O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Download 0.5 Mb.
bet85/98
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#213903
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98
Bog'liq
Psixologiya - 2012

10.2. Oilada sog'Iom muhit psixologiyasi

  • O'sib kelayotgan shaxsda ijobiy sifatlar shakllanishida oiladagi sog'Iom muhit katta ahamiyat kasb etadi. Oilada sog'Iom muhitning yaratilishi ko'p omillarga bog'liq bo'ladi. Masalan, oila boshliqlari bilan bolalaming o'zaro yaxshi munosabati, xonadon qariyalariga hurmat, e'tibori, oiladagi bolalaming o'zaro munosabatlari, to'g'ri tarbiyalangani, ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o'matilgan to'g'ri tarbiya va yaxshi odatlar, ota-onaning meh- natga, ijtimoiy hayot hodisalariga to'g'ri munosabatda bo'lish kabilar shular jumlasidandir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa, demak, o'sha oiladagi sog'Iom muhitga putur etadi.

  • Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati, o'zlarini tuta bilishlari muhimdir. Oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qili- nishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir-biriga mehri- bonlik, ayniqsa, ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo'lishni o'rgatish otaning muhim vazifasi.

  • Odatda o'g'il bola otasiga, qizlar esa onasiga o'xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o'ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, ona ham bolani tarbiyalashga o'z hissalarini qo'shadilar. Ona g'amxo'r, mehribon, ko'ngilchan uy bekasi bolsa, ota kuch-qudrat, jasurlik, qattiqqo'llik va adolat ramzi. Ota ko'proq bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg'ursa, ona yurish turish, muomala, his-tuyg'u, nafosat uchun tashvishlanadi. Bularning hammasi nisbiy bo'lib, ota ham, ona ham bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy kamoloti uchun baravar javobgar, chunki, ularning birdan-bir maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Ana shu jarayonning muffaqqiyatli bajarilishi, ko'p o'rinda ota-onaning obro'sini belgilaydi.

  • Oilada er-xotin o'rtasidagi o'zaro hurmat, ishonch va vafo-sadoqat bolalaming quvnoq, xushchaqchaq o'sishlariga, normal tarbiya- lanishlariga, xonadonda sog'Iom muhit yaratilishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

  • Oila a'zolari o'zaro hurmatni o'miga qo'yishlari, bir-birlari uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabatda bo'lishlari kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko'tarinki ruh hukmron bo'lsa, oila a'zolarining kay- fiyatiga ijobiy ta'sir etadi.

  • Qaysi oilada nohaqlik, qo'pollik, do'q-po'pisa, asabiylik, hukm- ron ekan, unda halovat ham bo'lmaydi. Oiladagi arzimagan janjal ham dastawal bolalaming psixik holatiga ta'sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo'lishiga olib keladi. Bolalar ulg'aygach, ular ham qush uyasida ko'rganini qiladi qabilida ish tutishadi. Ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro'larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo'q vaqtida bartaraf etishlari shart. Oiladagi sog'lom vaziyatni barpo etish uchun er-xotin baravar ma'suliyatli bo'lishlari, agar ulardan biri mehribonroq, xushtavozeroq bo'lsa, u ikkinchisiga namuna ko'rsatishi lozim.

    1. Yoshlik faslining o'ziga xos odobi va psixologiyasi

    1. Haqiqatdan yoshlik, etuklik yoshi inson umrining bahori. Badan kuch-quwatga to'lgan, qalblarda his-tuyg'u, orzu tilaklar jo'sh urgan davr.

    2. Sevish-sevilish, yashash, o'qish, ishlash tilagi xayolni band qilgan dam. „Qanday kasbni egallasam, qanday yashasam ekan, qanday kiyinib, qanday yursam ekan, odamdagi eng yaxshi fazilatlar nima va ularni qanday qilib egallash mumkin" kabi savollarga javob izlash chog'i. Tug'ilib o'sgan el-yurt qadrini, ota-ona, tuqqan-tug'ishganlar mehrini, do'st-o'rtoqning oqibatini tushunish, e'zozlash, hayotda o'zining munosib o'mini topib olishga intilish davridir.

    3. Yoshlik-balog'at yoshi, o'zini-o'zi boshqarish, oilaviy turmush qurishga o'zini puxta tayyorlash davridir. Uning o'z murakkabliklari ham mavjuddir. O'n sakkiz yoshga etgan yoki shu yoshga yaqinlash- ganlar uchun his-tuyg'u sofiigini saqlab qolish juda muhim. Bu yoshda qalbda sevish, sevilish istagi jo'sh ura boshlaydi. Ammo, ba'zan o'tkinchi his-hayajonlar, hirsiy intilishlar samimiy sof tuyg'uning o'mini egallab, yoshlarni noto'g'ri yo'lga olib kirishi mumukin.

    4. „Sindbodnoma"da soch oqarmasdan, yosh, go'zal chehra so'lmasdan, quyosh oqbulut pardabilan qoplanmasdan, zebo tunlar keksalik chandirlari bilan almashinmasdan, qon suyulib, rangsiz bo'lmasdan, taqdir jarrohi ko'zningasab nurini qirqmasdan, aldamchi vaqt gul yuzlarga qahrabo talqonini sochmasdan, anor behiga aylanmasdan, ko'z qarilikdan, qizil yuzlar bujmaymasdan burun, bahor - yoshlikni zinhor bekorga sovurma, deyiladi. Haqiqatan ham har bir yigit yoki qizning birdan-bir orzusi bo'ladi, u ham bo'lsa, o'zi xayolida ideal bo'lgan yorni uchratib, sevib oila qurishdir. Lekin

    5. hayotda hamma vaqt ham shunday bo'lavermaydi. Yoshlar psixologiyasida shu narsa ham uchrab turadiki, qizlar o'z shanlari, yigitlar o'z g'ururlarini noto'g'ri tushunishadi, bu esa yigit bilan qiz bir-birini tushunmasligiga olib keladi. Masalan, ba'zi yigitlar uylanishgacha bir necha ayollar yoki qizlar bilan uchrashadilar, hatto norasmiy yaqinlashadilar. Uylanishga kelganda esa „onasi o'pmagan" qizni qidiradilar.

    6. Qizlarimiz esa bunday yigitlarning yolg'on gaplariga uchib, ularning iltifotlarini sevgi deb o'ylashadi, keyinchalik yigit bir narsadan janjal chiqarib, urushib tashlab ketgandan so'ng, aldanganini sezishadi, tushkunlikka tushishadi, ba'zilari bo'lar ish bo'ldi deb, aysh-ishratga berilib ketishadi, boshqalarida esa yigitlarga ishonch yo'qoladi. Ular ham yolg'on ishlatib turmush qurishga intilishadi. Yigit ko'p qizlar bilan yaqin aloqada bo'lgani tufayli xotin qizlarga nisbatan didini yo'qotib qo'yadi va xotinidan sovub ketadi. Bo'lar-bo'lmasga oilada janjallar ko'taradigan, xotiniga bevafolik qiladigan bo'lib qoladi.

    1. Oilada bolalar tarbiyasi

    1. Farzand — oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi. Shuning uchun ota-bobolar o'z maqollarida er-xotinga farzandlarni ko'pay- tirishni va bu bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shishni tavsiya qilganlan ,,0'ntabo'lsa o'rniboshqa, 40 ta bo'lsa — qilig'i", „Bolaning yo'g'idan bori yaxshi, ochidan to'qi yaxshi", „Xotinsiz o'tish — xato. Bolasiz o'tish jafo". ,,0'g'li yo'qning o'rni yo'q, qizi yo'qning qadri yo'q", ,,0'rada yotda o'g'il tug'", „Tug'iladigan bolaga to'g'anoq bo'lmas", i;Bolali uydan baxt arimas", „01ti o'g'illining olti arshda moli bor", „Qo'y egiz tug'sa, cho'pning boshi ayri tug'adi", „Og'ilda o'g'il tug'ilsa, adirda o't unib chiqadi". Keyingi ikki maqolda er-xotinlarga „Bolam ko'payib ketsa, ularni boqishga qiynalib qolaman, deb qayg'urib yurmang, har bir bolaning o'z rizqi bor", deyiladi.

    2. Xalq maqollarida yaxshi va yomon farzandlarning fe'1-atvori, yurish turishi, xatti-harakati, gap-so'zi, qiliqlari, ota-onaga va boshqalarga tegadigan foydasi, hamda ziyoni har tomonlama ifoda etiladi: „Yaxshi bo'lsa-bola, yomon bo'lsa-balo", „Yaxshi qiz yoqadagi qunduz, yaxshi yigit- ko'kdagi yulduz", „Qobil farzand-jonga payvand", „Yaxshi qiz erta turib soch tarar, yomon qiz erta turib non so'rar ", „Yaxshi o'g'il uy tuzar, yomon o'g'il to'y buzar ", „Qobil o'g'il otga mindirar, noqobil o'g'il otdan yiqitar", „Yomon bo'lsa bolasi, kamon bo'lar otasi".

    3. Insonning qanday kishi bo'lib etishishi ko'p jihatdan oiladagi tarbiyaga, ota-onaning mas'uliyatiga, bola tarbiyasining umumiy 254

    4. qonuniyatlarini yaxshi bilishga va hayotda ularga qanchalik amal qilishga ham bog'liq. Bolalarning hozirgi kundagi intilishlari birgina oilaviy manfaatlar bilan bilan cheklanmaydi.

    5. Tarbiya — ko'p qirrali uzoq davom etadigan jarayondir. Bolani o'rab olgan muhitning hammasi odamlar, narsalar, hodisalar uning ongida, hulq-atvorida ma'lum iz qoldiradi, uni o'zgartiradi va o'stiradi. Ota-onalik burchi mana shu o'sishni ziyraklik bilan boshqarib borish. Ota-onaning mehri, muruwati, g'amxo'rligi bolalar uchun suv va havodek zarur.

    6. Oilada bola tarbiyasining o'ziga xos qoidalari mavjud bo'lib, ota- onalar ulardan o'rinli foydalanishlari lozim.

    7. Xususan, ular quydagilar:

    1. Oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;

    2. Ota-ona obro'sini saqlash;

    3. Tarbiyada ota-ona, kattalar o'rtasida talabchanlik;

    4. Bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;

    5. Oila, bog'cha, maktab va jamoatchilik hamkorligi;

    6. Bolani sevish va izzat qilish;

    7. Oilada qat'iy reja va kun tartibi o'rnatish;

    8. Tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.

    9. Bola taraqqiyotini aniqlab borish.

    1. Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi

    1. Yigit va qiz tanishib, uchrashib turadilar. Nihoyat, ular o'z munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirmoqchi bo'ladilar. Nikoh qayd etilib, to'y bo'ldi. Xo'sh, bu yangi oila tashkil topdi deganimi? Qonuniy jihatidan ha, lekin aslida-chi? Oila, eng awalo, bir butun- likni taqazo etadi. Boshqacha aytganda, kelin va kuyov dutorning alohida-alohida torlari bo'lib qolmay, bir xil tovush beradigan sozda turishi lozim. Buning uchun yigit va qiz orasidagi muhabbat ular kuyov va kelin bo'lgandan so'ng yana ham mustahkamlanishi, uyg'unlashib ketishi kerak. Ana shundagina yangi turmush qurgan kelin -kuyovlarning o'zaro munosabatlari samimiyat, tenglik va adolat asosiga quriladi. Fransuz yozuvchisi Anatol Frans „Sevgi olovga o'xshagan narsa qalab turmasang o'chib qoladi", degan.

    2. Ayrim holda, to'ydan keyin kelin-kuyov o'rtasidagi mehr- muhabbat susayganday bo'lib qoladi. Buning sababi, bir tomonda turmush ikir-chikirlari, ayrim qiyinchiliklarning kelib chiqishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, yosh kelinning ro'zg'or tuta bilmasligi, uy ishlariga no'noqligi, o'ziga qarab yurmasligi, ma'naviy jihatdan o'zini boyitib bormasligidir.

    3. Ma'lumki, biron qiz uchrashuvga yasanmasdan, o'ziga oro bermasdan bormaydi, albatta. Lekin ayrim kelinchaklar sochini taramay, ust boshini dazmol qiknay, tashqi ko'rinishga qaramay qo'yadi. U „mayda-chuydalar" emas, balki ahamiyatga molik narsalar-ki, ularning hammasi yig'ilib, muhabbat imoratini qulatishi mumkin.

    4. Uyda, oila a'zolari o'rtasida o'zaro hurmat, samimiyat va xayri- xohlik, o'zaro yordam munosabatlari tarkib topsa, ularning kayfiyati hamisha chog' bo'ladi va mamnun hayot kechiradilar. Vrachlar kasalliklaming sabablarini o'rganar ekanlar, ko'p kasalliklar oilaviy janjaliar tufayli vujudga keladigan asabiy holatlardan boshlanishini aniqlaganlar. Ularning ta'kidlashlaricha, infarkt va insultlarning yarmi oilaviy janjallardan so'ng yuz bergan. Shuning uchun har bir kishi ishda, ko'cha-ko'yda o'zini qanday tutsa, uyda ham shunday tutishi, hech qachon erkak „ko'cha xandon, uy zindon" bo'lmasligi kerak. Uyda o'zini tuta bilish tarbiyalanganlik darajasini belgilaydigan asosiy o'lchov bo'lishi lozim.

    5. Yangi turmushda kelin-kuyov qo'sha qarib, baxtli oila qurib ketishlari uchun quyidagilarga amal qilishlari maqsadga muvofiq.


    6. Download 0.5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   98




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling