O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 179-bet
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- 16.2. Agiografik asarlar tavsifi. 16.2.1. «Tazkirayi Bug’roxoniy»
- 16.2.2. «Manoqibi xoja Yusuf Hamadoniy»
- 16.2.3. «Risolayi shayx Najmiddin Kubro»
- 16.2.4. «Manoqibi Amir Kulol»
- 16.2.5-7. Xoja Muh’ammad Porsoning «Maqomati xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-xitob», «Risolayi qudsiya» va boshqa asarlari
- 16.2.8. «Manoqibi Xoja Bah’ouddin Naqshband»
- 16.2.9. «Maqomoti xoja Ah’ror»
- 16.2.10. «Rashah’otu ayn ul-h’aёt»
- 16.2.11. «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon»
- 16.2.12. «Jomi ul-maqomoti Mah’dumi Azam Kosoniy»
15.4 Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 179-bet 1. B.A.Ashmedov «Izbekiston tarixi manbalari».-T.: I=ituvchi, 2001. 2. Ñîáðàíèå âîñòî÷íıõ ðóêîïèñåé ÀÍÐÓZ. Èñòîðèÿ. Ñîñòàâèòåëè Ä.Yu.Þñóïîâà, Ð.Ï.Äæàëèëîâà-Ò.: Fan. 1998. 3. Rukopisnaya kniga v kulture narodov Vostoka. Ocherki Red. O.F.Akimushkin i dr. Kniga pervaya.-Moskva.: «Nauka», 1987; Kniga vtoraya.-Moskva: 1988. 4. Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè (èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 15.5.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 1. Biografiya ёki biografik asar deganda nimani tushunasiz? 2. Qanday biografik xarakterga ega bwlgan asarlarni bilasiz? 16-mavzu. Agiografik asarlar, manoqiblar ёki h’olotlar. Darsning mazmuni: Jamiyat h’aёtidagi din va diniy arboblarning roli, ular twg’risidagi adabiёtlar h’aqida talabalarga tushuncha berish. Reja: 16.1. Agiografik asarlar xususiyalari. 16.2. Agiografik asarlar tavsifi. 16.3. Adabiёtlar rwyxati. 16.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: Tazkira, monokib, h’olot, risola, shayx, imom, tasavuf, murid, murshid, eshon, said, xwja, silsila, tariqot, Rashah’ot, maqolat. 16.1. Agiografik asarlarning umumiy xususiyatlari. Manoqiblar ёki h’olotlar yirik din va jamoat arboblari va tariqat peshvolarining h’aёti va faoliyati, ularning karomatlari h’aqidagi biografik asarlardir. Manoqiblar ustida ishlash shuni kwrsatadiki, ularda wta qimmatli ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va madaniy h’aёtga oid dalillar va malumotlar kwp 189 uchratish mumkin 104 . Shunga qaramay, bu xildagi manbalardan foydalanish ishini yaxshi deb bwlmaydi. Mutaxassislar, umuman tarixshunos-manbashunoslar etiboriga manoqiblar va h’olotlarning bazilari twg’risida malumotlar keltirildi. 16.2. Agiografik asarlar tavsifi. 16.2.1. «Tazkirayi Bug’roxoniy» «Tazkirayi Bug’roxoniy» («Bug’roxonning h’aёt ywli va aytganlari») Ah’mad ibn Sadulla al-Wzgandiy qalamiga mansub asardir. Kitob mashh’ur Qoraxoniylardan Sotuq Bug’roxon (vafoti 955 y.)ga bag’ishlangan. Asarda Uvaysiya tariqati va unga ergashgan toliblarning, shular qatori Sotuq Bug’roxonning h’am tarjimai h’oli berilgan. Asar «Uvaysiya» (mashoyixlari)ning tarjimai h’oli» deb h’am ataladi. «Tazkirayi Bug’roxoniy» ilk tariqatlardan bwlmish Uvaysiya tariqati tarixi va Wrta Osiёda islom dini tarqalishi tarixini wrganishda muh’im manbalardan biri bwlib h’izmat qiladi. Asar matni chop etilmagan. Qwlёzma nusxalari WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. 16.2.2. «Manoqibi xoja Yusuf Hamadoniy» «Manoqibi xoja Yusuf Hamadoniy» («Xoja Yusuf Hamadoniyning h’aёt ywli») nomli asar muallifi Xojagon tariqatining asoschisi va nazariyachilaridan biri Abduxoliq ibn Abduljamil G’ijduvoniy (vaf.1179 y.) bwlib, u ushbu asarini ustozi xoja Yusuf Hamadoniyning h’aёt ywli va talimotiga bag’ishlagan. Asarning yana bir boshqa nomi «Risolayi shayx ash-shuyux h’azrat xoja Abu Yusuf Hamadlniy» («Mashoyixlar shayxi h’azrat xoja Yusuf Hamadoniy h’aqida risola») deb h’am ataladi. Asarning yaxshi bir qwlёzma nusxasi WzR FA Sharqshunoslik institutida mavjud. 16.2.3. «Risolayi shayx Najmiddin Kubro» «Risolayi shayx Najmiddin Kubro» («Shayx Najmiddin Kubro risolasi») kubroviya tariqatining asoschisi shayx va shoir Najmiddin Kubro (1221 y. Gurganjni mwg’ullardan mudofaa qilish vaqtida jangda h’alok bwlgan) qalamiga mansub asar. Hajm jih’atidan uncha katta bwlmagan, h’ammasi bwlib 9 varaq, bu asarda tasavvuf h’aqida fikr yuritiladi, muallif wzining shaxsiy kechinmalari va ruxiy iztiroblarini baёn qiladi. Asarning yaxshi bir qwlёzma nusxasi WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanadi. 16.2.4. «Manoqibi Amir Kulol» 104 Аҳмедов Б.А. Жития мусульманских святых, как исторический источник// «Источниковедческие изыскания», Т. 11,- Тбилиси, 1988.-стр. 207-214. 190 «Manoqibi Amir Kulol» («Amir Kulolning h’aёt ywli») asari naqshbandiya tariqatining kwzga kwringan namoёndalaridan biri, h’azrati soh’ibqiron Amir Temurning pirlaridan Amir Kulolning xaёt ywliga bag’ishlangan. Amir Kulol asli Buxoroyi sharifning Suxori qishlog’idan bwlib, ota-bobolaridan tortib kulolchilik bilan tirikchilik wtkazganlar, tariqatda xoja Muh’ammad Boboyi Somosiy (vaf.1354 y.)ning xalfasidir. Asarning muallifi Amir Kulolning nabirasi Shih’obiddindir. Asarning XVII asrda kwchirilgan yaxshi bir qwlёzma nusxasi WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda. «Manoqibi Amir Kulol»ning toshbosma nashrlari h’am bor. 16.2.5-7. Xoja Muh’ammad Porsoning «Maqomati xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-xitob», «Risolayi qudsiya» va boshqa asarlari Xoja Muh’ammad Porsoning h’aqiqiy ismi Muh’ammad ibn Muh’ammad al-Hofiz al-Buxoriy bwlib, 1419 yili Makkada vafot etgan. Naqshbandiya tariqatining nazariёtchi olimlaridan, ushbu tariqat va uning kwzga kwringan namoёndalariga atab bir necha asar ёzib qoldirgan. Ulardan biri «Maqomati xoja Alouddin Attor» («Xoja Alouddin Attorning h’aёt ywli») bwlib, muallif unda Naqshbandiya tariqatining yirik vakillaridan biri Xoja Buzurg – Xoja Bah’ouddin Naqshbandning xalifalaridan biri asli xlrazmlik xoja Alouddin (vaf.1400 y.)ning aytganlari jamlangan. «Maqomati xoja Alouddin Attor» asari nashr etilmagan. Qwlёzma nusxasi WzR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida mavjud. Xoja Muh’ammad Porsoning yana bir asari «Fasl ul-xitob» («Ravshan fikrlar») bwlib, unda etiqod, diniy marosimlar, aqidaparastlik va falsafiy oqimlar h’aqida mutasavvufona fikr yuritiladi. «Fasl ul-xitob» tasavvuf bwyicha qomusiy asar h’isoblanadi. Asarning qwlёzma nusxalari Wzbekiston, shuningdek, Germaniya, Frantsiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida mavjud. 1913 yili amalga oshirilgan toshbosma nashri h’am bor. Xoja Muh’ammad Porsoning piri murshidi xoja Bah’ouddin Naqshbandga atab ёzgan «Risolayi qudsiya» («Qudsiy kalimalar h’aqida risola») asari bwlib, olim bu asarida ustozining aytganlarini zwr etibor bilan jamlagan. Xoja Muh’ammad Porso bu asarini ustozi xoja Alouddin Attorning iltimosi bilan ёzgan. Olimning bulardan boshqa tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan «Mah’aq al-orifin» («Marifatli kishilarni ajratuvchi mah’aq toshi» 105 ), «Tah’qiqot» («Haqiqat izlash») va «Risola» degan asarlari h’am mavjud. 16.2.8. «Manoqibi Xoja Bah’ouddin Naqshband» 105 Маҳақ тоши – кумуш ва олтинларга суртиб, уларнинг соф ёки қалбакилигини аниқлаб берувчи сирли тош. 191 Xoja Bah’ouddin Naqshband, uning h’aёti, aytganlari, karomatlari h’aqida h’ikoya qiluvchi yana bir muh’im asar Abulmuh’sin Muh’ammad Bokir ibn Muh’ammad Alining «Manoqibi xoja Bah’ouddin Naqshband» («Xoja Bah’ouddin Naqshbandning h’aёt ywli») nomli kitobidir. Abulmuh’sin Muh’ammad Bokir bu asarini ёzishda Xojoyi buzurgning yaqin kishidari bilan suh’batlari chog’ida yiqqan malumotlardan va xoja Muh’ammad Porsoning kitoblaridan olingan malumotlardan foydalangan. «Manoqibi xoja Bah’ouddin Naqshband» muqaddima, xotima va uch qismdan (maqsad) iborat. Muqaddimada Xojoyi buzurgning tavallud topishi va kelib chiqishi, birinchi qismda h’azrat eshon faoliyatining boshlanishi, ikkinchi qismda h’azrat eshonning suluklari va aytganlari, va nih’oyat, uchinchi qismda h’azrat Bah’ouddin Naqshbandning kashfu karomatlari baёn etilgan. Xotimada h’azrati buzurgning vafoti xususidadir. Asar Mah’mud Hasanov tarafidan wzbek tiliga tarjima qilingan va zarur izoh’lar bilan 1993 yili nashr etilgan. 16.2.9. «Maqomoti xoja Ah’ror» «Maqomoti xoja Ah’ror» («Xoja Ah’rorning h’aёti») nomli asar naqshbandiya tariqatining yana bir yirik namoёndasi, marifatparvar va raiyatparvar inson xoja Ubaydulla Ah’ror Valining h’aёti, ijtimoiy-siёsiy faoliyatiga bag’ishlangan. Bu kitob eshon buvaning nabirasi xoja Abdullo tomonidan XVI asrda ёzilgan. Xoja Abdullo ёshligidan bobosining xizmatida bwlgan va mazkur asarida h’azrat eshondan wzi eshitgan, uning yaqinlari va mulozimlari, beklar va amirlarning og’zidan eshitgan, shuningdek Temuriyzodalar Sulton Ah’mad (1469-1494 yy.) va Umarshayxdan eshitganlarini qunt bilan twplab kitob h’oliga keltirgan. Asarda Wzbekiston va u bilan qwshni mamlakatlarning XV asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siёsiy va madaniy h’aёtiga oid wta qimmatli malumotlar bor. Kitob nashr etilmagan, uning qwlёzma nusxalari WzR FA Sharqshunoslik institutining xazinasida saqlanmoqda. 16.2.10. «Rashah’otu ayn ul-h’aёt» «Rashah’otu ayn ul-h’aёt» («Haёt chashmasidan tomchilar», 1503 yili ёzib tamomlangan) xoja Ubaydulla Ah’ror h’aqida ёzilgan muh’im bir asardir. Asar muallifi kwpincha as-Safiy (1453-1513 yy.) taxallusi bilan mashh’ur bwlgan iloh’iёt, h’adis, tafsir va adabiёt fanlarini chuqur bilgan olimdir. Uning twla ismi Faxruddin Ali ibn Ali al-voiz al-Koshifiy al-Bayh’aqiydir. Asarlaridan malum bwlishicha, u Bayh’aq (Eron)ning wqimishli xonadonlaridan biriga mansub bwlib, otasi iloh’iёt, tafsir va h’adis ilmiga oid asarlar ёzgan va Naqshbandiya tariqatining etakchilaridan xoja Ubaydulla Ah’ror (1404-1490 yy.), xoja Yah’ё va boshqalarning diqqat etiborini qozongan kishidir. As- Safiyning wzi xoja Ubaydulla Ah’rorning muridlari jumlasidan bwlib, uning kotibi lavozimida ishlagan. Xoja Ah’ror vafot etgandan keyin, temuriy Sulton Husayn xizmatiga kirgan va uning voizi bwlib xizmat qilgan. 192 As-Safiy turli soh’alarga oid 10 ga yaqin asar ёzib qoldirgan. Turli latifa va badialarni wz ichiga olgan «Latoif az-zaroif» («Zarofatli kishilarning latifalari»), «Mah’mud va Oёz» dostoni, al-kimёga bag’ishlangan «Tuxfat ul- xoniy» («Xonning tuxfasi»), «Hirz al-omon min fatan az-zamon» («Zamonning ziyrakligi bilan joduni qaytaradigan tumor»), «Axloqi Muh’siniy», Naqshbandiya tariqatining talimoti va uning yirik namoёndalari h’aёti va faoliyatiga bag’ishlangan «Usuli Naqshbandiya» kabi asarlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, as-Safiy tarjimonlik bilan shug’ullangan. Masalan, u shayx Shih’obuddin Suh’ravardiyning (vaf.1234 y.) «Uyun al- h’aqoiq va ixoh’ al-taroiq» («Haqiqatlar bulog’i va tariqatlar izoh’i») kitobini arabchadan fors tiliga tarjima qilgan. Bu tarjima «Kitob kashf ul-asrori Qosimiy» («Qosimiy sirlarining kashf etilishi h’aqida kitob») nomi bilan malum. As-Safiy Sharqda mashh’ur bwlgan «Kalila va Dimna» asarini h’am qayta ishlagan va unga «Anvori Suh’ayliy» («Suh’ayl yulduzining nurlari») deb nom bergan. Wzbekistonning XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda as-Safiyning ayniqsa «Rashah’ot» asari muh’im wrin tutadi. Asar Naqshbandiya tariqati mashoilarining qisqacha tarjimai h’oli h’amda tariqatning yirik namoёndalaridan xoja Ubaydulla Ah’rorning h’aёti va maqomotlarini wz ichiga oladi. As-Safiy wz asarini ёzishda xoja Muh’ammad Porsoning «Fasl ul-xitob», Shih’obuddin ibn Amir Hamza (vaf.1405 y.)ning «Maqoqoti Amir Kulol», Muh’ammad al-Buxoriyning (XII asr) «Maslak ul-orifin», Mavlono Muh’ammad qozining (vaf.1516 y.)ning «Silsilat ul-orifin va tazkirat as-siddiqin» asarlaridan foydalangan. Lekin asarning katta qismi, yani xoja Ubaydulla Ah’rorning h’aёti va faoliyati h’aqidagi qismi, muallifning shaxsiy kuzatuvlari va swrab-surishtirib twplagan malumotlari asosida ёzilgan. «Rashah’ot» qisqacha swz boshi-debocha, kirish-maqola va uch qismdan iborat. Swz boshida mazkur asarning ёzilish sabablari, muallifning ismi sharifi, asarning ёzilib tamomlangan vaqti, shuningdek, xoja Ubaydulla Ah’rorning Naqshbandiya tariqatiga munosabati h’aqida swz boradi. Kirish qismida Naqshbandiya tariqati mashoyixlarining, xoja Yusuf Hamadoniydan to mavlono Shamsuddin Ruh’iygacha qisqacha tarjimai h’oli baёn qilingan. Asarning I-III qismlarida xoja Ubaydulla Ah’ror va uning farzandlari, xoja Zikriё, xoja Yah’ё, shuningdek, zoja Ah’rorning yaqin muridlarining h’aёti va maqomotlari h’aqida h’ikoya qilinadi. «Rashah’ot»ning biz uchun qimmatli tomoni shundaki, unda, ayniqsa asarning uchinchi qismida, Wzbekistonning XV asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siёsiy avoliga oid qimmatli malumotlar mavjud. Xoja Ubaydulla Ah’rorning er- suvlari va boshqa mulki, tamg’a solig’i, xorijiy mamlakatlar bilan bwlgan savdo- sotiq aloqalari va mamlakatda kuchayib ketgan wzaro kurash va bunda musulmon ruh’oniylari, xususan xoja Ah’rorning ishtiroki h’aqidagi malumot va xabarlar shular jumlasidandir. 193 «Rashah’ot» Hindistonda 1890, 1897 va 1906 yillari h’amda Toshkentda 1911 yili chop etilgan. Asar arab, 1852, 1889 yillari h’amda turk tiliga 1888 yili tarjima qilingan. XVI-XVIII asrlarda ёzilgan maqomotlar h’am bir talay. Ular h’am biografik asarlar sirasiga kiradi. Ularning kwplari XVI asrga oiddir. Mah’dumi Azam Kosoniyning nabirasi xoja Abulbaqoning qaoamiga mansub bwlgan «Jomi ul-maqomoti Mah’dumi Azam Kosoniy» («Mah’dumi Azam Kosoniy maqomotlari majmui»). Muh’ammad Rah’im tarafidan ёzilgan «Siroj us-salokin va latoif ul-orifin» («Twg’ri ywldan boruvchilar uchun chirog’ va donolarning lutf swzlari»). Dwstmuh’ammad al-Buxoriyning «Juybor ul-asror» («Kwp irmoqli manzilning siru asrorlari»). Husayn ibn Mir Husayn Saraxsiyning «Manoqibi sadiya» («Xoja)Sadning maqomotlari»), Muh’ammad Tolib ibn xoja Tojiddinning «Matlab ut-tolibin» («Toliblar matlabi») kitobi, Badriddin Kashmiriyning «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» («Jannat bog’i va changalzor mah’ramlari»), XVII-XIX asrlarda ёzilgan asarlardan Muh’ammad Qosimning «Nasimot ul-quds» («Qudsiylikning mayin shabadasi»), Muh’ammad Avazning «Ziё al-qulub» («Qalblar ziёsi»), xoja Hoshim Kishmiyning «Zubdat ul-maqomot» («Maqomotlar zubdasi»), Sayid Ali Zindaning «Samarot ul- mashoyix» («Mashoyixlar natijasi»), Muh’ammad Toh’ir ibn Muh’ammad Tayyib Xorazmiyning «Silsilati xojagoni Naqshbandiya» («Naqshbandiya xojalarining silsilasi») shular jumlasidandir. XVI-XVII asrlarda yaratilgan uch-twrt asarga aloh’ida twxtalamiz. 16.2.11. «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» («Jannat bog’i va changalzor mah’ramlari») asari Badriddin Kashmiriy qalamiga mansub bwlib, unda XVI- XVII asrlarda Wzbekistonda va qwshni mamlakatlar, Xuroson, Shimoliy Hindiston va Koshg’arning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta nufuzga ega bwlgan Juybor xojalari, xususan xoja Muh’ammad İslom (1493-1563 yy.), xoja Sad (1531/32- 1589 yy.) va xoja Tojiddin Hasan (1574-1646 yy.)larning h’aёti va faoliyati h’aqida h’ikoya qilinadi. Kitob XVII asrning birinchi yarmida ёzib tamomlangan. Asar muallifining twla nomi Badruddin ibn Abdussalom ibn sayyid İbroh’im al-Husayniy al-Kashmiriydir. Asar muqaddimasida wzi keltirgan malumotlarga qaraganda, asli kashmirlik bwlib, 1554 yili Buxoroyi sharifga kwchib kelgan va xoja Muh’ammad İslomning shaxsiy kotibi sifatida xizmatiga kirgan. Uning vafotidan keyin wg’illari xoja Sad va xoja Tojiddin Hasanlarning xizmatida (uning faoliyatining boshida) bwlgan. Asar mazmuni, uslubi va unda turli mavzu bwyicha twplangan maoumotlardan kwrinishicha, Badriddin Kashmiriy keng malumotli, tarix, sheriyat, insho ilmlarini chuqur egallagan kishi bwlgan. U «Ravzat ar- rizvon»dan boshqa «Shami dilafrwz» («Dilni ravshan qiluvchi chirog’», 1568/69 yili ёzilgan), “Meroj ul-komilin” (“Komil kishilarning merojga kwtarilishi”, 1573/74 yili ёzib tamomlangan), “Ravzat ul-jamol” (“Gwzal bog’”, 1575/76 y. ёzib tamomlangan), “Bah’r ul-avzon” (“Vaznlar wlchovi”, 1583 y.) va 194 “Rasulnoma” (1593 y.) kabi nazmiy va nasriy asarlar ёzib qoldirgan. Swnggi asarining twrtinchi qismi “Zafarnoma” sheriy doston bwlib, unda Shayboniy Abdullaxon soniyning tarixi baёn qilingan. “Ravzat ur-rizvon” – katta 552 varaqdan iborat asar bwlib, muqaddima, xotima va etti bobdan tashkil topgan. Muqaddimada xoja Muh’ammad İslomning avlod-ajdodi, h’azrat eshonning xulq-atvori, xoriq odatlari va olijanob fazilatlari h’aqida malumotlar keltiriladi, Badriddin Kashmiriyning Buxoroga kwchib kelish sabablari, mazkur asarning twrt yil ichida ёzib tamomlanganligi va buning evaziga h’azrat eshondan 2.500 Abdullaxoniy kumush tanga va boshqa inomlar olgani h’aqida gap boradi. Birinchi bobda Movarounnah’rning XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy h’aёti, 1556 yili Buxoroning Abdullaxon soniy tarafidan ishg’ol etilishi, Abdullaxonning g’alabalari va bunda xoja Muh’ammad İslomning ishtiroki va wrni h’aqida qimmatli, kwp wrinlarda tarixiy asarlarda uchratish qiyin bwlgan malumotlar mavjud. Asarning ikkinchi bobi wta qimmatli. Unda Shayboniy sultonlar – Muh’ammad Amin sulton, Dinmuh’ammad sulton, Xisrav sulton, Abduquddus sultonlarning xoja Muh’ammad İslom va xoja Sad nomiga ywllagan arznomalari va Buxoro, Samarqand, Marv va Badaxshon shoirlari Mushfiqiy, Mah’ramiy, Shuuriy, Vosifiy, Sabriy va boshqalarning h’azrat eshon – xoja Muh’ammad İslom va xoja Sadlar sharafiga bitgan sherlaridan namunalar keltirilgan. Bu erda keltirilgan arznomalar, shuningdek xon va sultonlarning farmonlari asosan uch masala; 1) Buxoro xonligining XVI asrdagi ichki ah’voli, yani markaziy h’ukumat bilan ulus, viloyat, wlka h’okimlari wrtasidagi munosabat, 2)xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy ah’voli, 3) Buxoro xonligi bilan Eron, Shimoliy Hindiston va Koshg’ar wrtasidagi munosabatlari masalasiga twxtalingan. Arznomalar va sherlar Wzbekistonning XVI asrdagi ijtimoiy- iqtisodiy h’aёti va madaniyatini wrganishda katta ah’amiyatga ega. Asarning uchinchi va twrtinchi boblarida xoja Muh’ammad İslomning XVI asr 60-yillari boshidagi h’aёti va faoliyati bilan bog’liq malumotlar keltiriladi, shuningdek, Juybor xojalarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy h’aёtidagi ishlari h’aqidagi malumotlar wrin olgan. Bu malumotlarning kwpchiligi h’atto shu masalalarni maxsus wrgangan tadqiqotchilarga h’am malum bwlmasa kerak 106 . “Ravzat ur-rizvon”ning beshinchi bobi h’am ёzishmalarga bag’ishlangan. Bu bobda Abdullaxonning xoja Muh’ammad İslom va xoja Sadga ywllagan 100 dan ortiq maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olimlar va viloyat h’okimlari, shuningdek, Hindiston, Eron va Koshg’ar h’ukmdorlarining Juybor xojalariga ywllagan maktublarining nusxalari keltirilgan. Bular orasida h’azrat xojalarga inom etilgan mulklar, h’azrat eshonning erlarini obod qilish yumushiga 106 Из архива шейхов Джуйбари. Материалы по земельным и торговым отношениям Средней Азии ХVI века. Под редакцией Е.Э.Бертельса.-М.-Л.; 1938; Иванов П.П. Хозяйства Джуйбарских шейхов. К истории землевладения Средней Азии ХVI-ХVII вв.,-М.-Л.; 1945. 195 ah’olini majburiy safarbar qilish va deh’qonlarni erga biriktirish h’aqidagi farmonlarning nusxalari keltirilgan. Juyboriy xojalarga sher, qasidalar, masnaviylar, tarixlar bag’ishlagan shoirlar Meh’riy Buxoriy, Rah’imiy Samarqandiy, Masih’o, Foniy, Hofiz Husayn, Meh’riy, Hofiz İbroh’im va boshqalarga asarning oltinchi bobi bag’ishlangan. Tarixda Abdullaxon va Juyboriy shayxlar qurdirgan binolar h’aqida muh’im dalil va malumotlar keltirilgan. Asarning swnggi, ettinchi bobida Buxoro xonligining xoja Sad va Abdullaxon davridagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqida muh’im, diqqat etiborga sazovor malumotlar keltiriladi. “Ravzat ur-rizvon”ning yaxshi va yagona qwlёzmasi WzR FA Sharqshunoslik insititutining xazinasida 2094 raqami ostida saqlanmoqda. Asar h’ali biron xorijiy tilgan tarjima qilinmagan. Uning twg’risida B.Ah’medov va İ.Saidah’medov maqolalari elon qilingan. 16.2.12. «Jomi ul-maqomoti Mah’dumi Azam Kosoniy» «Jomi ul-maqomoti Mah’dumi Azam Kosoniy» («Mah’dumi Azam Kosoniy maqomotlari majmui») asari Naqshbandiya tariqatining yirik namoёndalaridan biri xoja Ah’mad ibn Mavlono Jaloliddin Kosoniy (1461/62- 1542 yy.)ning h’aёti va faoliyatiga bag’ishlangan. Mah’dumi Azam Kosoniy yirik tariqat etakchisi bwlishi bilan bir qatorda, sermaxsul olim edi. U axloq, siёsat va iloh’iёtga oid «Tanbeh’ us-salotin» («Sultonlarga nasih’at»), «Asror ul-nikoh’» («Nikoh’ sirlari»), «Rsolayi samoiya» («Darveshlar uchun ixtiro etilgan musiqalar»), «Risolayi vujudiya» («Chin h’aqiqat h’aqida risola»), «Odob us-solikin» («Darveshlar odobi h’aqida»), «Odob us-siddiqin» («Sodiq kishilar odobi»), «Ganjnoma», «Risolayi bakoiya» («Kwz ёshi twkib tavba qilish h’aqida risola»), «Nasih’at ul-solikin» («Swfiylik ywlidan boruvchilar uchun nasih’at»), «Risolayi zikr» («Zikr h’aqida risola»), «Risolayi baёni silsila» («Naqshbandiya tariqati boshliqlari silsilasi»), «Risolayi chah’or kalima» («Abduxoliq G’ijduvoniy aytgan twrt kalima h’aqida risola»), «Risolayi botixiya» («Wzini narigi dunёdagi h’aёtga h’ozirlash h’aqida risola»), «Mirot us-safo» («Poklik kwzgusi»), «Zubdat us-solikin va tanbeh’ us- salotin» («Swfiylik ywlidan boruvchilar uchun zubda va sultonlar uchun tanbeh’»), «Risolayi Boburiya» kabi 30ga yaqin asar ёzib qoldirganlar. Mah’dumi Azam Kosoniyning ilmiy merosi yashi wrganilmagan. Bu ulug’ zotning h’aёti va faoliyatiga bag’ishlangan «Jomi ul-maqomot» asarini olimning nabirasi xoja Abulbaqo ibn Bah’ouddin ёzgan. Asar Mah’dumi Azam Kosoniyning yaqin xalifalaridan Ali Axsikatiy, mavlono Dwst sah’h’of, mavlono Boboyi h’ujrador, Hofiz İbroh’im va boshqalarning bergan malumotlar«Jomi ul-maqomotiga asoslanib ёzilgan. Asarda keltirilgan bazi malumotlarga qaraganda, xoja Abulbaqo keng malumotli va wziga twq odam bwlib, savdo-sotiq bilan h’am mashg’ul bwlgan. Uning karvonlari Movarounnah’r bilan Balx, Hindiston va Koshg’ar wrtasida qatnab turgan. Wzi Shayboniy Abdulazizxon (1540-1549 yy.)ning qwlida masul, h’ukmgar lavozimida turgan. Keyincha Farg’ona h’ukmdori Muh’ammadshoh’ 196 nomidan Qozoq sultoni h’uzuriga elchi bwlib borgan, swng 1556 yili, Abdullaxon soniy Buxoroni qamal qilib turganida Buxoro h’okimi Burxon sulton va nomi yuqorida zikr etilgan, xoja Muh’ammad İslomning iltimoisi bilan uning wrdasiga elchi bwlib borgan va sulx tuzish xususida xon bilan muzokara olib borgan. «Jomi ul-maqomot» qisqacha ananaviy swz boshi, xotima va uch bobdan iborat. Birinchi bobda Mah’dumi Azam Kosoniyning Muh’ammad payg’ambarga ulangan shajarasi va ulug’ bobolari h’aqida qisqacha malumot keltirilgan. İkkinchi va uchinchi boblar twlig’icha Mah’dumi Azam Kosoniyning h’aёti, faoliyati va karomatlari h’aqida h’ikoya qiladi. Xotimada h’azrat eshonning h’aёti oxiri va uning 1542 yil 7 may kuni yuz bergan vafoti tafsiloti baёn etilgan. Asarda quyidagi tarixiy malumotlar wrin olgan. XVI asrning birinchi yarmi Shayboniy sultonlarning wz uluslarida h’ukmronligini twla wrnatish ywlida olib borgan kurashlari, masalan, Kwchkinchixon, Jonibek sulton, Dwstmuh’ammad sulton va Kepak sultonlarning Farg’ona ustiga yurishi, Toshkent h’okimi Navrwz Ah’mad-Baroqxonning, Samarqand h’okimi Abdullatif sulton bilan birgalikda Buxoro ustiga qilgan yurishi, Suyunchxojaxonning Toshkentga yurishi va Toshkentning qamal qilinishi, Suyunchxojaxon bilan Koshg’ar xoni Sulton Saidxon wrtasida Toshkent uchun bwlgan kurash, yuqorida nomi tilga olingan Sulton Saidxonning Axsi, Andijon va Koson ustiga qilgan xuruji, Suyunchxojaxon, Kwchkinchixon va Ubaydullaxonning Kog’ar xoni Sulton Saidxon bilan olib borgan urushi va Sulton Saidzonning Koshg’ardan qochib ketishi, Toshkent va Qarshi Kosonda XVI asrning 40-yillarida bwlib wtgan xalq qwzg’olonlari h’aqida malumotlarni bu kitobda uchratamiz. Kitobdagi ijtimoiy-iqtisodiy h’aёt h’aqida h’am muh’im malumotlar mavjud. Unda Kwh’ak darёsining bazi yillari twlib-toshib oqishi, ayrim yillarda sath’i pasayishi, ёki wzanining wzgarishi oqibatida qurg’oqchilik sodir bwlishi va uning tevarak-atrofidagi qishloqlarga suv chiqmay qolib, ah’olining iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasida qolishi, qurg’oqchilik yillari Movarounnah’rning ayrim h’ududlarini chigirtka va qora quzg’un bosib ketganligi, shuningbek, Shayboniylar davrida h’am tarxonlik tizimi, bu tizim Amir Temur va Temuriylar davrida keng tarqalgan edi, h’aqida h’am wta muh’im malumotlar usratamiz. «Jomi ul-maqomot»da biografik va geografik malumotlar h’am juda kwp uchraydi. Biografik malumotlardan, xususan Mah’dumi Azam, uning xotinlari va farzandlari h’aqidagi malumotlar diqqat-etiborga sazovordir. Hazrat eshonning bolalari wz vaqtida Movarounnah’r, Koshg’ar va Badaxshonning XKII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta ishlar qilganlar. Masalan, koshg’arlik xotini Bibicha Koshg’ariydan tug’ilgan wg’li xoja İsh’oq (vaf.1599 y.) Koshg’ar xojalari Ofoqxoja va Qoraxojalarning ajdodi bwlgan. Asarda toshkentlik mashh’ur diniy arbob shayx Xovand Tah’ur (taxm.1350 yili vafot etgan)ning avlodlari xoja Muh’ammad Ali, Xoja Xurd, xoja İso va xoja Toh’ir h’aqida h’am etiborga molik malumotlar uchratamiz. Bazi malumotlar 197 orasida XVI asrda wtgan yirik shoir va adabiёtshunos olim Podshoh’xoja va «Abdullanoma» asarining muallifi, Hofizi Tanish Buxoriyning otasi, mavlono Mir Muh’ammad h’aqida keltirilgan malumotlar h’am muh’im ah’amiyat kasb etadi. Asarda keltirilgan geografik malumotlardan Toshkentning Parkent tumanidagi İssiq chashma, Miёnqoldagi Garmakwz, Toshkent-Axsi ywlidagi Qizil qwrg’on, Karmana tumanidagi Xushikiёn va Anuz qishloqlari, Samarqand bilan Toshkent oralig’idagi chwlda joylashgan Ёg’ochlik, Buxoro va Karmana oralig’idagi Jomrabot manzillari h’aqida keltirilgan malumotlar wta muh’imdir. Farg’onaning sharqiy tarafidagi istiqomat qiluvchi qirg’iz qavmlari, ularning h’aёt tarzi va wzaro munosabatlari h’aqidagi malumotlar h’am muh’imdir. «Jomi ul-maqomot» nashr etilmagan, lekin uning qwlёzma nusxalari kutubxonalarda mavjud. WzR Fa Sharqshunoslik instituti xazinasida oltita qwlёzma nusxasi saqlanib turibti. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling