O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Download 0.5 Mb.
bet93/98
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#213903
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
Psixologiya - 2012

Mehnat subyekti (egasi) — bu faol harakat qiluvchi, anglash va o'zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.

  • Muloqot — ikki yoki undan ortiq odamlarning o'zaro bir-biriga ta'sir etishi.

  • Melanxolik — temperament turlaridan biri bo'lib, psbdk faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.

  • Monologik nutq — bir odamning o'z fikrlarini og'zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.

  • Monolog — ma'ruzachi tomonidan nutq so'zlanishi, ma'ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo'lgan jarayon.

  • Mobil shaxs — shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o'tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.

  • Negativizm — individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o'zicha mustaqil fikr, mavqiyeni namoyon qilishi.

  • Norasmiy — odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o'zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko'zda tutilishi.

  • Noverbal — nutqsiz ifodalangan harakat, mimika, holatlarning boshqa shaxsga yo'naltirilishi.

  • Nizolar ~ o'zaro tafsir ko'rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar, pozisiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.

  • Nizo turlari — nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko'ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo'lish xususiyatiga ko'ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; mavqiye yoki darajaga ko'ra: vertikal va gorizontal; yo'nalishiga ko'ra: destruktiv va konstruktiv.

  • Oila — turmush qurish, qarindosh-urug'chilik asosidagi kichik guruh.

  • Psixika — yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo'lib, uning mohiyati tuyg'ular, idrok, tasawur, fikrlar, iroda va boshqalar ko'rinishida aks ettirishdan iborat.

  • Psixologiya — odamning ob'ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg'u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o'rganadigan fan.


  • Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling