Perseptiv tomon — shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon.
Professiografiya — mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o'zaro munosabati va bog'liqligini o'rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
Professiogramma — kasbning turli ob'ektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma ~ faoliyatning psixologik xarakteristiMarining tasnifi.
Rigid shaxs — shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o'tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.
Rasmiy — odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqiye, martabaning inobatga olinishi
Real — birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Referent guruh - shaxsning har tomonlama ishongan, o'ziga yaqin tutgan guruhi.
Sangvinik — temperament turlaridan bo'lib, chaqqon, harakat- chan, taassurotlari tez o'zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |