Munozara metodi
Disput — bu ikki yoki ko'proq kishilaming keskin chegaralangan qoidalar doirasida og'zaki olib boriladigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Disput mavzusi tayyorgarlik ko'rish uchun o'tkazishdan oldin talaba-o'quvchilarga ma'lum qilinadi.
Talaba-o'quvchilarga bilim berishga mo'ljallangan disputda kamida bitta rais va ikki guruhning har biridan bir nafardan so'zlovchi qatnashadi. Disputni ochuvchi birinchi talaba qo'yilgan takJifni ma'qullab chiqsa, ikkinchisi unga qarshi chiqadi, ya'ni opponent bo'ladi.
So'zlovchilarga 10 minutdan, har ikki guruhdan ikkitadan ortiq bo'lmagan qo'shimcha qilishga chiqadigan talabalarning har biriga 5 minutdan vaqt beriladi. Ikki marta so'zga chiqishga ruxsat etilmaydi. So'zga chiquvchilarning barchasi raisga murojaat etishadi va uning qarori qat'iy bo'lib, disputning mavzudan chetga chiqib ketmasligini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |