Raqamli metodlar
Guruhdagi talabalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda 4x4x4, 5x5x5 yoki 6x6x6 metodlarining biridan foydalaniladi. Masalan, 5x5x5 metodida har biri 5 talabadan iborat 5 ta kichik guruhchalar tashkil etilib, ularning 5 nafar sardorlari to'planishib qo'yilgan muammoni hamkorlikda muhokama etishadi, so'ngra o'zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga masalaning echimini o'rgatishadi.
Karabey texnologiyasi
„Skarabey" interaktiv texnologiya boiib, u o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya talaba-o'quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasawurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda turli g'oyalami ifodalash hamda ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |