidan,  er  tuzishning  asosiy maqsadi erda tartib wrnatishdan iborat 
bwlib, unga h’ududni oqilona tashkil etish, jamoa ishlab chiqarishini va uning 
ayrim tarmoqlarini twg’ri joylashtirish, xwjalikni ratsional tarkibda tuzish va 
yuritish h’isobiga erishiladi. İshlab chiqarishning tashkiliy tarkibi er massivlarining 
h’ududiy xususiyatlari (ularning  xwjalik mar-kazlaridan uzoqligi, maydoni, 
shakli,bwlaklari va sh.w.)  va si-fati bilan bog’lanadi.    
     Er  tuzish  loyih’alarida  keltirilgan xududning tashkil etilishi bwlajak 
xwjalikning asosini tashkil etadi va uning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Bu 
esa qabul qilingan er tuzish echimlarini chuqur iqtisodiy asoslashni talab etadi. 
Shuning uchun h’am er tuzish qishloq xwjaligining iqtisodiy samradorligini 
oshiruvchi omil h’isoblanadi.  
     Beshinchidan,  er  tuzishda er munosabatlarini tartibga solishning  iqtisodiy 
mexanizmini joriy etish uchun axborotlar asosi tayёrlanadi, erlarni berish va 
qaytarib olish amalga oshiriladi, er egaliklari va erdan foydalanuvchilarning 
yangilari tashkil etiladi va mavjudlari qayta tashkil etiladi, ularning chegaralari 
belgilanadi, erlarning sifati bah’olanadi, erga mulkchilik va ijara h’uquqlarini 

 
8
tasdiqlovchi h’ujjatlar beriladi, maxsus er fondlari tashkil etiladi. Bunda h’ar bir er 
bwlagi bah’oga ega bwlishi kerak, h’amma er egalari va erdan foy-dalanuvchilar er 
solig’i, erning ijara h’aqi, undan er davlat va jamiyat extiёjlari uchun olinadigan 
bwlsa twlanadigan kom-pensatsiya (qoplama) miqdorlari, erdan oqilona 
foydalanishni rag’batlantiruvchi iqtisodiy choralar twg’risida malumot oladi.                       
     Oltinchidan,  er  tuzishning  davlat maqomi uning er resurslarini boshqarish 
tizimining h’ar xil miqёslarida (respublika, viloyat, tuman) bwlishini taqoza etadi. 
Er tuzish quyidagi vazifalarni wz ichiga oladi: 
     davlat er kadastri va er monitoringi asosida axborot taminoti; 
     er  resurslarini  muh’ofaza  qilishni va undan foydalanishni rejalashtirish va 
bashoratlash (prognozlash); 
     erdan foydalanishni va uni muh’ofaza qilishni tashkil etish;  
     erdan foydalanishni va uni muh’ofazalashni nazorat qilish. 
     Er tuzish ishlari er resurslarini boshqarishning barcha bosqichlarini topografik, 
geodezik, aerofotogeodezik, tuproq va boshqa izlanish va wrganishlardan boshlab 
qamrab oladi. Ularning natijalaridan erni h’isobga olish, rwyxatdan wtkazish va 
bah’olash, er resurslaridan foydalanish va uni muh’ofaza qilish chizmalarini, er 
tuzish chizmalarini tuzish va er tuzish loyih’alarini ishlashda foydalaniladi. 
     Er tuzish davlatning umumiy rejalash va moliyalash tizimiga kirganligi uchun, 
barcha er tuzish korxonalari wz faoliyatlarini wz xarajatlarini wzi qoplash, foyda 
olish va samaradorlik tamoyillari asosida olib borishlari kerak.  
     Demak, er tuzishning iqtisodiy moh’iyati quyidagilarda namaёn bwladi. U 
     ijtimoiy  ishlab  chiqarish  usulining  tarkibiy qismi h’isoblanadi va jamiyatning 
obektiv rivojlanish qonunlari tasirida bwladi; 
     jamiyatdagi  h’ar  xil  sinflar  va  ah’oli guruh’larining iqtisodiy manfaatlarini 
wzida aks ettiradi; 
     erni  oddiy  fizik  jism  sifatida  emas, balki, ish quroli va meh’nat predmati, 
qishloq xwjaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida tashkil etadi, 
tuproqning iqtisodiy unumdorligiga tasir etadi; 

 
9
     qishloq  xwjaligi  ishlab  chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi va 
uni intensivlovchi omil h’isoblanadi; 
     er  munosabatlarini  tartibga  solishning iqtisodiy mexanizmini yaratish uchun 
zarur axborotlar asosi h’isoblanadi; 
     er resurslarini boshqarish tizimining h’ar xil miqёslariga kiradi, rejalashtiriladi, 
moliyalashtiriladi, tashkil etiladi va aniq iqtisodiy vaziyatda faoliyat kwrsatadi. 
     Er tuzishning iqtisodiy moh’iyati ushbu fanning predmetini, usullarini va asosiy 
vazifalarini belgilaydi. 
2.  
Er tuzish iqtisodi fanining predmeti, usullari va vazifalari 
     Jamiyat rivojlanishi jaraёnida er tuzish erdan oqilano foydalanishni tashkil 
etishni, er munosabatlarini tartibga solishni, er siёsatini qamrab oluvchi, ah’oli 
yashash tizimi va odamlarni kwchirish masalalari, irrigatsiya, melioratsiya va 
eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, er egalari va erdan foydalanuvchilar 
erlarini rwyxatga olish va maydonlarini h’isoblash, geodezik va xaritashunoslik 
ishlari bilan bog’liq h’olda wtkaziladigan kwp qirrali faoliyatga aylanganligi 
sababli, u murakkab amaliy va nazariy bilimlardan iboratdir. 
     Shuning uchun h’am er tuzish fanining tug’ilish davrida (XIX asr oxiri - XX asr 
boshi) olimlar er tuzishni fanlar turkimi ёrdamida wrganish zarurligini 
kwrsatishgan. Ular bu fanlar jumlasiga quyidagilarni kiritishgan: 
 
 
     er  tuzish  iqtisodi,  -  u er tuzishni ijtimoiy-iqtisodiy jaraёn sifatida, uning 
moh’iyati va sabablarini, er tuzishning erdan foydalanishga tasirini va er 
tuzishning iqtisodiy jih’atdan maqsadga muvofiq usullarini izlab topishni 
wrganadi; 
     er tuzish texnikasi, - bu fan wz ichiga bwlish, wlchash va erlarning maydonini 
h’isoblash h’amda er tuzish usullarini oladi; 
     er  tuzish  jaraёni, - er tuzish ishlarini er-h’uquq meёrlariga bog’liq h’olda 
qwzg’ash (boshlash), wtkazish, kwrib chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi 
twg’risida bilim beradigan fan; 
     er tuzishni tashkil etish, - er tuzish ishlarini rejalashtirish va tashkil etish, ularni 
moliyalash va ratsional wtkazish masalalarini ёritadigan fan. 

 
10
     Bu fanlar turkumida «Er tuzish iqtisodi» fani asosiy h’isoblanib, u er tuzishning 
nazariy masalalarini wrganuvchi fan h’isoblangan.    
     Er  tuzish  iqtisodi  fani  bwyicha birinchi darslik 1925 yili professor 
F.G.Nekrasov tomonidan ёzildi. U «Er tuzish asoslari» deb atalib 3 qismdan (1. 
İqtisod. 2. Texnika. 3. Tashkil etish.) iborat edi. Bu kitobda birinchi marta er 
tuzishning iqtisodiy moh’iyati va bu fan tarkibiga kiradigan masalar tarkibi asoslab 
berildi.  
     Er  tuzish  iqtisodi  fani  mazmunini belgilovchi asosiy masalalar jumlasiga 
quyidagilar kiritildi: 
     er maydonlarini h’ududiy tashkil etish turlarining rivojlanishi; 
     er tuzish usullari (qishloqlararo va qishloqlar ichida); 
     er tuzish turlari; 
     er tuzish usullarini iqtisodiy bah’olash, uning natijalarini aniqlash va bah’olash. 
     Er tuzishning iqtisodiy moh’iyatini asoslovchi ilmiy ishlar jumlasiga 1925 yilda 
ёzilgan pofessor P.N.Pershinning «Er tuzishning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyasi» 
mavzusidagi ilmiy maqolasini, professor A.V.Chayanovning 1922 yilda ёzilgan 
«Qishloq xwjalik korxonalarining optimal wlchamlari) kitobini, 1927 yilda ёzilgan 
A.N.Aleevskiyning «Er tuzishning iqtisodiy samaradorligini amaliy aniqlash 
tajribasi» mavzusidagi ilmiy ishini, 1928 yilda ёzilgan P.P.Splyuxinning «Er tuzish 
iqtisodi bwyicha monografiya» asarini kiritish mumkin. 
     Amaliёt er tuzishga ikki tomondan: erdan foydalanish va uni muh’ofaza etish 
bwyicha amaliy faoliyat doirasi va shu soh’adagi ilm-fan tarmog’i sifatida qarash 
zarurligini kwrsatdi. 
     Er tuzish iqtisodi fanining maxsus er tuzish fanlari tizimidagi wrni, h’amda bu 
fanlarning wrganadigan predmetlari orasidagi farq 1.1. jadvalda keltirilgan. 
1.1. jadval
 
           
 Er tuzish iqtisodi fani maxsus er tuzish fanlari tizimida
 
Er tuzish fanlari 
     Wrganadigan predmeti 
Asosiy bilim tar
mog’i (faoliyati) 
Er tuzishning il-miy
asoslari 
Jamiyat va tabiat qonunlari,
ularning erdan foydalanish
jaraёnida namaёn bwlish shakl-lari
    Nazariy 

 
11
va h’ududni ratsional tash-kil etish
qonuniyatlari  
Er tuzish tarixi      Er  tuzishning  paydo  bwlishi  va  
rivojlanishining tari-xiy 
qonuniyatlari 
    Tarix 
 
Er tuzish iqti-sodi  İqtisodiy qonunlar, ularning erni
muh’ofaza qilish va un-dan
ratsional foydalanishni tashkil
etishda namoёn bwlish shakllari
va qonuniyatlari, er tuzish
samaradorligini oshirish usullari 
   İqtisod 
Er tuzishda 
geodezik ishlar 
Er tuzish ishlari jarёnidagi 
geodeziya texnikasi usullari va 
ywllari 
   Texnika 
Er tuzish ishlarini 
tashkil etish 
Er tuzish ishlab chiqarishini 
tashkil etish qonuniyatlari, er 
tuzish ishlarini tashkil etish va 
rejalaashtirish ywllari va usullari 
   Tashkiliy 
Er tuzishda iqti-
sodiy-matematik 
usullar va model-
lashtirish 
Modellashtirish ywllari va 
usullari, er tuzish ishlarini EHM 
ёrdamida bajarish tex-nologiyasi 
   Texnologiya 
Er h’uquqi 
Er tuzish ishlarini olib borish 
usullari va ywllari 
  Huquq 
 
     
Er tuzish iqtisodi fani wzining predmetini wrganishda kwplab usullardan 
foydalanadi. Barcha fanlarda bwlgani kabi bu erda h’am ananaviy nazariy bilish 
usullari qwllaniladi, yani - ilmiy mushoh’ada, induktsiya va    deduktsiya, taxlil 
(analiz) va xulosa (sintez) usullari. Mushoh’ada  ёrdamida qonunlar ochiladi va 
tuziladi, ularning tasir mexanizmlari aniqlanadi, wrganilaёtgan obektning asosiy 
tomonlarini kwrsatuvchi ilmiy tushunchalar, toifalar (kategoriyalar) belgilanadi. 
İnduktsiya  fikrning xususiylikdan umumiylikka h’arakatini, deduktsiya esa 
umumiy qoidalardan xususiy xulosalarga wtishni bildiradi. Amaliy faoliyatda 
induktsiya va deduktsiya usullari ketma-ket yaqinlashish usuliga aylanadi. 
     Masalan,  xwjalikda  ichki  er  tuzish loyih’asini iqtisodiy asoslashda oldiniga 
ishlab chiqarish bwlimlari va xwjalik markazlarini, keyin - magistral (asosiy) 
ywllar va h’ududni in-jenerlik jih’ozlash obektlarini joylashtirish, ulardan keyin 

 
12
esa - er turlari va almashlab ekishni, almashlab ekish massivlari h’ududlarini 
tashkil etish bah’olanadi.  
     Taxlil (analiz) va xulosa (sintez) usullari wrganilaёtgan obektni tarkibiy 
qismlarga bwlish va yana butun h’oliga keltirish bilan bog’liq. 
     Murakkab matematik taxlil jaraёnida, asosan, ayrim omillarning natijaga tasiri 
aniqlanadi. Masalan xwjaliklar erlarining maydonini aniqlashda, uning xwjalik 
ixtisosligi, erlarning joylashgan wrni va unumdorligi, meh’nat resurslari bilan 
taminlanishi va boshqa shu kabi omillarga bog’liqligini bah’olash mumkin. Bunda 
asosan  iqtisodiy-statistik usullardan (korrelyatsion-regression taxlil, ishlab 
chiqarish funktsiyalari, dispersion taxlil va boshq.) foydalaniladi. 
    Hududni  tashkil etish murakkab jaraёn bwlganligi uchun uni wrganishda 
matematik modellash usulidan foydalaniladi. İzlanishning tizimli usullaridan biri 
bwlganligi uchun, u matematik belgilashlar, tenglamalar va tengsizliklar ёrdamida 
h’ududni tashkil etishning qonuniyatlarini aniqlash, uning wzgarish sabablarini 
ochish, h’ar xil sharoitlarda uni takomillashtirish ywllarini belgilash va shuning 
h’isobiga ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.   
     Amalda  matematik  modellash  boshqa  iqtisodiy-matematik usullar (ma-tematik 
dasturlash, klassik differentsial h’isoblash va sh.w.) bilan twldiriladi. 
     Er tuzish iqtisodi bwyicha izlanishlarda monografik usul h’am keng qwllaniladi. 
Bu usulda ayrim tipik ёki wziga xos obektlar, h’odisalar, jaraёnlar chuqur 
wrganiladi va ular asosida ilmiy xulosalar va tavsiyalar qilinadi. Bunda, asosan, 
h’ududni tashkil etishning ilg’or qishloq xwjalik korxonalari ishlab chiqarishi 
samaradorligiga tasiri ёki er tuzish ishlarini bajarishning yuqori samarali usullari, 
ywllari, texnologiyalari bah’olanadi. 
     Er tuzish uchun eksperimental loyih’alash h’am katta ah’amiyatga ega. Bunda 
ilm-fan, amaliёt yutuqlari va ilg’or tajriba natijalari aniq ishlab chiqarish 
obektlarida sinab kwriladi va olingan natijalar asosida boshqa obektlarni qayta 
tashkil etishning maqsadga muvofiq ywnalishlari twg’risida xulosa chiqariladi.           
     Wrganadigan  predmetidan  kelib  chiqqan h’olda Er tuzish iqtisodi faniga 
quyidagi vazifalar yuklanadi: 

 
13
     er tuzishning iqtisodiy moh’iyatini va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish; 
     obektiv  iqtisodiy  qonunlarni  wrganish, ularning h’ududni tashkil etishda 
namaёn bwlish qonuniyatlari va shakllarini aniqlash, ularning er tuzishga tasirini 
bah’olash; 
     er  munosabatlarini  tartibga  solishning iqtisodiy mexanizmida er tuzishning 
wrnini aniqlash;  
     er tuzish echimlarini iqtisodiy asoslash va samaradorligini bah’olash usullarini 
takomillashtirish; 
     erdan foydalanishni yaxshilashning eng samarali ywllarini topish; 
     er  egaliklari  va  erdan foydalanuvchilar ratsional shakllarini, qishloq xwjalik 
ishlab chiqarishini yuritish va unga mos h’ududni tashkil etish shakllarini asoslash; 
     er  egaliklari  va  erdan  foydalanuvchilarning optimal wlchamlarini va tarkibini 
belgilash, ular rivojlanishining ustivor ywnalishlarini tanlash; 
     er tuzish samaradoligini oshirish ywllarini aniqlash. 
     Er tuzish tushunchasini aniqlash, uning wrnini va ijtimoiy ishlab chiqarishdagi 
iqtisodiy ah’amiyatini belgilash uchun avvalo uning obektivligini kwrsatish va 
ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish zarur. 
    Nazorat savollari 
1.  
«Er tuzish» va «chegaralash» tushunchalarining bir-biridan farqi nimada? 
2.  
Er tuzish nima va uning iqtisodiy moh’iyati nimalarda namaёn bwladi? 
3.  
Nima uchun er tuzish iqtisodi mustaqil wquv-ilmiy fanlari qatoriga 
qwshiladi? 
4.  
Er tuzish iqtisodi fanining wrganadigan predmeti nima? 
5.  
Er tuzish iqtisodining asosiy usullarini ayting. 
6.  
Er tuzishni wrganadigan maxsus fanlar tizimida er tuzish iqtisodining wrnini 
va ah’amiyatini asoslab bering. 
7.  
Er tuzish iqtisodi fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling