O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat


Download 407.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.01.2018
Hajmi407.19 Kb.
#25111
  1   2   3   4   5

O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA  

O’RTA MAXSUS TALİM VAZİRLİGİ                       

 

Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat 

 universiteti 

 

Tabiatshunoslik fakulteti  

 

GEOGRAFİYА KAFEDRASİ 

 

«KARTOGRAFİYa  ASOSLARİ» 



fani bo’yicha 

 

maruza matni 

 

 

 



O’qituvchi:  

           

J.Uzaqbaev  

 

 



 

 

 



 

Nukus 


 

Geografiyaning asosi xarita. Geografik tadqiqotlar 

xarita bilan boshlanadi va xarita bilan 

yakunlanadi......   

Xarita- geografiyaning «ikkinchi tili». 

                                               N.N.Baranskiy    

Ko’rar ko’zlarni nuri ilmdandur» 

                                                                                                             («Ming bir h’adis» dan). 

 

Kirish 

Ushbu maruzalar matni oliy o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallab rus tilida 

уоzilgan asosiy «Kartografiya» darsliklariga уоrdamchi o’quv qo’llanma sifatida 

tayуоrlangan. U ikki qismdan iborat. B i r i n ch i   qismda kartografiya va 

geografik xaritalar; xaritalarning matematik asosi; kartografik belgilar va 

kartografik tasvirlash usullari; kartografik generalizatsiya: moh’iyati va omillari, 

generalizatsiya turlari; geografik xarita va atlaslarni tarifi, klassifikatsiyasi, turlari 

va tiplari baуоn qilingan. İ k k i n ch i  q i s m d a esa asosiy kartografik manbalar; 

kartografik informatika va bibliografiya; xaritalarni loyixalashtirish va tuzish; 

xaritalardan foydalanish; geografik xarita va kartografiyani shajarasi tah’lil etilgan. 

Shuningdek, unda O’zbekistonda kartografiyani rivojlanishi. h’ozirgi h’olati. 

istiqbollari, uning ilmiy-amaliy vazifalari h’amda muammolari kabi asosiy 

mavzularning maruza matnlari berilgan. 

Qo’llanma Respublikamiz oliy o’quv yurtlarining V-540100 «Geodeziya va 

kartografiya» yo’nalishi bo’yicha talim olaуоtgan talabalari uchun mo’ljallangan 

bo’lib, undan umumiy o’rta talim muassasalari o’qituvchilari h’amda «Topografiya 

asoslari va kartografiya» o’qitiladigan barcha oliy va o’rta maxsus talim 

yurtlarining talabalari h’am foydalanishlari mumkin. 

Biroq, h’ozirgi paytgacha mazkur fandan o’zbek tilida maxsus darslik 

yaratilmagan. Bu esa  talabalarni mazkur fanni pishiq-puxta o’zlashtirishlariga 

salbiy tasir ko’rsatmoqda. Yuqoridagilarni nazarda tutib, rus tilida уоzilgan asosiy 

darsliklarga  уоrdamchi o’quv qo’llanma sifatida ushbu maruzalar matnini tuzish 

lozim deb topildi.  

Qo’llanmaning asosiy maqsadi-talabalarni turli geografik xaritalarning 

mazmuni, moh’iyati, xususiyati va yaratilish tarixi bilan atroflicha tanishtirish; 

ularga xaritalarni loih’alashtirish va tuzish; ulardan ilmiy tadqiqot va xo’jalik 

ishlarida keng foydalanish yo’llarini o’rgatish; h’ozirgi dunуоda kartografiyani 


ah’amiyatini ko’rsatish va kartografik bilimlarni puxta egallashlariga 

ko’maklashish va h’.k.  

Qo’llanmada yangi o’quv rejasi va dasturi asos qilib olindi. Maruza va amaliy 

mashg’ulotlarda O’zbekistonda va xorijda nashr etilgan kartografik asarlar (plan, 

xarita, atlas, globus va boshqalar) dan keng foydalanish, ular bilan mustaqil ishlash 

va amaliy topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish bu bilimlarni puxta egallash uchun 

zamin bo’ladi. Maruzalarni mavzui dasturda ko’rsatilgan h’amma bilimlarni o’z 

ichiga qamrab oladi.o’ 

Maruza matnlarini tuzishda rus tilida chop etilgan asosiy darsliklar va o’quv 

qo’llanmalaridan h’amda texnika adabiуоti va ilmiy adabiуоtlardan foydalanildi. 

Kursni o’rganishda asosiy adabiуоt sifatida K.A.Salishevning «Kartografiya» (M., 

Vo’sshaya shkola, 1982) va «Kartovedenie» (M., İzd-vo MGU, 1990) 

darsliklaridan foydalanish lozim. 

  

 


Birinchi mavzu. KARTOGRAFIYA VA GEOGRAFIK XARITALAR. 

 

Maruza rejasi: 

Kirish. 

1.1. Xaritalar va ularni tarifi, elementlari, xususiyatlari. 

1.2. Kartografiyani tarifi, tarmoqlarga  bo’linishi, boshqa fanlar bilan 

aloqasi va asosiy ilmiy-amaliy vazifalari. 

1.3. Xaritalarning ilmiy va amaliy ah’amiyati. 

Xulosa. 

 

Talim-tarbiyaviy vazifasi: talabalarni kartografiya fanini tarifi. tarmoqlarga 

bo’linishi, boshqa fanlar bilan aloqasi va asosiy ilmiy-amaliy vazifalari bilan 

tanishtirish. Mamlakat xo’jalik h’auotida xaritalarni tutgan o’rnini va ularni 

insonni amaliy faoliyatiga tasirini ko’rsatish va boshqalar. 



Jih’ozlar:  globus, dunuo, yarim sharlar, materiklar va O’zbekiston h’ududi 

tasvirlangan xaritalar, atlaslar, topografik xaritalar komplekti, aerofoto- va kosmik 

suratlar va boshqalar. 

 

1.1. Xaritalar va ularni tarifi, elementlari xususiyatlari.  



X a r i t a-Er yuzasini, boshqa osmon jismlarini uoki kosmik fazoni 

matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo’lib, u 

qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obektlarni ko’rsatadi. 

O b  e k t deyilganda xaritalarda tasvirlanadigan h’ar qanday predmet, voqea, 

h’odisa uoki jarauon tushuniladi. 



G e o g r a f i k   x a r i t a -Erni uoki uni biror qismini Erning egriligini 

h’isobga olib, malum matematik qoidalar asosida biroz o’zgartirib, kichraytirib. 

umumlashtirib qog’ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proektsiyasi) bo’lib, u 

qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obektlarni geografik 

o’rnini, joylanishini, h’olatini, vaqt mobaynida o’zgarishini, shuningdek ular 

o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rsatadi. 

Kartografik tasvir, matematik asos, uordamchi jih’ozlar va boshqa 

qo’shimcha malumotlarga xaritani (umumgeografik) elementlari deyiladi.  



Xarita mazmunini qabul qilingan kartografik belgilar va kartografik tasvirlash 

usullari orqali ifoda etadigan  k a r t o g r a f i k   t a s v i r   h’ar qanday xaritani 

asosiy elementi bo’lib h’isoblanadi. U muayyan xaritada ko’rsatilishi lozim 

bo’lgan obektlar to’g’risidagi malumotlar majmuidan tashkil topadi. Masalan, 

umumgeografik xaritalarda tasvirlanadigan landshaftning asosiy elementlari-relef, 

gidrografiya obektlari, o’simlik va tuproq-grunt ko’rsatkichlari. ah’oli yashaydigan 

punktlar, siuosiy-mamuriy chegaralar h’amda bazi bir xo’jalik obektlari uning 

kartografik tasvir elementlari bo’lib, bu elementlar xaritada bir xil aniqlikda va 

mukammallikda ko’rsatiladi. 

Mavzuli va maxsus xaritalarda (shartli ravishda) xaritaning mazmunini va 

geografik asosini bir biridan farqlash lozim.        G e o g r a f i k   a s o s - xarita 

mazmunini umumgeografik qismi bo’lib, u xaritaning mavzo’iy uoki maxsus 

mazmuni elementlarini xaritaga to’g’ri tushirish va fazoviy bog’lash, xarita 

bo’yicha orientirlashga xizmat qiladi. 

Har qanday xaritani muh’im elementi bo’lib legenda  h’isoblanadi. Xarita 

mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izoh’lar tizimiga l e g e n d a 

deyiladi. Xaritani legendasi qo’llanilgan belgilarni tushuntirib (izoh’lab) berishni 

o’z ichiga olib, xaritaga olinauotgan obektni mantiqiy asosini aks ettiradi. 

Belgilarni ketma-ket joylashtirilishi, ularni o’zaro bir-biriga bo’ysinishi. shtrixli 

elementlar uchun ranglar gammasini to’g’ri tanlab olish xaritada tasvirlanauotgan 

h’odisa uoki jarauon tasnifiga mantiqan bo’ysindirilgan bo’ladi. 

Hamma kartografik tasvir m a t e m a t i k   a s o s d a quriladi. Xaritada uni 

elementlari bo’lib - kartografik proektsiya, masshtab va geodezik asos 

h’isoblanadi.  Xaritani komponovkasi h’am uning matematik asos elementiga 

kiradi. 

Xaritada tasvirlanadigan h’ududni chegarasini aniqlash va uni xarita 

ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkani ichida va undan tashqarida (asosiy 

xarita bilan uni ramkasi orasidagi bo’sh qolgan joylarda) xaritani nomini, 

masshtabini, legendasini, h’ar xil raqamli va matnli malumotlarni, jadvallarni, 

grafiklarni, qo’shimcha kesma xaritalarni va boshqa shunga o’xshash malumotlarni 

maqsadga muvofiq joylashtirishga k o m p o n o v k a deyiladi. 


Xaritani o’qish va undan foydalanishni osonlashtirish maqsadida unda 

beriladigan legenda, turli xil kartometrik grafiklar, (masalan, topografik xaritada 

chiziqning nishabi va qiyalik burchagini aniqlash uchun, xaritaning janubiy 

ramkasi ostida beriladigan maxsus nomogramma), xududni qay darajada 

o’rganilganligini ko’rsatuvchi sxemalar, foydalanilgan materiallar (manbalar) 

shuningdek boshqa h’ar xil zarur   spravochnik malumotlar xaritaning uo r d a m 



ch i  e l e m e n t l a r i deb ataladi. Xarita mazmuni bilan bog’langan, uni 

to’latadigan, boyitadigan va tushuntiradigan kesma-xaritalar, diagrammalar, 

grafiklar, profillar, matnli uoki raqamli malumotlar xaritaning q o’ sh i m ch a   e l 

e m e n t l a r i deyiladi. 

Yuqorida geografik xaritaga berilgan stilistik benuqson deb bo’lmagan tarifda 

xaritalarni tushunish uchun muh’im h’isoblangan uchta asosiy xususiyat-

matematik aniq tuzish; aloh’ida belgilar-kartografik simvollar (shartli belgilar) 

sistemasini qo’llash; tasvirlanauotgan h’odisalar (obektlar) ni saralab olish va 

umumlashtirib ko’rsatish aloh’ida takidlangan. Lekin kartografiyani bugungi 

rivojlanish darajasi xarita to’g’risidagi tasavvurga yana ikkita birinchi darajali 

ah’amiyatga molik bo’lgan tamoyilni kiritishni taqozo etadi, yani -borliqni tizimli 

(sistemali) uondoshuv asosida tasvirlash va uni aniq bir maqsadni ko’zda tutib 

modellashtirish. 

Xaritalar h’aqidagi tasavvur, borliqni (voqelikni) obrazli-belgili modellari 

sifatida ilmiy kartografiyaning predmeti-bu tabiat va jamiyat obektlarini, ularni 

joylanishi, xususiyatlari, o’zaro aloqadorliklari va vaqt mobaynida o’zgarishlarni 

xaritalar va boshqa kartografik modellar vositasida aks ettirish va tadqiq qilishdan 

iborat deb h’isoblashga imkon beradi. 

 

1.2. Kartografiyani tarifi, tarmoqlargi bo’linishi, boshqa fanlar bilan aloqasi va 



asosiy ilmiy-amaliy vazifalari. 

 

Kartografik asarlarni yaratish, o’rganish va foydalanish masalalari bilan 

shug’ullanadigan fan (bilim), texnika va ishlab chiqarish soh’asiga kartografiya 

deyiladi. O’quv fani sifatida kartografiya bo’lajak mutaxassislarni turli geografik 

xaritalarning mazmuni, moh’iyati, xususiyati va yaratilish tarixi bilan tanishtiradi. 



Shuningdek, xaritalarni taxlil qilish, tuzish, kartometrik ishlarni bajarish h’amda 

ulardan o’z faoliyatida amaliy foydalanish yo’llarini o’rgatadi. 

Kartografiya quyidagi asosiy soh’alarga bo’linadi: xaritashunoslik; matematik 

kartografiya; xaritalarni loixalashtirish va tuzish; xaritalarni taxt qilish (jih’ozlash, 

rasmiylashtirish); xaritalarni nashr qilish: xaritalardan foydalanish; kartografik 

ishlab chiqarishni iqtisodiuoti va uni tashkil qilish va boshqalar. Mazkur soh’alarni 

barchasi yagona kartografik fanlar tizimini tashkil etadi va ularni h’ar biri fan 

sifatida o’zining predmeti, obekti va metodiga egadir. Zero, ularni h’ar biri ushbu 

yo’nalish bo’yicha sof mutaxassis tayuorlaydigan universitet va boshqa oliy 

texnika o’quv yurtlarida aloh’ida o’rganiladi. 

Kartografiya falsafiy, tabiiy va texnik fanlar majmui (kompleksi) bilan 

bog’liq. Ayniqsa u geodeziya, topografiya va geografiya fanlari bilan uzviy 

bog’langan. Mazkur fanlar, xaritalarda real borliqni (voqelikni) aniq va ishonchli 

tasvirlash imkonini beradi.  



Kartografiyaning asosiy ilmiy va amaliy vazifalari quyidagilardan iborat: 

- kartografiyani XXI asr bo’sag’asidagi va bundan keyingi nazariy va uslubiy 

masalalarini echimini izlash, ayniqsa geografik bog’liqlik va qonuniyatlarni bilish 

vositasi sifatida xaritani yangi imkoniyatlarini aniqlash (ochish) bilan bog’liq 

tadqiqotlarni chuqurlashtirish; xaritalarni tah’lil qilish usullarini kengaytirish va 

ulardan ilmiy qidiruv ishlarini olib borishda, xalq xo’jaligini boshqarish va 

rejalashtirishda foydalanish; 

- xaritalarni tayuorlashni yangi, ancha takomillashgan usullarini ishlab 

chiqish. Davlat miquosida kartografik ishlab chiqarishga xaritalarni uncha katta 

bo’lmagan tirajlarda nashr qilishni tezlatadigan va uncha qimmat bo’lmagan 

texnologik sxemalarni va texnik vositalarni joriy etish; 

- xaritalarni ayrim turlarini qisqa fursatda yaratishni avtomatik usullarini 

izlash, yangi xaritalarni yaratish maqsadida malumotlarni olish, saqlash va qayta 

ishlash h’amda doimiy bo’ladigan jarauon-xaritalarni yangilab turish uchun bu 

malumotlardan foydalanish; 

- tabiiy, ah’oli va xo’jalik xaritalarini tuzish uchun xar xil uchuvchi 

apparatlarda bajarilgan suratlardan foydalanish. İnsonni kosmik fazoni jadal 


o’zgartirauotganligini h’isobga olib Oy va boshqa sayuoralarni xaritalarini ishlab 

chiqish masalalarini echimini topish

- joriy maqsadlar uchun keng foydalaniladigan va h’odisalarni rivojlanishini 

aks ettiradigan, xaritalarni o’ziga xos (dinamik) turlarini yaratish va ko’paytirish 

metodlarini ishlab chiqish; 

- mamlakatda mavzuli va atlasli xaritaga olishni bundan keyin h’am 

takomillashtirish; davlat ilmiy-malumotnoma xaritalarining yagona tizimini 

(seriyasini) yaratish rejalarini ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirish; Butun 

mamlakatni, Qoraqalpog’iston Respublikasini, aloh’ida viloyatlarni kompleks 

atlaslarini yaratish, iqtisodiuotni va madaniyatni rivojlantirishni rejalashtirish 

uchun zarur bo’lgan tizim xaritalarini tayuorlash; o’rta umumtalim muassasalari va 

oliy o’quv yurtlari uchun yagona dastur asosida tizim xarita va atlaslarni yaratish 

va nashr qilish va boshqalar. 

Kartografik ishlarni yaxshilash, kartografik asarlarni yaratishni tezlatish va 

ularni ilmiy asosda qatiy reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun bu 

ishlarni amaliy koordinatsiya qilish lozim. 

 

1.3. Xaritalarning ilmiy va amaliy ah’amiyati. 

 

Shubh’asiz,  kartografik  asarlar (plan, geografik xarita, atlas, globus va 

boshqalar)  insoniyatning  buyuk   ijod   mah’s ul i qatoriga kiradi. Zero, ular 

tabiatni bilish va o’zgartirishning ajoyib vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ularga 

muxandislar va tadqiqotchilar, geologlar va agronomlar, olimlar va xarbiylar 

murojaat etadilar va ularning h’ar biri o’zining qiziqtirgan savollarga kerakli 

javoblarni undan topa oladilar. 

Geografik xarita va atlaslar bugun bizni h’auotimizdan mustah’kam o’rin 

olgan. Xaritalarni h’ar kuni gazetalarda, jurnallarda, oynai jah’on ekranlarida 

ko’ramiz. Chunonchi xorij xabarlari, h’aftaning muh’im voqealari, ob-h’avo 

bashorati, mamlakat ichidagi h’olat h’aqidagi xabarlar, dala ishlari va ulkan 

qurilishlarning borishi h’aqidagi yangiliklar, dam olish kunlariga mo’ljallangan 

turistik safarlar h’aqidagi maslah’atlar va boshqa shu kabi malumotlarni xaritasiz 

tushunish qiyin. Shu sababli bunday xabarlar xaritasiz berilmaydi. 



Tarix, ayniqsa geografiya fanini o’qitishda xaritaning ah’amiyati nih’oyatda 

katta. Bu o’quv predmetlarini xaritasiz o’rganishni h’atto tasavvur qila olmaymiz. 

Ular na faqat ko’rgazmali qurol, balki joy to’g’risidagi bilimlarning kitob kabi boy 

manbai h’amdir. Zero, xaritalar bilan ishlash o’quvchilarga ijodiy tasavvur qilishni, 

uodda saqlashni, mantiqan fikrlashni, tah’lil qilishni, taqqoslashni, o’zaro 

bog’liqlikni o’rganishni, xulosa qilish yo’llarini o’rgatadi. Kartografik asarlardan 

maktabda o’quvchilarning faolligini oshirishda, geografiyani kundalik h’auot bilan 

bog’lashda, ularni vatanparvarlik ruh’ida tarbiyalashda asosiy qurol sifatida 

foydalanish mumkin. Har qanday geografik tadqiqot xarita bilan boshlanib, xarita 

bilan tugallanadi. Xaritalar Ona sayuoramiz Er h’aqidagi juda boy malumotlarni 

qamrab olgan  bo’ladi. Ular asosida quruqlik va okeanlarning o’zaro joylanishi, 

h’ududiy uyg’unligi, katta-kichikligi, balandligi, mamlakatlar orasidagi transport-

iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni, qushlarning bir joydan ikkinchi joyga uchib 

o’tishini va shuningdek boshqa shu kabi voqea va h’odisalarni o’rganish, tah’lil 

qilish va bilish mumkin. Binobarin, xaritalardan dunuo okeanining tagi, Er 

qobig’ining tuzulishini, jangovor yurishlarni, doimiy qor va muzliklar bilan 

qoplangan h’ududlarni ko’rish mumkin va h’atto kelajakka h’am nazar tashlasa 

bo’ladi. 



 

Adabiuotlar 

 

1. Vaxrameeva L.A. Kartografiya.-M.: İzd-vo «Nedra», 1981,   3-10 betlar. 



2. Salih’ev K.A. Kartografiya.-M.: Vo’sshaya shkola, 1982. -1 bob. 4-16 

betlar. 

3. Salih’ev K.A. Kartovedenie.-M.: İzd-vo MGU. 1990. -1 bob. 4-12 betlar. 

4. Spravochnik po kartografii.-M.: İzd-vo «Nedra», 1988.  -1 bob. 4-39 betlar. 

 

İkkinchi mavzu. XARİTALARNİ MATEMATİK ASOSİ 

 

Maruza rejasi:  

Kirish. 

2.1. Kartografik proektsiyalar h’aqida tushuncha. Kartografik proektsiyalarni 

xatoliklari xususiyati bo’yicha klassifikatsiyasi (tasnifi). 

2.2. Teng burchakli, teng yuzli (maydonlari bir xil) va ixtiuoriy (teng oraliqli) 

proektsiyalar va ularni xususiyatlari. 

2.3.  Ёrdamchi geometrik yuzadan foydalanish usuli bo’yicha proektsiyalarni 

tasnifi. Tslindrik, konusli va azimutal proektsiyalar, ularni xususiyatlari. 

2.4. Proektsiyalarni tanlash to’g’risida. Dunuo, yarim sharlar, materiklar va 

ularni aloh’ida yirik qismlari uchun ko’proq ishlatiladigan proektsiyalar. 

Topografik xaritalarni proektsiyalari. 

2.5. Koordinata to’rlari. Masshtablar. Ko’p varaqli xaritalarni razgrafkasi va 

nomenklaturasi. Komponovka. 

Xulosa. 

 

Talim-tarbiyaviy vazifasi: talabalarni «Kartografiya va geografik xaritalar» 

mavzuida olgan bilimlarini kengaytirish va chuqurlatish; xaritalarni matematik 

asos elementlariga atroflicha tavsif berish; xaritalarni tuzishda ishlatiladigan bazi 

bir proektsiyalarni xususiyatlarini o’rganib chiqish asosida bu bilimlarni amalda 

qo’llash bo’yicha talabalarda zarur ko’nikma h’osil qilishga ko’maklashish. 



Jih’ozlar; o’quv globuslari, tsilindrik, konusli, azimutal proektsiyalardagi 

xatoliklarni tavsiflovchi jadvallar, h’ar xil ko’rgazmali qurollar, shuningdek, xarita 

va atlaslar, kodoskop va boshqalar. 

 

2.1. Kartografik proektsiyalar h’aqida tushuncha. Kartografik 



proektsiyalarni xatoliklari xususiyati bo’yicha tasniflash. 

 

Xaritani matematik asosi-xaritani matematik elementlari majmuidan tarkib 

topib, ular tasvirlanauotgan yuza va xarita o’rtasidagi matematik aloqani 

belgilaydilar.  Proektsiya,  masshtab,  geodezik  asos,  shuningdek komponovka  va 



razgrafka sistemasi xaritaning matematik asos elementlari  bo’lib h’isoblanadi. 

Yuqoridagi elementlar Er yuzasini tekislikda (qog’ozda) tasvirlashda karkas 

(qobirg’a) vazifasini bajaradilar. Boshqacha aytsak xaritani matematik asos 

elementlari-Er yuzasini tekislikda malum matematik qonun va qoida asosida to’g’ri 

va aniq tasvirlash imkonini beradi. Masshtab kartografik modelni (yani xaritani) 

fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Xaritada o’lchash mumkin bo’lgan aniqlik, xarita 

mazmunini mukammalliligi, binobarin kartografik tasvirni aniqligi bevosita uning 

masshtabiga bog’liq bo’ladi. Xarita masshtabini yirik uoki maydaligi uni 

maqsadiga qarab belgilanadi. 

Ellipsoid uoki shar yuzasini tekislikda matematik to’g’ri aks ettirishga k a r t 



o g r a f i k   p r o e k ts i ya deyiladi. 

Xarita tuzishda dastlab meridian va parallel chiziqlari chiziladi va ular bir-biri 

bilan kesishib kartografik to’r h’osil qiladi. So’ngra bu to’rga planli asos (tayanch) 

punktlari tushiriladi. Shundan keyin u boshqa geografik obektlar bilan to’ldiriladi. 

Har bir aloh’ida olingan xaritaning kartografik to’ri shu xaritaning oldiga qo’ygan 

maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan h’olda malum bir proektsiyada chiziladi. 

Kartografik to’r chizilganda tasvirlanishi kerak bo’lgan xudud dastlab tuzilauotgan 

xarita masshtabidagi globus yuzasiga (sirtiga) tushirilgan deb faraz qilinadi. 



G l o b u s-Er sharining kichraytirilgan modeli bo’lib, Erning tashqi qiuofasini 

h’amda uning yirik qismlari (quruqliklar, okeanlar, ularning bo’laklari) nisbatini 

eng to’g’ri va ko’rgazmali qilib tasvirlaydi. Chunonchi, globus dunuo okeani va 

materiklar qiuofasi h’amda ularning bir-biriga nisbatan qanday joylashganligi 

to’g’risida aniq tasavvur beradi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari 

bo’lmaydi, shuning uchun undagi obektlarni bir-biriga taqqoslash mumkin. Globus 

yuzasining h’amma qismida masshtab bir xil, yani o’zgarmas bo’ladi.  

Xarita h’am globusni o’zi uoki uning bir qismidir. Ularni farqi shundaki 

xaritada Er yuzasi tekis qog’ozda tasvirlanadi. Biroq sferik (egri) yuzani tekislikka 

tushirganda bu yuzaning xaritadagp maydonida, shaklida, burchaklarida va 

uzunliklarida xar xil xatoliklar ro’y beradi. 

Har qanday h’olatda Er yuzasini tekislikda tasvirlaganda ikkita asosiy talab 

albatta bajarilgan bo’lishi lozim, chunonchi  t a s v i r n i   b i r   x i l l i g i  va  u z 

l u k s i z l i g i taminlangan bo’lishi shart. Bu demak birinchidan Er yuzasidagi 


h’ar bir nuqtaga xaritada faqat bitta nuqta mos kelishi kerak va ikkinchidan 

kartografik tasvirda uzilgan joylar (erlar) bo’lishi kerak emas. Bu talabni bajarish 

uchun kartograf uzilgan joylarda teng cho’zish va aksincha bekilib (yani ustma-ust 

tushib, uopilib) qolgan joylarda esa-teng siqish ishlarini amalga oshiradi. Teng 

cho’zilish uoki teng siqilish natijasida kartografik tasvirda quyidagi xatoliklar 

vujudga (yuzaga) keladi:  

1. Uzunliklar xatosi;  

2. Burchaklar xatosi;  

3. Maydonlar xatoligi; 

 4. Shakl xatoligi. Xaritada kartografik tasvirni xatoligi bo’lmagan chiziqlar 

uoki nuqtalarga nol xatolikdagi chiziqlar uoki nuqtalar deyiladi. Kartografik 

proektsiyadagi teng xatolikdagi chiziqlarga   i z o k o l l a r  deyiladi. 



Uzunliklar xatosi shundan iboratki, xaritadagi chiziqlarning masshtabi ularni 

h’olati (o’rni) h’amda yo’nalishi o’zgarishi bilan o’zgaradi. Masalan, ayrim 

xaritalarda parallellarning uzunligi bir xil va aynan o’sha meridianlarni orasida Er 

yuzasidagi kabi ekvatordan qutblarga tomon uzoqlashilgan sari qisqarib 

bormasdan, balki ekvatordagi uzunligi qanday bo’lsa xuddi shundayligicha 

saqlanib qoladi. Ёki Er yuzasidagi bir xil uzunlikdagi meridianlar xaritalarda xar 

xil qiymatga ega bo’lgan uoylar ko’rinishda tasvirlanadi. Xaritani masshtabi 

xaritadagi nih’oyatda kichik kesma uzunligining Er yuzasidagi shunga mos 

uzunlikka bo’lgan nisbatini ifoda etadi. U proektsiyani malum joylarida (nuqta 

uoki chiziqda) saqlanib qoladi va xaritaning bunday joylaridagi masshtabga bosh 

masshtab (uoki umumiy masshtab) deyiladi. Xaritalarda h’ar doim aynan ana shu 

bosh masshtab ko’rsatiladi. Proektsiyalarni qolgan boshqa h’amma joylarida 

masshtablar bosh masshtabdan farq qiladi va ular         x u s u s i y  m a s sh t a b 

deb yuritiladi. 



Burchaklar xatosi shundan iboratki, xaritadagi burchaklar Er yuzasidagi 

shunga mos burchaklarga teng bo’lmaydi. Burchaklar xatoligi konturlarning 

shaklidagi xatolikni keltirib chiqaradi. Xaritadagi figuralar er yuzasidagi shunga 

mos figuralar shakliga o’xshamaydi, shuning uchun xarita bo’yicha u uoki bu 

geografik obektni xaqiqiy shakli tug’risida fikr yuritish mumkin emas.  


Maydonlar xatoligi  shundan iboratki. xaritadagi maydonlar masshtabi joy 

o’zgarishi bilan o’zgaradi. Masalan, ayrim xaritalarda ekvatordan qutblarga tomon 

uzoqlashauotgan paytda kartografik to’r trapetsiyalarining maydoni aslidagiga 

o’xshab nafaqat kichrayadi xatto kattalashadi. Bu esa xaritani h’ar xil joyida 

joylashgan h’ar xil figuralarni maydonini o’lchashni h’amda ularni maydoni 

bo’yicha bir biriga taqqoslashni qiyinlashtiradi.  



Shakl xatoligi shundan iboratki, obektlarni xaritadagi shakli (figurasi) joydagi 

o’ziga mos geografik obektlarni shakliga (figurasiga) o’xshamaydi. 

Kartografik proektsiyalar nazariyasida Er ellipsoidi yuzasidagi cheksiz kichik 

doirachalar tekislikda ellips bilan tasvirlanadi va x a t o l i k l a r  e l l i p s i deb 

yuritiladi. 

Xaritadagi xatoliklarni h’amma turlari bir-biri bilan bog’langan va ulardan 

bittasini o’zgarishi ayni paytda boshqasini o’zgarishga olib keladi. Xaritada ular 

xuddi bir-biriga qarama-qarshi turgandek va ulardan bittasini kamayishi o’sha 

paytni o’zida boshqasini kattalashishiga olib keladi.  

Bir paytni o’zida h’am maydonlar tengligini h’am shakllar (figuralar) 

o’xshashligini va chiziqlar uzunligini saqlab qoladigan kartografik proektsiya yo’q.  

Kartografik proektsiyalarni tasniflash ikkita bir-biriga bog’liq bo’lmagan 

asosiy belgilar bo’yicha amalga oshiriladi:  

1) Xatoliklar xarakteri (xususiyati) bo’yicha va 2) uordamchi geometrik yuzadan 

foydalanish usuli (kartografik to’rni tuzish) bo’yicha. Kartografik proektsiyalar 

xatoliklar xarakteriga ko’ra teng burchakli, teng maydonli va ixtiuoriy 

proektsiyalarga bo’linadi. 

2.2. Teng burchakli, teng yuzli (maydonlari bir xil) va ixtiuoriy (teng oraliqli) 

proektsiyalar va ularning xususiyatlari. 


Download 407.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling