O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


 Innovatsiyalarning savdo sohasida qo’llanilishi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.04.2020
Hajmi0.98 Mb.
#101750
1   2   3   4   5
Bog'liq
innovatsion faoliyatlar qollanilishi mumkin bolgan xizmat korsatish yonalishlari


2.3. Innovatsiyalarning savdo sohasida qo’llanilishi 

Savdo-bu  tovarlarning  oldi-sotdisi  va  xaridorlarga  xizmat  ko`rsatish  bilan 

bog`liq  bo`lgan  tadbirkorlik  faoliyatidir.  Savdo  faoliyati  yuritish  shakllariga  ko`ra 

ulgurji va chakanalarga bo`linadi. 

Ulgurji  savdo  -  bu  tovarlarni  keyinchalik  sotish  yoki  ulardan  professional 

foydalanish maqsadida tashkil etilgan tovarlar savdosi. 

Ulgurji  savdo  xizmati-ulgurji  sotuvchining    buyurtmalar  bo`yicha 

shakllantirilgan,  iste‘molchilarning  tovar  partiyalariga  ehtiyojlarini  qondirish 

maqsadidagi  faoliyati,  ulgurji  va  chakana  sotuvchilarning  o`zaro  harakatlari 

natijasidir. 

Ulgurji savdo xizmatlari ulgurji savdo korxonalari tomonidan taqdim etiladi. 



                                                                             

 

39 



Ulgurji savdo korxonasi - bu keyinchalik qayta sotish maqsadida tovarlarning 

oldi-sotdisini  amalga  oshiruvchi,  shuningdek  tovarlarning  ulgurji  aylanishini  tashkil 

etish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi savdo korxonasidir. 

Ulgurji savdoning asosiy xizmati-ulgurji haridorlarga tovarlarni sotishdir. 

Ulgurji  savdoning  qo`shimcha  xizmatlari  jumlasiga:  tovarlarga  buyurtmalar 

va talabnomalarni qabul qilish, tovarlarni sotishdan oldin tayyorlash (tovarlarni sifat 

bo`yicha  sortlarga  ajratish,  tovar  partiyalarini  komplektlash,  qadoqlash,  yuvish, 

tozalash,  dezinfektsiyalash,  o`rash,  markirovkalash),  tovarlarni  berish,  axborot 

xizmatlari,  iste‘molchiga  tovarni  etkazish,  qaytarilgan  tovarlarni  qabul  qilish  va 

saqlash, chiqitlarni qaytarish va utilizatsiya qilish, chiqitlarni qayta ishlashlar kiradi. 

Chakana savdo-bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy, oila 

va uyda foydalanish uchun tovarlar savdosi va xaridorlarga xizmatlar ko`rsatishdir. 

Chakana  savdo  xizmati-bu  chakana  sotuvchining  iste‘molchi  bilan  o`zaro 

harakatlarining  natijasi,  shuningdek  chakana  sotuvchining,  iste‘molchining  yakka 

nusxadagi  tovarlar  yoki  kompleks  o`ralgan  birliklar  ehtiyojlarini  qondirish  bo`yicha 

faoliyatidir. 

Chakana savdo xizmatlarini chakana savdo korxonalari ko`rsatishadilar. 

Chakana  savdo  korxonasi-bu  tovarlar  oldi-sotdisini  amalga  oshiruvchi 

shaxsiy,  oilaviy  uyda  foydalanish  maqsadida  ishlarni  bajaruvchi  va  xizmat 

ko`rsatuvchi savdo korxonasi. 

Chakana  savdoning  asosiy  xizmati  bo`lib,  iste‘molchilarga  tovarlarni  sotish 

hisoblanadi.  Chakana  savdo  shaxobchalari  aholiga  zarur  bo`lgan  tovarlar  savdo 

assortimentlarini  shakllantirishadilar  va  tovarlarni  tanlash  va  harid  qilish  uchun 

sharoitlar  yaratishadilar.  Savdo  shahobchalariga  tashrif  buyuruvchilarga  qulaylikni 

tashkil etish maqsadida axborot-maslahat xizmatlari, xarid qilish chog`ida yoki undan 

foydalanishda yordam ko`rsatish bo`yicha xizmatlar kabi qo`shimcha xizmatlar ham 

ko`rsatiladi. 

Chakana  savdo  shaxobchasining  ishi  tijorat  faoliyatiga  va  assortimentni 

shakllantirish,  tovarlarni  qabul  qilish,  ularning  saqlanishini  ta‘minlash,  tovarlarni 


                                                                             

 

40 



sotishdan  oldin  tayyorlash  va  peshtaxtalarga  qo`yish,  haridorlarga  tovarlarni  taklif 

etish,  xaridor  bilan  hisob-kitob  qilish,  tovarlarni  berish  kabilarni  o`z  ichiga  olgan 

savdo-texnologik jarayonga asoslanadi. 

Tovarlarni  sotish  savdo  shaxobchalarida  yoki  undan  tashqarida  amalga 

oshiriladi. Tovarlarni savdo shaxobchalarida sotish quyidagilarni oladi: 

tovarlarni univermagda sotish; 

tovarlarni universamda (supermarketda) sotish; 

tovarlarni gipermarketda sotish; 

tovarlarni savdo shaxobchasi-omborda sotish; 

tovarlarni kundalik ehtiyoj mollari shaxobchasida sotish; 

tovarlarni 

ixtisoslashtirilgan 

(yoki 

ixtisoslashtirilmagan) 



oziq- 

ovqat 


shaxobchasida sotish; 

tovarlarni 

ixtisoslashtirilgan 

(yoki 


ixtisoslashtirilmagan) 

nooziq-ovqat 

shaxobchasida sotish; 

ommaviy 


ovqatlanish 

korxonalari 

mahsulotlarini 

turli 


tipdagi 

savdo 


shaxobchalarida sotish.  

Mayda  chakana  statsionar  shaxobchalarda  (kiosklar,  pavilionlar)  tovarlarni 

sotish, o`z ichiga alohida ommaviy ovqatlanish va nooziq ovqat tovarlari turlarining 

cheklangan  assotimentdagi  sotishni  oladi.  Kiosk  va  pavilionlar  orqali  nooziq  ovqat 

tovarlari  bo`lgan  davriy  nashriyotlar,  devonxona  tovarlari,  suvinirlar,  tamaki 

mahsulotlari, 

shuningdek 

ommaviy 


ovqatlanish 

mahsulotlari 

hisoblangan 

muzqaymoq, sharbatlar, gazlangan suvlar sotiladi. 

Mayda  chakana  harakatdagi  shahobchalarda  (palatkalar,  avto  savdo 

shahobchalari,  avtolavkalar,  avtodo`konlar,  tsisternalar  va  boshqalar)  tovarlarni 

sotish,  savdo  shahobchalari  soni  cheklangan  uzoq  aholi  puktlarida  joylashgan 

haridorlarga,  savdo  xizmatlarini  taqdim  etishning  samarali  shakllaridan  hisoblanadi. 

Undan  tashqari  harakatdagi  chakana  savdo  shahobchalaridan,  yarmarkalar  va 

bozorlardan ham foydalaniladi. 



                                                                             

 

41 



Savdo  agentlari  orqali  tovarlarni  sotish  iste‘molchilar  uchun  qulay 

hisoblanadi.  Odatda,  savdo  agentlari  tomonidan  tovarlarni  sotishda  katta  e‘tibor 

axborot-  maslahat  ishiga,  tovar  xususiyatlarini  iste‘molchilarga  namoyish  qilishga 

qaratiladi. 

Tovarlarni  pochta  (jo`natma)  savdosi  orqali  sotish,  iste‘molchilarga  savdo 

shahobchasiga  tashrif  buyurmasdan  tovarlarni  xarid  qilish,  ushbu  shahar  yoki 

tumanda  sotilmaydigan  tovarlarga  buyurtma  berishlariga  imkon  yaratadi.  Posilka 

savdosi orqali asosan nooziq- ovqat mahsulotlari sotiladi. Tovarlarni sotish bo`yicha 

e‘lonlar  reklama-axborot  va  davriy  nashriyotlarda  chop  qilinadi.  Savdo 

shahobchalardan  uzoqda  joylashgan  iste‘molchilar,  tovarlarni  xarid  qilish  bo`yicha 

talabnomalarni  to`ldirishadilar,  va ularni pochta orqali  ta‘minotchiga  yuborishadilar. 

Savdo shaxobchasi pochta orqali iste‘molchilarga yuboradi. 

Tovarlarni  savdo  avtomatlari  orqali  sotish,  iste‘molchilarga  qo`shimcha 

qulayliklarni  yaratadi.  Chunki  ushbu  avtomatlarni  shaharning  turli  joylarida 

joylashtirish  mumkin  (avto  bekatlarda,  vokzallarda,  stantsiyalarda,  binolar  yonida). 

Avtomatlarda cheklangan assortimentdagi tovarlar sotiladi. 

Ular  jumlasiga  sigaretlar,  gazlashtirilgan  suv,  qandolatchilik  mahsulotlari, 

davriy nashriyotlar va hokazolar. 

Telesavdo shahobchalari va Internet tizimidagi elektron savdo shahobchalari, 

iste‘molchilarning  savdo  shahobchalariga  borish  va  tovar  xarid  qilish  uchun 

sarflanadigan  vaqtlarini  tejashadilar.  Elektron  savdo  shaxobchalari  va  telesavdo 

shaxobchalari iste‘molchilar uchun juda qulaydir. Iste‘molchilar tomonidan tovarlarni 

o`rganish  telvizorda  maxsus  reklama-axborot  teleko`rsatuvi  yoki  Internet  tizimidagi 

elektron  savdo  shaxobchasi  sayti  yordamida  amalga  oshiriladi.  Tovarlar  buyurtmasi 

telefon  yoki  Internet  tarmog`i  savdo  shaxobchasining  sayti  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Tovarlarni  yetkazish  va  xarid  qilish,  iste‘molchi  uchun  qulay  bo`lgan 

xoxlagan joyda va u bilan kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. 

Xarid qilishda va undan foydalanishda yordam ko`rsatish bo`yicha xizmatlar 

ko`rsatishga quyidagilar kiradi: 


                                                                             

 

42 



tovarlarga buyurtmalarni qabul qilish va bajarish (telefon bo`yicha bevosita savdo 

tashkilotlarida 

yoki 

undan 


tashqarida 

buyurmalarni 

qabul 

qilish 


va 

rasmiylashtirish,  buyurtmalarni  komplektlashtirish,  ularni  qadoqlash,  tovarlarni 

bevosita savdo korxonalari orqali berish yoki uyga etkazib berish); 

tovarlarni etkazishni tashkil qilish; 

savdo shahobchasida xarid qilingan tovarlarni o`rash; 

mavjud tovarlardan sovg`a komplektlarini tuzish va o`rash.        

Komission  savdo  shahobchalari  buyumlarni  komissiyaga  qabul  qilish  va 

baholashni komitentning uyida amalga oshiradilar. 

Zargarlik  va  antikvar  savdo  shaxobchalari  ushbu  turdagi  buyumlarning 

baholanishini uylarda amalga oshiradilar. 

Oziq- ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi savdo shahobchalari, 

iste‘molchilardan  shisha  idishlari  va  boshqa  turdagi  qaytariladigan  taralarni  qabul 

qilishadilar. 

Texnik  qiyin  tovarlar  va  mebel  iste‘molchilari  uchun  muhim  ahamiyatni, 

sotishdan  keyingi  iste‘molchilarga  xizmat  ko`rsatish  egallaydi.  Ushbu  xizmat 

ko`rsatish  o`z  ichiga  mahsulotlarni  terish  va  o`rnatishni  oladi.  Qurilish  mahsulotlari 

bilan  savdo  quluvchi  savdo  shahobchalari  iste‘molchilarga,  savdo  shahobchasidan 

xarid qilingan tovarlardan foydalanilgan holda qurilish-ta‘mirlash va montaj ishlarini 

bajarish  bo`yicha  xizmatlarni  taklif  etishlari  va  buyurtmalarni  qabul  qilishlari 

mumkin. 


Ixtisoslashtirilgan  savdo  shahobchalari,  supermarketlar,  gipermarketlar, 

iste‘molchilarga  audio  va  video  tovarlarni  sotishda,  audio  kassetalarni  va  kompakt 

disklarni  eshitish,  vidiokasetalarni  ko`rish,  shuningdek  fotoapparatlarni  zaryadka 

qilish uchun maxsus kabinalar va eshitish avtomatlarini taklif etishadilar. 

Axborot-maslahat  xizmatlariga:  tovarlar  va  ularni  ishlab  chiqaruvchilar  va 

savdo shaxobchasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar to`g`risida ma‘lumot taqdim 

etish kiradi.  Ushbu  turdagi xizmatlar  audio va vidio  vositalar yordamida  va  tovarlar 

bo`yicha  mutaxassislar  yordamida  taqdim  etiladi.  Bunday  xizmatlar  elektr  maishiy 



                                                                             

 

43 



tovarlar,  audio  va  vidio  texnika,  sport  tovarlari,  avtomobillar  va  qurilish  mollarini 

sotish bilan shug`ullanuvchi savdo shahobchalarda keng tarqala boshlandi. 

Savdo 

shahobchalari 



xodimlari 

tarkibiga 

maslahatchilar, 

sotuvchi-

maslahatchilar  kiradi.  Ular  iste‘molchilarning  iltimosiga  ko`ra  ekspluatatsiya 

imkoniyatlari,  tovarlarni  xarid  qilish  sharoitlari  bo`yicha  maslahat  berishadilar, 

tovardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar beradilar. 

Yangi  tovarlarni  sotishda,  savdo  shahobchalarida  reklama  taqdimotlari 

(tovarlarni  ko`rsatish,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  degustatsiya  qilish)  o`tkaziladi. 

Ushbu faoliliyat turi ham axborot - maslahat xizmatlariga kiradi. Xizmatlar chakana 

savdo  shaxobchalari  bazasida,  ishlab  chiqaruvchi-korxonalar  va  distribyuterlar 

tomonidan taqdim etiladi. 

Iste‘molchiga  qulaylik  yaratish  bo`yicha  xizmatlarga,  dam  olish  joylarini  taqdim 

etish  va  yaratish,  ona  va  bola  xonasi,  xizmatlarni  taqdim  etish,  harid  qilingan 

tovarlarni  kafolatlangan  saqlash,  haridorlar  buyumlarini  qabul  qilish  va  saqlash, 

haridorlarga  ovqatlanishni  taqdim  etish,  savdo  shaxobchasi  yonida  haridorlarning 

shaxsiy  avtomobillarini  qo`yish  bo`yicha  xizmatlar  kiradi.  Ushbu  xizmatlar  katta 

savdo  maydonlariga  ega  bo`lgan  shahobchalar  hisoblanadigan-supermarket  va 

gipermarketlarda  taqdim  etiladi,  chunki  ularda  tovarlarni  ko`rish  va  harid  qilish 

uchun xaridorning ko`p vaqti sarflanadi. 

   Jaxon tajribasida xizmat sohasi tarmoqlarini tasniflashtirishni ishlab chiqarish-

texnik  va  funktsional  yondoshishlarning  bir  biriga  qo`shish  asosida  o`tkazish  qabul 

qilingan. 

 

Ishlab  chiqarish  yondoshishi  xizmatlar  sohasidagi  tarmoq  yo`nalishlarining 



ishlab  chiqarish-texnik  va  texnologik  umumiyligi  tamoyillaridan  kelib  chiqadi. 

Funktsional  yondoshish  turli  xil  ko`rinishli  yo`nalishlarni  amalga  oshiradi.  Ushbu 

yo`nalishlar jumlasiga ishlab chiqarishga, jamiyatga, uy xo`jaligiga xizmat ko`rsatish, 

shaxsga  xizmat  ko`rsatishgacha  taqsimlash,  saqlash,  resurslar  va  tovarlar  bilan 

ta‘minlash funktsiyalari kiradi.  Ushbu tamoyilga ko`ra xizmatlar quyidagi guruhlarga 

bo`linadi: 



                                                                             

 

44 



savdo xizmatlari; 

oziq-  ovqat  bilan  ta‘minlash  va  yashash  bo`yicha  xizmatlar  (mehmonxonalar, 

ommaviy ovqatlanish korxonalari va hokazolar); 

transport xizmatlari; 

aloqa xizmatlari va axborot xizmat ko`rsatilishi; 

ta‘minot, tayyorlov va moddiy-texnik resurslarni saqlash bo`yicha xizmatlar; 

bozorning  harakat  qilishini  (kredit,  moliya  va  sug`urta,  ko`chmas  mulk  bo`yicha 

oldi-sotdilar va boshqalar) ta‘minlash bo`yicha xizmatlar; 

ta‘lim, madaniyat va san‘at xizmatlari; 

fan va fan xizmatlari; 

sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sportni qo`shgan holdagi xizmatlar; 

uy  xo`jaligiga  xizmat  ko`rsatish  bo`yicha  xizmatlar  (uy  xo`jaligini  saqlash  va 

ta‘mirlash, ishlab chiqarish-maishiy va kommunal xizmatlar); 

shaxsiy 


tavsifdagi 

xizmatlar 

(noishlab 

chiqarish, 

maishiy 

xizmatlar, 

sartaroshxonalar, fotoatele, oyoq kiyimini ta‘mirlash va hokazolar); 

davlat boshqaruvi xizmatlari. 

      Xalqaro  savdoda  xizmatlar  muhim  o‗rin  egallaydi.  Xizmat  deganda  moddiy 

mahsulotda  o‗z  ifodasini  topmaydigan,  balki  iste‘molchi  ega  bo‗ladigan  muayyan 

foydali samarada namoyon bo‗ladigan pulli faoliyat tushuniladi. Xizmat, shuningdek 

harakat  natijasida  va  boshqa  institutsional  birlik  bilan  o‗zaro  kelishuv  asosida  yuz 

bergan institutsional birlik holatining o‗zgarishida namoyon bo‗ladi. 

Ma‘lumot o‗rnida keltirsak, jahon savdo tashkilotining tasnifiga ko‗ra, 600 dan ortiq 

turdagi xizmatlar mavjud. Xalqaro valuta fondining to‗lov balansini tuzish bo‗yicha 

yo‗riqnomasiga  muvofiq,  to‗lov  balansida  inobatga  olinadigan  savdo  xizmatlari 

tarkibiga 11 turdagi xizmatlar (transport, qatnov (sayohat), aloqa, qurilish, sug‗urta, 

moliya,  axborot,  litsenziyalar,  biznes  xizmatlar,  madaniyat,  hukumat  tashkilotlariga 

tovarlar  yetkazib  berish)  kiradi.  Iste‘molchiga  yetkazib  berish  usullariga  ko‗ra, 

xizmatlarning  investitsion  (bank,  mehmonxona  va  boshqalar),  savdo  (transport,   

sug‗urta va boshqalar), savdo-investitsiya (aloqa, qurilish, axborot va boshqa) turlari 


                                                                             

 

45 



ajratiladi.  Xizmatlar  omilli  (kapital,  mehnat,  texnologiyalarning  mobilligi  bilan 

bog‗liq to‗lovlar) va omilsiz (xizmatlarning qolgan turlari) bo‗lishi mumkin. 

    Xizmatlar  bilan  savdo  qilish  xususiyatini  sotuvchi  va  xaridorning  bitim  tuzish 

vaqtidagi  aloqasining  mavjudligi  tashkil  qiladi.  Xizmatlar  savdosida  bitimlar 

tuzishning quyidagi shartlari mavjud: 

   1) xaridorning mobilligi (turizm, tibbiy yordam va boshqalar); 

    2) sotuvchining mobilligi (qurilish, audit va boshqalar); 

    3) bir vaqtning o‗zida sotuvchi va xaridorning mobilligi yoki xizmatning o‗zining 

mobilligi (xalqaro telefon so‗zlashuvi, uchinchi mamlakatdagi xalqaro konferensiya 

kabilar). 

     Jahon xizmatlar tarkibida xususiy sektor, transport xizmatlari yetakchi o‗rin tutadi.      

Xizmatlar  qiymati  hajmining  75  foizi  rivojlangan  mamlakatlar  tomonidan  eksport 

qilinadi. Jahon  iqtisodiyoti nuqtai  nazaridan xizmatlarning eng  muhim  turi transport 

xizmatlaridir (tovar va yo‗lovchilarni xalqaro miqyosda tashish). 

Moliyaviy  lizing  ijaraga  beruvchining  xarajatlari  qoplanishi  va  unga  foyda 

ta‘minlanishini  nazarda  tutadi.  Ijarachi  ijara  muddati  tugaganidan  so‗ng,  ijara 

predmetini  qaytarishi,  uni  qoldiq  qiymati  bo‗yicha  sotib  olishi  yoki  yana  ijaraga 

olishi mumkin. 

Ishlab 

chiqarish 



(operativ) 

lizingi 


ijaraga 

olinayotgan 

texnikaning 

amortizatsiya  davridan  kamroq  muddatga  foydalaniladi,  shu  bois  ijara  stavkalari 

yuqoriroq bo‗ladi. Lizing kompaniyasi uskunani xorijiy firmadan sotib olishi va o‗z 

mamlakatiga  ijaraga  berishi  (import  lizing)  yoki  aksincha  bo‗lishi  (eksport  lizing) 

mumkin. 

        Xizmatlar  bilan  savdo  qilishda  konsalting  xizmatlari  (audit,  boshqaruv 

maslahatlari  va  boshqalar),  vositachilik  keng  tarqalgan. Jahondagi  turli  mamlakatlar 

mahsulot ishlab  chiqaruvchilari o‗rtasidagi  aloqaning  asosiy  shakllaridan  biri tashqi 

savdo faoliyatidir. 

 

Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotda va klassifikatorlarda turli yangi me‘zonlar 



va  ularga  taaluqli  ravishda  xizmatlarning  turli  xil  tasniflanishi  taklif  etilmoqda. 

                                                                             

 

46 



Jumladan  quyidagi  xizmatlar  tasniflari:  moddiy  darajasi  bo`yicha  insonlarning 

shaxsiy  aloqalari  darajasi,  xizmatlar  mehnat  sig`imi,  xizmat  sohasida  ijtimoiy  va 

shaxsiy  bog`lanishlar  nisbati  bo`yicha.  Har  bir  tasniflashtirish  tarmoqni  ma‘lum 

maqsadda o`rganishga mo`ljallangan. 

 

Xizmatlardagi  farq  ularning  tasnifi,  maqsadli  belgilanishi,  taqdim  etish 



shakllari va haq to`lash usulidan kelib chiqadi. 

 

Tasnifi  bo`yicha  ko`rsatilayotgan  xizmatlar  aniq  ifodalangan  tarmoq 



yo`nalishiga egadir: 

  maishiy  mashinalar  va  asbob-uskunalarni  ta‘mirlash,  yangi  mahsulotni  ishlab 

chiqarish; 

  qishloq xo`jaligi, gigienik tavsifdagi xizmatlar; 

  transport, savdo, axborot, ijaraga berish xizmatlari; 

  qurilish,  uylarni  ta‘mirlash,  badiiy  ishlar  va  xalq  ijodi  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish; 

  ta‘lim, tibbiy va boshqalar. 

  Maqsadli belgilanish bo`yicha xizmatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 

  maishiy  belgilanishdagi  predmetlarning  iste‘mol  xususiyatlarini  ta‘minlash 

maqsadida aholi buyumlarini ta‘mirlash va qarash xizmatlari (kiyim-kechakni, 

oyoq kiyimini ta‘mirlash, kimyoviy tozalash va buyumlarni bo`yash va boshqa 

xizmatlar); 

  aholi  buyumlari  bo`yicha  yangi  mahsulotni  tayyorlash,  ya‘ni  yangi  iste‘mol 

qiymatlarini  yaratish  (kiyim-kechakni  tikish,trikotaj  mahsulotlarini  tikish, 

mebel tayyorlash, uy qurish va hokazolar); 

  turmushda  qulayliklarni  yaratish  bo`yicha  xizmatlar,  jismoniy  shaxs  sifatida 

insonning  ehtiyojlarini  qondirish,  shuningdek  uy  xo`jaligini  yuritish  bilan 

bog`liq  xizmatlar  (sartaroshxonalar,  sanitar-gigienik  va  tibbiy  xizmatlar, 

madaniy-maishiy belgilanishdagi buyumlarni ijaraga berish va hokazolar); 

  ma‘lumot-axborot va vositachilik, sayyohlik va boshqa xizmatlar; 


                                                                             

 

47 



  shaxs  sifatida  insonning  ehtiyojini  qondirish  bo`yicha  (ta‘lim,  madaniy) 

xizmatlar. 

 

Xizmatlarni pullik, bepul va aralashlarga bo`lish alohida ahamiyatga ega. 



 

Ushbu tasnif qabul qilingan iqtisodiy kenglikni iqtisodiyotning xususiy (bozor) 

va ijtimoiy (nobozor) sektorlariga bo`linishlariga asoslanadi. 

 

Bepul  xizmatlardan  farqli  ravishda  pullik  xizmatlar  quyidagi  xususiyatlarga 



ega: 

  iste‘molning yakka tartibdagi tavsifi, bo`linish va saylanish bilan

  raqobatlilik, monopol holatning bo`lmasligi bilan. 

 

To`lash uslubi bilan xizmatlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 



oldin  va  to`liq  tartibda  to`lanadigan  yoki  buyurtmani  qabul  qilishda  qisman 

oldindan  to`lanadigan  va  buyurtma  topshirilishida  oxirgi  hisob-kitoblarni  amalga 

oshirish tartibidagi xizmatlari; 

aholiga  bepul  ko`rsatilgan  xizmatlar  (maishiy  belgilanishdagi  mashina  va 

apparatlarni kafolatlangan ta‘mirlash); 

kechiktirilib to`lanadigan xizmatlar, ya‘ni kreditga beriladigan. 

 

Xizmatlar 



yo`naltirilgan 

faoliyatning 

turlari 

bo`yicha 

funktsional 

tasniflashtirish, xizmatlarni besh guruhga bo`lishni ko`zda tutadi: 

  ishlab  chiqarish  -  lizing,  injiniring,  ishlab  chiqarish  asbob-uskunalariga 



texnik  xizmat  ko`satish,  texnik  kommunikatsiyalarni  ta‘mirlash  va 

hokazolar; 

 

iste‘mol  -  uy  xo`jaligiga  mo`ljallashtirilgan  ommaviy  xizmatlar  (turar  joy 



va unda mavjud bo`lgan  uzoq muddatli foydalanishdagi buyumlarni normal 

holatda saqlash); 

  professional - sug`urta, moliya, bank, reklama, maslahat; 



  taqsimot -transport, aloqa, savdo xizmatlari; 

  shaxsiy  tavsifdagi  noishlab  chiqarish  (sartaroshxonalar,  fotoatele  va 



hokazolar) xizmatlari.  

                                                                             

 

48 



 

Xizmatlarning  sistemaliroq  tasnifi  ularni  buyumlashtirilgan  tamoyil  bo`yicha 

bir necha klasslarga bo`ladi: 

  tovarlar va boshqa fizik ob‘ektlarga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar 



(kimyoviy tozalash, asbob-uskunalarni saqlash va ta‘mirlash, qo`riqlash va 

boshqa xizmatlar); 

  inson  tanasiga  yo`naltirilgan  his  etiladigan  harakatlar  (fitnes  markazlar, 



restoranlar va kafelar, go`zallik salonlari); 

  insonning ongiga yo`naltirilgan his etilmaydigan harakatlar (ta‘lim, teatrlar, 



muzeylar, axborot xizmatlari). 

 

Kompekslik  bo`yicha  xizmatlar  oddiy  va  qiyinlarga  (kompleks  xizmat 



ko`rsatish)  bo`linadi.  Ko`pchilik  xizmatlar  kompleks  tavsifga  ega.  Masalan, 

mehmonxonalar  xizmatlari  -  bu  nafaqat  turar  joyni  taqdim  etish,  balki  ovqatlanish, 

maishiy xizmat ko`rsatish, iste‘molchilar xodig`ini chiqarishni taqdim etish bo`yicha 

xizmatlar hamdir. Ularni qanaqangi tavsiflashtirishdan foydalanilmasin, biror bir aniq 

kichik guruhga kiritish qiyin. 

 

Aralash  xizmat  tovar-moddiy  boyliklarga  hamrohlik  qiladi,  ularning 



aylanishini  engillashtiradi  va  ularni  iste‘molchi  uchun  jozibador  qilib  ko`rsatadi. 

Ushbu xizmat jumlasiga tovar oldi-sotdisiga hamroh bo`ladigan sotishdan oldingi va 

sotishdan keyingi servisni keltirish mumkin. 

      Ulgurji savdo, uni amalga oshirishning asosiy tamoyillariga rioya qilingandagina 

keng rivoj topishi mumkin: 

     1.  Uning  ishlashi  uchun  resurslar  asosini  yaratish,  ya‘ni  xaridorlarning  to‗lovga 

qobil talabini ifodalovchi pul mablaqlari bilan tovar massasi o‗rtasidagi muvozanatga 

erishish. 

     2.  hamkorlikni  erkin  tanlash  va  savdo  shartnomasini  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirish  uchun  tijorat  alohalarini  shakllantirishga  erkin  imkon  beruvchi  zarur  bozor 

tuzilmasi unsurlarini yaratish. 


                                                                             

 

49 



    Ulgurji  savdoning  barcha  bosqichlarida  xaridorlar  talabini  to‗la  qondirishga 

maksimal foyda olishga qaratilgan moddiy rag`batlantirish va javobgarlik unsurlarini 

o‗z ichiga olgan moliya-narx tizimini shakllantirish. 

Iqtisodni tijoratlashtirish jarayonida tovarlarni sotishning muhim shakllaridan bo‗lgan 

chakana savdo alohida ahamiyatga ega. 

   Chakana  savdo  korxonalarida  tovarlarni  xaridorlarga  unchalik  katta  bo‗lmagan 

miqdorlarda  sotadi,  ya‘ni  tovar  aylanishini  yakuniga  yetkazadi.  Xaridorlarga  servis 

xizmatini  ko‗rsatishga  qaratilgan  bunday  savdoni  tashkil  etish  uchun  maxsus  savdo 

xonalari,  asbob-anjomlar  va  moslamalar  zarurdir.  Bunda  chakana  savdo 

xaridorlarning  tez  o‗zgarib  turuvchi  talab  va  xohishlariga  qarab  tezda  moslashish 

imkoniyatiga ega bo‗lgan savdo assortimentining tanlanishi va shakllanishi bo‗yicha 

katta ishni talab qiladi. 

   Chakana  savdoning  boshqa  shakllaridan  o‗z  do‗konlari,  pavilonlari  va 

do‗konlarining hududiy tarqoqligi bilan ajralib turadi. 

   Tijorat  ishini  chakana  savdo  doirasida  to‗g‘ri  tashkil  etish  tovar  aylanishini 

o‗sishiga,  aholi  talabini  yetarli  darajada  qondirishga  va  tijorat  muvaffaqiyatiga 

erishishga yordam beradi.  

Savdo  ishini  tog`ri  yo`lga  qo`yish  bevosita  mijozlar  xaridining  ko`pligi  bilan 

bog`liqdir.  Shuning  uchun  mijozlarning  qanday  qarorlari  ularni  xarid  qilishga 

undashini o`rganish kerak bo`ladi. 

     Bevosita xarid jarayonida qarorni shakllantiruvchi omillar: 

Bevosita xarid jarayonida 

 1) xarid qilishga arziydimi;  

2) qachon xarid qilish kerak; 

3) nimani xarid qilish kerak

 4) qaerda xarid qilish kerak;  

5) qanday xarid qilish kerak kabi bir qator savollar yuzaga keladi. 


                                                                             

 

50 



     Birinchidan, xarid qilishni amalga oshirish bo`yicha barcha xoxishlar ham amalga 

oshavermaydi,  chunki  iste‘molchilarda  xarid  jarayonini  to`xtatish  uchun  hama  vaqt 

imkoniyat bo`ladi. Iste‘molchiga quyidagi omillar xalaqit berishi mumkin: 

-  motivatsiyani  o`zgarishi  –  faollashtirilgan  ehtiyoj  boshqa  yo`l  bilan  yoki  boshqa 

xoxishlar ustun bo`la boshlashadi; 

- o`zgargan sharoitlar – iqtisodiy fikr-muloxazalar yoki boshqa omillar xaridni ushbu 

holatda amalga oshirishga imkon berishmaydi; 

- yangi axborot – variantni oldingi baholash endi to`liq bo`lmaydi; 

- xoxlaydigan boshqa variantlar yo`q - kutilmagan taqchillik. 

    Xarid qilish vaqtini ham e‘tiborga olish lozim. Ayrim tovarlar ko`pincha «mavsum 

bo`yicha» xarid qilinadi. Masalan, ventilyatorlar, yangi yil sovg`alari, Karib dengizi 

bo`ylab  kruizlar.  Boshqa  tovarlar,  masalan,  kir  yuvish  vositalari  va  muzlatilgan 

mahsulotlar,  ko`pincha  ularning  zaxiralari  tugaganda  xarid  qilinadi.  Xarid  qilish 

ko`pincha tugallanmagan, tuzatishlar kiritishni talab qiladigan jarayon bo`lib, qanday 

variantni tanlash to`g`risidagi axborotlarni izlashni talab qiladi. Bu holat xarid qilish 

jarayonidagi  asosiy  motivatsiya  hisoblanadi.  Xarid  qilish  jarayonidagi  xulq-atvor 

o`zgarib  bormoqda.  Xozirgi  kunda  «do`konlarga  boruvchi»  xaridorlar  soni 

kamaymoqda.  Xarid  jarayoni  -  qaror  qabul  qilish  jarayonining  to`rtinchi  bosqichi 

bo`lib,  u  bir  qator  bosqichlardan  iboratdir.  Iste‘molchi  qaerda  xarid  qilishni  o`zi 

tanlaydi.  Masalan,  dunyodagi  rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun  xonadonda  xarid 

qilish  keng  tarqalgandir.  Ko`pchilik  chakana  sotuvchilarni  raqobat  to`g`ridan-to`g`ri 

marketinga o`tishga majbur qilmoqda. Shu sabali ham ishlab chiqarish, ham chakana 

savdo  darajasida  «ma‘lumotlar  bazasi  marketingi»  ning  ahamiyati  oshib  bormoqda. 

Sears,  Roebuck  @  Co.  kompaniyalari  iste‘mol  ma‘lumotlar  bazasida  44  mln.  dan 

ortiq  mijozlar  manzillari  mavjuddir. Iste‘molchi xarid  uchun  to`lov shaklini  tanlashi 

lozim.  Rivojlangan  mamlakatlarda  naqd  pul  bilan  hisob-kitob  qilishdan  kredit 

kartochkalari yoki to`lovni kechiktirishning boshqa shakllaridan foydalanilmoqda.  

Xarid 


manbasini 

tanlash. 

Ilgarilari 

xaridlarning 

asosiy 

qismi 


ko`chma 

avtodo`konlarda amalga oshirilar edi. Qulay va qimmat bo`lmagan tovarlarni etkazib 



                                                                             

 

51 



berish  metodlari  keng  tarqaldi,  biroq  chakana  savdo  do`konlari  o`z  ustuvorliklarini 

saqlab  qoldilar.  Keyingi  yillarda  tovarlarni  iste‘molchilar  xonadonlarida  sotuvchi 

chakana  sotuvchilar  va  firmalar  orasidagi  raqobat  kuchayib  bormoqda.  Ushbu 

muammo marketing uchun katta qiziqish uyg`otmoqda. 

Keyingi 100  yil  mobaynida  chakana  savdo  do`konlariga tashrif  buyurish  (shopping) 

amerikaliklarning  eng  sevimli  mashg`uloti  bo`lib  qoldi.  Tovarlarni  xonadonlarda 

sotish  so`zsiz  muvaffaqiyatlarga  erishmoqda  va  bu  holatni  raqamlarda  ko`rsatish 

mumkin,  biroq  90%  xarid  qilingan  tovarlar  qiymat  ko`rinishi  nuqtai  nazaridan 

chakana  savdo,  kataloglar,  ko`rgazmalar  va  savdo  avtomatlariga  to`g`ri  kelmoqda. 

Insonlar  nima  uchun  do`konlarga  tashrif  buyurishadi?  Bunda  asosiy  motiv  bo`lib 

axborot  olish  hisoblanadi.  Do`konlarga  tashrif  buyurishning  motivlari  shaxsiy  va 

ijtimoiy motivlarga bo`linadi. 

Shaxsiy motivlar. 

   O`z rolini bajarish. Ko`pchilik xatti-harakatlar an‘anaviy tarzda ma‘lum bir ijtimoiy 

rolning  qismi  bo`lgan  taniqli  xulq-atvor  tiplari  bilan  bog`liqdir  –  ona,  xotin,  er, 

talaba. 


Kungil ochishlar.  

   Do`konlarga  tashrif  buyurish  kundalik  turmush  tashvishlaridan  xoli  bo`lish 

imkonini beradi va shunday qilib dam olish shakli hisoblanadi. 

O`zidan qoniqish.  

   Turli xil emotsional holatlar va kayfiyatlar kishilarning do`konlarga nima uchun (va 

qachon) 


borishlarini 

tushuntirib 

berishlari 

mumkin. 


Ayrim 

kishilarning 

gapirishlaricha,  ular  o`zlariga  pul  sarflashib  ko`pincha  depressiyani  kamaytirishadi. 

Ushbu  holda  do`konga  borish  ehtiyoj  bilan  emas,  balki  o`z-o`zicha  biror  narsanni 

xarid qilish bilan tushuntiriladi. 

Yangi tendentsiyalarni o`rganish.  

     Tovarlar  har  bir  kishining  kundalik  hayotiga  kirib  ketgan  va  ko`pincha 

ishontirishlar  belgisi  va  turmush  tarzi  sifatida  xizmat  qiladi.  Inson  tendentsiyalar, 



                                                                             

 

52 



harakatlar va belgilarni o`rganadi, chunki ular do`konga tashrif buyurgandagi u yoki 

bu mahsulotlarga mos kelishadi.  

Jismoniy faollik.  

    Shaxarlarda  yashovchi  kishilar  uchun  do`konlarga  tashrif  buyurish  bir  oz  piyoda 

yurish imkonini beradi. Ayrim kishilar savdo markazlari va ko`chalarda sayr qilishni 

yoqtirishadi.   

Sensor rag`batlantirish.  

Chakana  savdo  do`konlari  ko`plab  potentsial  sensor  tassurotlarni  ta‘minlashadi. 

Do`konlarga  tashrif  buyuruvchilar  tovarlarni  va  bir-birini  ko`zdan  kechirishadi; 

ularga  tovarlarga  tegish,  musiqaviy  fon  tovushini  eshitish  yoqadi,  atirlar  va 

qahvaxonada tayyorlanayotgan ovqatning xidi yoqadi.  

Ijtimoiy motivlar. 

    Xonadondan  tashqaridagi  ijtimoiy  tajriba.  Savdo  joylari  an‘anaviy  tarzda  ijtimoiy 

hayot  markazi bo`lib  hisoblangan. Bozorlarda  yoki do`konlarda  sayr  qilish  chog`ida 

do`stlar,  qo`shnilarni  uchratish  mumkin  yoki  boshqa  ijtimoiy  aloqalarga  kirish 

mumkin.  «Manfaatlar  bo`yicha»  muloqot.  Kollektsionerlar  yoki  dam  olish  uchun 

tovarlar  yoki  xizmatlar  (masalan,  pochta  markalari  yoki  xonani  bezash  uchun 

tovarlar)ni taklif etuvchi do`konlar boshqa xaridorlar bilan va ushbu masala bo`yicha 

maxsus  axborotni  beruvchi  xizmat  ko`rsatuvchi  personal  bilan  muloqot  qilish 

imkonini beradi.  

Etalon guruh vakillarini taklif etish. 

   Do`konning doimiy mijozlarini o`zlariga teng yoki kimlarni ichida bo`lish ishtiyoqi 

harakatga keltiradi.  

Maqom va obro`-e‘tibor.  

     Ayrim  xollarda  inson  o`ziga  jalb  qilish  imkoniyatini  olish  va  unga  xizmat 

ko`rsatishlari uchun do`konlarga tashrif buyuradi. Inson xo`jayin-xizmatkor holatida 

o`zining ustunligini va xokimiyatini his qiladi.  

Savdo qilishdan zavq olish.  



                                                                             

 

53 



     Ko`pchilik  do`konga  tashrif  buyuruvchilar  narxni  tushirish  maqsadida 

savdolashishni  yoki  tovar  yoki  xizmatning  sifatiga  e‘tiroz  bildirishni  yaxshi 

ko`rishadi. Inson yaxshi xarid qilgani bilan mag`rurlanadi. 


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling